Yugay Evgeniya Viktorovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda raqamli madaniyat rivojlanishining ijtimoiy-falsafiy tahlili”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Fal494.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02. 
Ilmiy rahbar: Safarova Nigora Olimovna, falsafa fanlari doktori, professor. 
Rasmiy opponentlar: Yazdonov Ulug‘bek Toshmurotovich, falsafa fanlari doktori (DSc), professor; Sultanova Gulnoza Sabirovna, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda raqamli madaniyatni rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy aspektlarini va uni takomillashtirish yuzasidan taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy borliqning moddiy, funksional, ramziy va aqliy darajalari o‘rtasidagi o‘zaro dialektik bog‘liqlik jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va axborot sohasidagi o‘zgarishlar sababli “raqamli madaniyat” tushunchasi bilan integrallashuviga asoslanganligi ochib berilgan;
O‘zbekiston raqamli madaniyatining strategik rivojlanishida aholining texnologik moslashuvchanlik (zamonaviy raqamli moslamalarni bilish va qo‘llash), raqamli tafakkur (masalalarni hal qilishda raqamli texnologiyalardan foydalanish yo‘nalishining afzalligi), kommunikativ va iste’molchilik savodxonligi (kommunikatsiya uchun raqamli kanallarni faol qo‘llash)  kabi asosiy raqamli kompetensiyalar sifatida aniqlangan; 
kiber jinoyatchilik, inson huquqlarining buzilishi va shaxsiy ma’lumotlarni muhofaza qilish muammolarini oldini olishda axborot sohasida ochiqlik va oshkorolik tamoyilining birlamchi omil ekanligi va jamiyatning axloqiy qadriyatlariga asoslangan «raqamli savodxonlik» konsepsiyasini amalga oshirishni hisobga olish zarurligi mantiqiy dalillangan;
insonning kundalik va kasbiy faoliyatida milliy raqamli kontentdan foydalanish qobiliyatining shakllanishi bugungi raqamli texnologiyalar sohasida kasbiy, ijtimoiy va shaxsiy masalalalarni samarali hal qilish ko‘nikmalari paydo bo‘lishi sababli davlatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o‘sishining asosiy  ko‘rsatkichlaridan biri ekanligi ilmiy asoslangan. 
insonning kundalik va kasbiy faoliyatida milliy raqamli kontentdan foydalanish qobiliyatini shakllanishiga konstruktiv ta’sir qiluvchi ommaviy axborot vositalarining ijodiy raqobatni qo‘llb-quvvatlash mexanizmini takomillashtirish davlatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o‘sishining asosiy  ko‘rsatkichlaridan biri ekanligi ilmiy asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda raqamli madaniyat rivojlanishining ijtmoiy-falsafiy tahlili bo‘yicha ishlab chiqilgan xulosa va takliflar asosida:
ijtimoiy borliqning moddiy, funksional, ramziy va aqliy darajalari o‘rtasidagi o‘zaro dialektik bog‘liqlik jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va axborot sohasidagi o‘zgarishlar sababli “raqamli madaniyat” tushunchasi bilan integrallashuviga oid taklif-tavsiyalardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Navoiy viloyati filialining faoliyatida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan Markazning 2021 yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi”ning 2 bandi: “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari” shiori ostida bo‘lib o‘tgan tadbirlar dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 8 noyabrdagi 02/08/1402-son ma’lumotnomasi). Natijada bu tadbirlar aholi, ayniqsa, yoshlar ongida raqamli xavfsizlikni rivojlantirishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston raqamli madaniyatining strategik rivojlanishida aholining texnologik moslashuvchanlik (zamonaviy raqamli moslamalarni bilish va qo‘llash), raqamli tafakkur (masalalarni hal qilishda raqamli texnologiyalardan foydalanish yo‘nalishining afzalligi), kommunikativ va iste’molchilik savodxonligi (kommunikatsiya uchun raqamli kanallarni faol qo‘llash)  kabi asosiy raqamli kompetensiyalarga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklash” demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2021 yil 6 dekabrdagi 02/02-397-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy-nazariy xulosa va takliflar “Raqamli O‘zbekiston - 2030” strategiyasi me’yoriy hujjatlarini keng miqyosda shakllantirishda zaruriy asos bo‘lib xizmat qilgan;
kiber jinoyatchilik, inson huquqlarining buzilishi va shaxsiy ma’lumotlarni muhofaza qilish muammolarini oldini olishda axborot sohasida ochiqlik va oshkorolik tamoyilining birlamchi omil ekanligi va jamiyatning axloqiy qadriyatlariga asoslangan «raqamli savodxonlik» konsepsiyasini amalga oshirishni hisobga olish zarurligiga oid taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligining “Raqamli savodxonlik” konsepsiyasi va “Raqamli texnologiyalar” ko‘rik-tanlovi loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligining 2022 yil 18 yanvardagi 3-13-23-127-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarda raqamli madaniyatni yanada yaxshilash va rivojlantirishga motivatsiyani shakllantirishga xizmat qilgan;
insonning kundalik va kasbiy faoliyatida milliy raqamli kontentdan foydalanish qobiliyatini shakllanishiga konstruktiv ta’sir qiluvchi ommaviy axborot vositalarining ijodiy raqobatni qo‘llb-quvvatlash mexanizmini takomillashtirish davlatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o‘sishining asosiy  ko‘rsatkichlaridan biri ekanligiga oid taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” kabi maxsus eshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 18 yanvardagi 04-36-98-son ma’lumotnomasi). Natijada mazmunli dasturlarning translyasiyasi oqibatida ilmiy, amaliy va metodologik g‘oyalar jamiyatda raqamli madaniyatini tarbiyalash, hayot va faoliyatda raqamli kontentlardan savodli foydalanishga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish