Sayt test rejimida ishlamoqda

Ro‘ziboev Nuriddin Nurali o‘g‘li
falsafa doktori (Phd) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Turli komponentli “Siro” ipini yigirish texnologiyasini takomillashtirish”  05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2918
Ilmiy rahbar: Isaqulov Voxid To‘laganovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Xanxadjaeva Nilufar Raximovna, texnika fanlari doktori, professor; Bobojanov Xusan Toxirovich texnika fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: halqali yigirish mashinalarining texnologik imkoniyatlaridan kelib chiqib, Siro usulida ip olish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
halqali yigirish mashinasining cho‘zish asbobi  ezuvchi valigi  elastik qoplamasi turli komponentli “Siro” ip ishlab chiqarish uchun ikki qismli har xil bikrlikdagi ezuvchi valik konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
“Siro” ipi ishlab chiqarish uchun ikki qismli  har xil bikrlikdagi ezuvchi valik parametrlarini pishitish uchburchagiga va pishitilganlikga ta’siri ilk bor nazariy  aniqlangan;   
turli komponentli “Siro” ipi ishlab chiqarishda,  ezuvchi valikning pishitish uchburchagiga ta’sir darajasi aniqlangan va ratsional texnologik parametrlari asoslangan;
halqali yigirish mashinasida ikki qismli  har xil bikrlikdagi ezuvchi valik qo‘llagan holda turli komponentli sifatli “Siro” ipi ishlab chiqarish texnologiyasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: halqali yigirish mashinasida chiqaruvchi cho‘zish juftligi ezuvchi valikning ikki qismli elastik qoplama bikrligi bo‘yicha parametrlarning turli komponentli “Siro” ipi shakllanishiga ipning sifat ko‘rsatkichlariga ta’sirini tadqiqot qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
halqali yigirish mashinasining chiqaruvchi cho‘zish juftligi ezuvchi  valigiga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xuzuridagi intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti (“Ezuvchi valigi” № IAP 10508,2022 y) olingan. Natijada turli komponentli “Siro” ipini ishlab chiqarish imkoniyati yaratildi;
 turli komponentli “Siro” ipini ishlab chiqarish texnologiyasi “O’zto’qimachiliksanoat”  uyushmasi  tizimidagi korxonalarida, xususan “Osborn textile” XK  MChJ,  “REAL TEX TASHKENT” MChJlarda joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2022 yil 12 sentyabrdagi 03/25-2644-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida turli komponentli “Siro” ipi ishlab chiqarishda iplarning uzilishlar sonini 21% kamayishi hisobiga ip  chiqish miqdorining 1,5 % ortishiga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish