Shodikulova Aziza Zikiryaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mediamatnda metonimiya voqelanishining kognitiv-diskursiv jihatlari», 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1/PhD/Fil826.
Ilmiy rahbar: Safarov Shaxriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Oybek Saporbaevich, filologiya fanlari doktori, professor; Fayzullaev Otabek Muxammadovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi metonimiyaning mediamatnlari tarkibida kogeziya bog‘lamlari shakllanishidagi ishtirokini tahlil qilish orqali ushbu matnlarning mazmunan yaxlitligini ta’minlashga yo‘naltirilgan vazifasi ko‘lamini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
metonimik ko‘chimning tabiatini yoritish va uning kechishini ta’minlovchi omillar qatorini belgilash asosida ushbu hodisaning lisoniy faoliyat natijasidan ko‘ra, ko‘proq konseptual jarayon mahsuli ekanligi isbotlangan;
metonimik munosabatlar shakllanishining lisoniy–mantiqiy tamoyillari qiyoslanib, metonimlarning tasnifiy ko‘rsatkichlari belgilangan hamda “yaxlit – qism” va “sabab – oqibat” modellariga oid birliklarning mediamatnlarda kommunikativ maqsadni voqelantirishga yo‘naltirilgan vazifalari farq qilishi dalillangan;
metonimik tuzilmalar mediamatnda kogeziya bog‘lamlarini hosil qiluvchi vosita sifatida qaralib, matn tuzilishini ta’minlovchi ushbu turdagi birliklarning metonimik tabiati shaklan o‘xshashlik hamda yagona bir tushunchani ifodalash bilan bog‘liqligi ularning umumiy konseptual maydon ko‘lamida o‘zaro jipslashuviga asos yaratishi ochib berilgan;
“yaxlit – qism” munosabati doirasida hosil bo‘lgan metonimlarning mediamatnda referentli qo‘llanishi tahlili jarayonida ularning o‘quvchining diqqatini tez va tejamkor usulda xabarning asosiy qismiga jalb qilish, konseptual maydonning ma’lum bir qismini ajratib ko‘rsatish yoki e’tiborsiz qoldirish vazifalarini o‘tashi aniqlangan hamda uning amalga oshirilishi matnda to‘g‘ridan-to‘g‘ri takrorning oldini olish va mavzuning davomiyligini ta’minlashga sharoit yaratishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Metonimiya hodisasining kognitiv–diskursiv xususiyatlarini tavsifi va uning mediamatnlar tuzilishidagi ishtiroki tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
metonimik munosabatlar shakllanishining lisoniy–mantiqiy tamoyillari, metonimlarning tasnifiy ko‘rsatkichlari hamda “yaxlit – qism” va “sabab – oqibat” modellariga oid birliklarning mediamatnlarda kommunikativ maqsadni voqelantirishga yo‘naltirilganligi tahlili ko‘lamida olingan natijalardan Samarqand davlat chet tillar institutining I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” mavzusidagi innovatsion tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022 yil 19 martdagi 729/30.02.01 - son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz tili mutaxassislik predmetlari bo‘yicha yaratilgan virtual resurslarning manbalar zahirasi boyitilgan;
metonimik ko‘chim jarayonida shakllanadigan hosila birliklarining kognitiv modellarini aniqlash va ushbu modellarning lisoniy voqelanishini ta’minlovchi vositalar qatorini belgilash haqidagi xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutiningn Erasmust + dasturi 585845-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP CLASS: “Computational Linguistics at Central Asian universities” nomli xalqaro loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022 yil 28 martdagi 764/30.02.01 - son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy o‘quv yurti talabalarida tillararo va madaniyatlararo kompetensiyani shakllantirish va matn sohasidagi bilim-ko‘nikmalarni xalqarolashtirish usullariga oid tavsiyalar majmuasi shakllantirilgan;
“yaxlit–qism” munosabati doirasida hosil bo‘lgan metonimlarning mediamatnda referentli qo‘llanishi tahlili jarayonida erishilgan natijalardan Samarqand davlat tibbiyot universitetining 5436012000264-son “Innovatsion xulq-atvor psixologiyasi: innovatsion shaxsning shakllanishi. Zamonaviy jamiyatning ijtimoiy-gumanitar muammolari” mavzusidagi (2019-2021 yy.) fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2022 yil 25 martdagi 921 - son ma’lumotnomasi). Natijada, 1) o‘quvchining diqqatini tez va tejamkor usulda xabarning asosiy qismiga jalb qilish; 2) konseptual maydonning ma’lum bir qismini ajratib ko‘rsatish yoki e’tiborsiz qoldirish vazifasini o‘tashi aniqlangan hamda uning amalga oshirilishi matnda to‘g‘ridan–to‘g‘ri takrorning oldini olish va mavzuning davomiyligini ta’minlash imkonini yaratilgan;
ishning mediamatnlar tarkibida yuzaga keladigan metonimik munosabatlarni ajratish va ularning kognitiv–diskursiv maqomini belgilash usullarini ishlab chiqish borasidagi ilmiy xulosalaridan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom, Samarqand!” dasturining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2022-yil 30 martdagi 01-11/113 - son ma’lumotnomasi). Natijada, tomoshabinlarning mediamatndagi metonimik munosabatlar jarayonida namoyon bo‘ladigan lingvokognitiv va diskursiv xususiyatlar haqida bilimlari oshishiga erishilgan.