Xashimov Sheraxon Jo‘raxonovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.  Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda milliy turizm rivojlanishining ijtimoiy-falsafiy masalalari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Fa1279.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02 
Ilmiy rahbar: Yaxshilikov Jo‘raboy Yaxshilikovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Saidqosimov Akbar Isaxonovich, falsafa fanlari doktori (DSc), professor; Agzamxodjaeva Saida Sabitxonovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda milliy turizm rivojlanishining ijtimoiy-falsafiy masalalarini shakllantirish va milliy turizmni takomillashtirish yuzasidan amaliy taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
    milliy turizmning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi etnomadaniy, ijtimoiy-iqtisodiy omillar va rag‘batlantiruvchi mezonlar iqtisodiyotning strategik sektori sifatida qonuniyatli jarayon bo‘lib, milliy qadriyatlarga tayanishi falsafiy asoslangan;
milliy turizm tizimi rivojlanish paradigmasiga ekstensiv tarzda yondashish mental xususiyatlarni chetlab o‘tayotganligi sababli  bevosita aholi ma’naviy-madaniy qadriyatlariga ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan; 
milliy turizm takomillashuvi madaniyatlararo hamkorlikning ijtimoiy-funksional, attraktor xususiyati va milliy taraqqiyot konsepsiyasining murosa va konsensusga erishish tamoyiliga ko‘ra dialektik bog‘liqligi dalillangan; 
milliy turizmning aholini doimiy ravishda ish bilan ta’minlash, milliy qadriyatlarni tiklash va rivojlantirish ko‘rinishidagi potensial imkoniyatlari bevosita shaxs dunyoqarashi, qadriyat mo‘ljallari, ideallari kabi immanent xususiyatlari bilan uyg‘un holda rivojlanishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda milliy turizmni rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy masalalarini ilmiy jihatdan tadqiq etish asosida:
milliy turizmning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi etnomadaniy, ijtimoiy-iqtisodiy omillar va rag‘batlantiruvchi mezonlar iqtisodiyotning strategik sektori sifatida qonuniyatli jarayon bo‘lib, milliy qadriyatlarga tayanishiga oid xulosalardan va taklif-tavsiyalardan Jizzax viloyati “Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazining 57-11/78 raqamli “Joylarda ijtimoiy muammolarni hal etishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish” nomli grant loyihasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Jizzax viloyati “Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazining 2021 yil 2 avgust 9-son ma’lumotnomasi). Natijada, turizm infrastrukturasi takomillashib borishini qonuniyatli jarayon sifatida rivojlantirish, yangi turistik ob’ektlarni tashkil etish, turizm turlari va xizmat ko‘rsatish tizimini yaxshilash sohasida amaliy taklif-tavsiyalar ishlab chiqish masalalarida muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
milliy turizm tizimi rivojlanish paradigmasiga ekstensiv tarzda yondashish mental xususiyatlarni chetlab o‘tayotganligi sababli  bevosita aholi ma’naviy-madaniy qadriyatlariga ta’sir ko‘rsatishiga oid taklif va tavsiyalardan Samarqand iqtisodiyot va servis institutida 2021 yilda bajarilgan 8/14- raqamli “E-ziyoratturizm in Samarkand elektron platformasini yaratish” mavzusidagi innovatsion amaliy loyihasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Samarqand davlat iqtisodiyot va servis institutining 2021 yil 14 iyuldagi 651-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirish, Samarqand viloyatida ziyorat turizmi bo‘yicha elektron platformasini yaratishga xizmat qilgan;
milliy turizm takomillashuvi madaniyatlararo hamkorlikning ijtimoiy-funksional, attraktor xususiyati va milliy taraqqiyot konsepsiyasining murosa va konsensusga erishish tamoyiliga doir taklif va tavsiyalaridan “Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi” nomli darsligining “Mustaqillik va milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar konsepsiyasining ishlab chiqilishi” deb nomlangan          3-bobining “Mustaqillik va milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar konsepsiyasining ishlab chiqilishi, uning mazmuni va mohiyati” hamda “Milliy g‘oya tipologiyasi” deb nomlanuvchi 4-bobining “Mustaqillik sharoitida jamiyat g‘oyaviy-mafkuraviy asoslari o‘zgarishining mamlakat taraqqiyotini ta’minlashdagi ahamiyati” deb nomlangan mavzularini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2021 yil 14 iyuldagi 1516/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatmizda milliy turizmni rivojlantirish bilan bog‘liq jihatlarini ochib berish va shu bilan birga yoshlarda milliy turizm madaniyatini shakllantirishga xizmat qilgan;
milliy turizmning aholini doimiy ravishda ish bilan ta’minlash, milliy qadriyatlarni tiklash va rivojlantirish ko‘rinishidagi potensial imkoniyatlari bevosita shaxs dunyoqarashi, qadriyat mo‘ljallari, ideallari kabi immanent xususiyatlari bilan uyg‘un holda rivojlanishiga oid taklif va tavsiyalardan Jizzax viloyati “Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazining 57-11/78 raqamli “Joylarda ijtimoiy muammolarni hal etishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish” nomli grant loyihasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Jizzax viloyati “Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazining 2021 yil 2 avgustdagi 9-son ma’lumotnomasi). Natijada, milliy turizmni rivojlantirish, turizm infrastrukturasi takomillashib borishini qonuniyatli jarayon sifatida rivojlantirish, yangi turistik ob’ektlarni tashkil etish, turizm turlari va xizmat ko‘rsatish tizimini yaxshilash sohasida amaliy taklif-tavsiyalar ishlab chiqish masalalarida muhim manba bo‘lib xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish