Yaxshiboeva Gulbaxor Oybek qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Farmatsevtikaga oid terminlarni o‘rgatishda o‘qish va yozish malakalarini rivojlantirishning zamonaviy metodlari” (ingliz tili misolida), 13.00.02  Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3PhD/Ped1347.
Ilmiy rahbar: Djumaboeva Jamila Sharipovna,  filologiya fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02 raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik ilmiy kengash.  
Rasmiy opponentlar: Sadiqov Zohid Yakubjanovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Yusupova Muxabbat Anato`evna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).  
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi farmatsevtika yo‘nalishi talabalariga ingliz tili darslarida sohaviy terminlarni o‘rgatish orqali o‘qish va yozish malakalarini rivojlantirish metodkasini takomillashtirishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
farmatsiya yo‘nalishi talabalariga sohaviy terminlarni kontekst va undan tashqarida samarali qo‘llash orqali o‘qish va yozishga bo‘lgan motivatsiyasini kuchaytirish, tanqidiy-tahliliy fikrlash qobiliyatini shakllantiruvchi matnlar bazasi boyitilgan; 
talabalarning ingliz tilidagi o‘qish va yozish malakalarini rivojlantiruvchi matn va mashqlar bazasi asosida farmatsevtikaga oid terminlarni tezkor o‘rgatishning zamonaviy metodlari integrativ yondashuv asosida takomillashtirilgan;
kasbiy muloqotda sohaviy terminlarni qo‘llay olish, ta’lim oluvchilar tomonidan o‘qish va yozish jarayonida terminlarni mustaqil o‘zlashtirish bo‘yicha qulay ta’limiy muhit barqarorligini ta’minlash asosida talabalarda farmatsevtika terminologik lug‘atini o‘zlashtirish jarayoni takomillashtirilgan;
 ingliz tilini o‘rganuvchi farmatsiya yo‘nalishida talabalarning kasbiy o‘qish va yozuv ko‘nikmalarini rivojlantirishga karatilgan didaktik ta’minot ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farmatsiya ta’lim yo‘nalishi talabalariga sohaviy terminlarni o‘rgatish asosida o‘qish va yozish malakalarini rivojlantirish yuzasidan:
farmatsiya yo‘nalishi talabalariga sohaviy terminlarni kontekst va undan tashqarida samarali qo‘llash orqali o‘qish va yozishga bo‘lgan motivatsiyasini kuchaytirish, tanqidiy-tahliliy fikrlash qobiliyatini shakllantiruvchi matnlar bazasini qo‘llashga doir taklif va tavsiyalardan 5150500 – Farmatsiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishi Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (Toshkent tibbiyot akademiyasining 2021 yil 9 martdagi 433 - con ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda farmatsevtikaga oid ko‘p tilli terminlar lug‘atidan foydalangan holda ingliz tilida o‘qish va yozish malakalarini rivojlantirish imkoniyati soddalashtirilgan.
talabalarning ingliz tilidagi o‘qish va yozish malakalarini rivojlantiruvchi matn va mashqlar bazasi asosida farmatsevtikaga oid terminlarni tezkor o‘rgatishning zamonaviy metodlari ishlab chiqishga doir takliflardan 5150500 – Farmatsiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishi “English for pharmacy students”, “Farmatsiya talabalari uchun ingliz tili” nomli darslik nashr etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 1 martdagi 110-484son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning ingliz tili amaliy mashg‘ulotlarida o‘qish va yozma malakalarini rivojlantirishga oid integrativ mashqlar tizimi takomillashtirilgan;
kasbiy muloqotda sohaviy terminlarni qo‘llay olish, ta’lim oluvchilar tomonidan o‘qish va yozish jarayonida terminlarni mustaqil tanlash va o‘zlashtirish bo‘yicha qulay ta’limiy muhit barqarorligini ta’minlash asosida talabalarda farmatsevtika terminologik lug‘atini o‘zlashtirishga qaratilgan “English for pharmacy” (“Farmatsevtika uchun  ingliz tili”) nomli o‘quv qo‘llanmasi nashr etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 1 martdagi 110-451sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda farmatsevtikaga oid terminlarni, sohaga tegishli matnlarni o‘qish va yozish malakalarini rivojlantirishga erishilgan;
ilk bor ingliz tilini o‘rganuvchi farmatsiya yo‘nalishida talabalarning kasbiy o‘qish va yozish malakaviy kompetensiyasini oshirish maqsadida to‘rt tilli “Tibbiyotda ingliz tili” elektron terminlar lug‘ati ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2 maydagi 394-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bugungi kunda tibbiyot sohasida tahsil olayotgan talabalarning tibbiy lug‘atni o‘zlashtirish orqali, o‘qish va yozuv ko‘nikmalarini takomilashtirish, va nutq malakalarini rivojlantirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish