Begibaeva Nilufar Djuraxanovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Onlayn resurslardan foydalangan holda maktab o‘qituvchilarining yozma nutq kompetensiyasini takomillashtirish (ingliz tili misolida)», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped2720.
Ilmiy rahbar: Bakieva Gulandom Xisamovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti,  DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: To‘htasinov Ilxomjon Madaminovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Rashidova Feruza Musaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi onlayn didaktik manbalardan foydalangan holda xalq ta’limi tizimining ingliz tili o‘qituvchilarining yozma nutq kompetensiyasini takomillashtirish avtonomografik metodikasini asoslash va ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ingliz tili o‘qituvchilari yozma nutqidagi xatoliklar tipologiyasi leksik, grammatik va kontekstual xatolar, shuningdek, tegishli registr, uslub va janrlardan foydalanish muammolarini barataraf etish imkonini beruvchi Grammarly, Write&Improve va SketchEngine korpusi yordamida aniqlangan; 
maktablarning ingliz tili o‘qituvchilari malakasini oshirish kurslari dasturlari ingliz tilida yozuv kompetensiyasini o‘zlashtirishning metodik nazariyasining lingvodidaktik ta’minoti yozma nutqdagi tipik xatolarni hisobga oladigan va yozma nutq kompetensiyasining har bir komponentini rivojlantirishga yo‘naltirilgan mavzuli kontentlarni kiritish orqali takomillashtirilgan;
ingliz tili o‘qituvchilari uchun yaratilgan standartlar asosida o‘qituvchilarni avtonom aspektda yozma nutqini rivojlantirishda aniqlangan xatolar tipologiyasini Venn diagrammasi asosida yozma nutq kompetensiyalari bilan korrelyasiya qilish mexanizmining xatolarni minimallashtirishdagi samaradorligi isbotlangan; 
umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilarining yozuvdagi xatolar turlariga nisbatan yozma nutqni rivojlantiruvchi avtonomografik metodikasini ishlab chiqish orqali  o‘qituvchilarning onlayn Writing Improvement Toolkit resursi asosida yozma nutq kompetensiyasini takomillashtirishda spektrli topshiriqlar tizimini yaratish asoslangan.  
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktab o‘qituvchilarining chet tili yozma nutqini takomillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan nazariy-metodologik va amaliy natijalar asosida:
umumta’lim maktablarining ingliz tili o‘qituvchilari yozma nutqidagi xatoliklar Grammarly va SketchEngine korpusi yordamida o‘z esselarini tahlil qilish, O‘zbekiston umumiy o‘rta ta’lim maktablari ingliz tili o‘qituvchilariga xos xatolar tipologiyasi yaratilganligiga oid ilmiy xulosalardan umumta’lim maktablarining ingliz tili o‘qituvchi va murabbiylari uchun maxsus kurslar kaskadli treninglar dasturi va o‘quv-uslubiy materiallar yaratishda foydalanilgan (Avloniy nomidagi xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malaksini oshirish institutining 2020 yil 19 noyabrdagi 01/09-840-son ma’lumotnomasi). Natijada Grammarly, Write&Improve mustaqil bilim olish resurslari va MOOSs (Massive Open Online Courses) onlayn kurslaridan foydalanish orqali ingliz tili tili o‘qituvchilari yozma nutqining takomillashuviga erishilgan;
O‘zbekiston umumta’lim maktablari o‘qituvchilarining malakasini oshirish dasturlarini ishlab chiqish va o‘qituvchilarning yozma nutqida uchraydigan tipik xatolarga oid tematik ma’lumotlarni ingliz tilida chet tili yozuvini o‘zlashtirishning metodik nazariyasini lingvodidaktik tahlil qilish asosida aniqlashga oid ilmiy tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsion texnologiyalarni rivojlantirish markazida «Ta’lim sifati va mazmunining monitoringini olib borish maqsadida o‘quvchilar faoliyatini identifikatsiya qiluvchi va xronologik harakatni yozuvchi markazlashgan test tizimini joriy etish» loyihasi doirasida foydalanilgan (Xalq ta’limi sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazining 2020 yil 30 noyabrdagi 02/6-249-son ma’lumotnomasi). Natijada til o‘rganuvchilarning chet tilidagi kommunikativ kompetensiyasi, xususan, yozma nutq mahoratini va ularning o‘z-o‘zini baholash ko‘nikmalarini shakllantirishga erishilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilarining yozuvdagi xatolar turlariga nisbatan yozma nutqni rivojlantiruvchi onlayn didaktik manbalardan foydalanish imkoniyatlarini aniqlash va mustaqil ko‘rish va o‘rganish uchun o‘qituvchilarning yozma nutq ko‘nikmalarini shakllantirish amaliyotiga oid vazifalarni o‘z ichiga oluvchi videodarslar turkumi ishlab chiqishga doir xulosa va takliflardan Britaniya Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Chet tillarni o‘qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazi bilan hamkorlikda malaka oshirish kursini ishlab chiqishda foydalanilgan (Britaniya Kengashi O‘zbekistondagi vakolatxonasining 2020 yil 29 dekabrdagi OS 21-89-son ma’lumotnomasi). Natijada qisqa malaka oshirish kursi materiallari mazmunan boyitilgan;
maktab o‘qituvchilarining chet tili yozma nutqini takomillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan nazariy-metodologik va amaliy natijalardan Erasmus+ dasturining ICM, KA-107 - International Credit Mobility between European Union and Uzbekistan HEIs, through staff and student mobility exchange projects between Uzbekistan State University of World Languages and Ruhr University Bochum (Germany) - 2020-1-DE01-KA107-005433- (Evropa Ittifoqi hamda O‘zbekiston Oliy Ta’lim muassasalari o‘rtasida xalqaro tajriba almashinuvi doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Boxumdagi Rur universiteti (Germaniya) o‘rtasidagi kredit safarbarligi) loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2022 yil 12 sentyabrdagi IRD/22-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida yaratilgan o‘quv qo‘llanmalar yozma nutq kompetensiyasiga oid yangi ilmiy dalillar bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish