Kenjaev Zarmamat To‘ymurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbekistonda fikrlar xilma-xilligi sharoitida yoshlar siyosiy madaniyatining shakllanishi”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Fal487.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02.
Ilmiy rahbar: Aymatov Aminjon Qudratovich, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.
Rasmiy opponentlar: Saidqosimov Akbar Isaxanovich, falsafa fanlari doktori (DSc), professor; Bazarov Otabek Xasanbaevich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat  universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda fikrlar xilma-xilligi (plyuralizm) sharoitida yoshlar siyosiy madaniyatini shakllantirishining falsafiy jihatlarini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamiyatda fikrlar xilma-xilligini takomillashtirish ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning zaruriy sharti sifatida yoshlar siyosiy madaniyatini yuksaltirishning muhim omili ekanligi, yoshlarning siyosiy madaniyatida plyuralizmning konstruktivlik va destruktivlik holatlari «fikr-g‘oya-mafkura-siyosat» tizimiga ko‘ra dalillangan;
fikrlar xilma-xilligi sub’ektlarining siyosiy madaniyat bilan o‘zaro aloqadorligi, muammoga doir fikrlar xilma-xilligi sharoitida yoshlar siyosiy madaniyatini yuksaltirishning  sekulyaristik, unifikatsiyalashgan falsafiy atributlari va zamonaviy texnologiyalarga asoslangan kreativ usullari aniqlangan; 
yoshlar siyosiy madaniyatining shakllanish darajasi, tavsifi, fikrlar xilma-xilligidagi murakkabliklar va xususiyatlar, siyosiy madaniyatining demokratik (hur fikrlilik, siyosiy jarayonlarga erkin ishtirokchilik) va nodemokratik (siyosiy huquqlardagi to‘siq) ko‘rinishlari bilan bog‘liq holatlarning differensial va tizimli tahlilini amalga oshirish orqali ushbu ko‘rinishlarning yoshlar ijtimoiy maqomiga ta’siri falsafiy asoslangan;
yoshlar siyosiy maqsadi, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy manfaatlari tizimining xilma-xilligining genezisi va ular o‘rtasidagi determenistik aloqadorlik falsafiy jihatdan ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda fikrlar xilma-xilligi sharoitida yoshlar siyosiy madaniyatining shakllanishi bilan bog‘liq muammolarni tadqiq qilish borasida olingan ilmiy natijalar asosida:
jamiyatda fikrlar xilma-xilligini takomillashtirish ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning zaruriy sharti sifatida yoshlar siyosiy madaniyatini yuksaltirishning muhim omili ekanligi, yoshlarning siyosiy madaniyatida plyuralizmning konstruktivlik va destruktivlik holatlari «fikr-g‘oya-mafkura-siyosat» tizimiga ko‘ra dalillanganligiga doir xulosalar, taklif va tavsiyalardan “Ijtimoiy falsafa” o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 26 oktyabrdagi 89-06-758-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlar siyosiy madaniyatini  oshirishga qaratilgan targ‘ibot texnologiyalarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
fikrlar xilma-xilligi sub’ektlarining siyosiy madaniyat bilan o‘zaro aloqadorligi, muammoga doir fikrlar xilma-xilligi sharoitida yoshlar siyosiy madaniyatini yuksaltirishning  sekulyaristik, unifikatsiyalashgan falsafiy atributlari va zamonaviy texnologiyalarga asoslangan kreativ usullariga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2022-2024 yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 18 mart 2022 yil 02/02-34-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining saylovoldi dasturini takomillashtirishda partiyaning ma’naviy-g‘oyaviy asosini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishda, mafkuraviy targ‘ibot ishlarini takomillashtirish, partiya xodimlari dunyoqarashini rivojlantirishga qaratilgan o‘quv seminarlari hamda o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlashda, shuningdek jamiyatda siyosiy ong va siyosiy madaniyatni yuksaltirish bilan bog‘liq dastur va loyihalarni tayyorlashda ilmiy manba bo‘lib xizmat qilgan;
yoshlar siyosiy madaniyatining shakllanish darajasi, tavsifi, fikrlar xilma-xilligidagi murakkabliklar va xususiyatlar, siyosiy madaniyatining demokratik (hur fikrlilik, siyosiy jarayonlarga erkin ishtirokchilik) va nodemokratik (siyosiy huquqlardagi to‘siq) ko‘rinishlari bilan bog‘liq holatlarning differensial va tizimli tahlilini amalga oshirish orqali ushbu ko‘rinishlarning yoshlar ijtimoiy maqomiga ta’siri asoslanganligiga doir xulosalar, taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining O‘zbekiston Respublikasida 2021 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi IV yo‘nalishiga oid Ma’naviy-ma’rifiy ishlar ta’sirchanligini oshirishda ommaviy axborot vositalari, internet, ijtimoiy tarmoqlardan keng foydalanish chora-tadbirlari 47-bandi “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” dasturi doirasida mul`timedia mahsulotlarini tayyorlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 6 iyuldagi 02/02/1162-son ma’lumotnomasi). Natijada  yoshlar siyosiy madaniyatini shakllantirishga va ularning ongu-tafakkurini kengaytirishga  yo‘naltirilgan faoliyat samaradorligiga xizmat qilgan;
yoshlar siyosiy maqsadi, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy manfaatlari tizimining xilma-xilligining genezisi va ular o‘rtasidagi determenistik aloqadorlikka oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2020 yilgi faoliyat dasturini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2021 yil 26 oktyabrdagi 2-13-23-2658-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, ularda kuchli fuqarolik pozisiyasini shakllantirish, yoshlar tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarning o‘rnini yanada mustahkamlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish