Eshonqulova Surayyo Isomiddinovna
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
“Nodiraning badiiy mahorati”, 10.00.02  – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Fil313.   
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy maslahatchi: Adizova Iqboloy Istamovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02. 
Rasmiy opponentlar: Rajabova Ma’rifat Baqoevna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Dilorom Salohiy, filologiya fanlari doktori, professor; Boqijon To‘xliev, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi Nodira adabiy merosini adabiy muhitdagi o‘rnini aniqlash, shoira ijodining asosiy janrlari g‘oya va mavzularini belgilash, ijodkorning voqelikka munosabati, davrni badiiy idrok etish darajasini aniqlash, an’anaviylik  va o‘ziga xosligini badiiy mahorat nuqtai nazaridan ochib berishdan  iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Mohlaroyim–Nodiraning o‘zbek hamda fors-tojik tilidagi she’rlarida mumtoz an’ana va unga individual yondashuv ijodkor uslubi, ijodiy talqin, inson taqdirining badiiy mushohadasiga  ko‘ra  ijodkor yangicha tafakkuri va ifoda tarzining namoyon bo‘lish asosi ekanligi dalillangan;
ijodkor asarlarida tarixiy, diniy-ma’rifiy, falsafiy-tasavvufiy va axloqiy qarashlarning chuqur hayotiy va irfoniy ma’nolardan xoli emasligi, yetakchi mavzu ishq masalasining umuminsoniy oliy ideallar sof muhabbat va odamiylik ideallarini yangicha talqinlari  sababli olam, odam va Alloh munosabatlarini o‘zida uyg‘unlashtirgan she’rlarining teranlik kasb etishi ochib berilgan;
Nodira she’riyati obrazlar tizimining yangilanishida tarixiylik va ilohiylikning uyg‘unlashuvi, lirik qahramon tabiatining takomillashuvi, o‘ziga xos iymon-e’tiqodli, yuksak ma’naviyatli, botiniy va zohiriy siyratli xarakter xususiyatlari, oshiq, orif, do‘st timsollari bilan inson qadr-qimmati uchun qayg‘uruvchi munosabati, obrazlarda ruhiy iztiroblar tasviri  hayotiy talqin hamda fikr va tuyg‘u uyg‘unligi  badiiylik tamoyillari orqali aniqlangan;
Mohlaroyim she’riyatining g‘azal va musammat janrining turlari: muxammas, musaddas, musamman, muashshar firoqnoma, shuningdek, tarje’band,  tarkibband, qasida janriy tarkibi, an’anaviy mavzularning badiiy talqin darajasi, bandli she’rlar talqini, an’ana, yangilik va mahorat uchligi,  tatabbu’-naziralarda mavzu, g‘oya, obraz, tasviriy vositalar, qofiya, radif, vazn va uslubiy mushtaraklik hamda rang-barangligi asoslab berilgan.  
shoira ijodidagi an’ana, yangilanish mezonlari, ijodkor tafakkur tarzi, ma’no va badiiy san’atlar uyg‘unligi, ruhiyat tasvirida she’riy san’atlarning o‘rni, ularning  ijodkor badiiy niyatini amalga oshirishda teranlik kasb etishi shoira g‘azallari yordamida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nodiraning badiiy mahorati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagi asosida: 
Mohlaroyim Nodiraning o‘zbek hamda fors-tojik tilidagi she’rlarida mumtoz an’ana va unga individual yondashuv ijodkor uslubi, ijodiy talqin, inson taqdirining badiiy mushohadasiga  ko‘ra  ijodkor yangicha tafakkuri va ifoda tarzining namoyon bo‘lishi asosi ekanligi haqidagi xulosalardan Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan A-1-118 raqamli “Navoiy obrazining tasvir va talqinlariga oid o‘quv qo‘llanmasini tayyorlash va nashr etish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 12 apreldagi 02-07-343/04–son ma’lumotnomasi). Natijada amaliy loyihaning Navoiy ijodi bilan Nodira she’riyati ko‘lami va mahorat qirralari borasidagi qiyosiy o‘rganilishi yuzasidan olingan muayyan xulosalar bilan boyitilishiga erishilgan;
ijodkor asarlarida tarixiy, diniy-ma’rifiy, falsafiy-tasavvufiy va axloqiy qarashlarning chuqur hayotiy va irfoniy ma’nolardan xoli emasligi, yetakchi mavzu ishq masalasining umuminsoniy oliy ideallar sof muhabbat va odamiylik ideallarini yangicha talqinlari  sababli olam, odam va Alloh munosabatlarini o‘zida uyg‘unlashtirgan she’rlarining teranlik kasb etishi to‘g‘risidagi xulosalardan O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutidagi F1-FA-0-43429, FA-F1, GOO2 raqamli “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 17 yanvardagi 17-01/116–son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning fol`klor va mumtoz adabiyot qisminining ilmiy-nazariy fikrlar bilan boyitilishiga erishilgan;
Nodira she’riyati obrazlar tizimining yangilanishida tarixiylik va ilohiylikning uyg‘unlashuvi, lirik qahramon tabiatining takomillashuvi, o‘ziga xos iymon-e’tiqodli, yuksak ma’naviyatli, botiniy va zohiriy siyratli xarakter xususiyatlari, oshiq, orif, do‘st timsollari bilan inson qadr-qimmati uchun qayg‘uruvchi munosabati, obrazlarda ruhiy iztiroblar tasviri  hayotiy talqin hamda fikr va tuyg‘u uyg‘unligi to‘g‘risidagi fikrlardan  O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida FA-F1-OO5 raqamli “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 17 yanvardagi 17-01/116–son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning adabiyotshunoslik tarixi to‘g‘risidagi qismining Nodira lirikasi hamda mumtoz adabiyot tarixi, adabiyotshunoslikning ko‘plab dolzarb muammolariga qaratilgan ma’lumotlar bilan boyitilishga erishilgan;
Mohlaroyim she’riyatining g‘azal va musammat janrining turlari: muxammas, musaddas, musamman, muashshar firoqnoma, shuningdek, tarje’band,  tarkibband, qasida janriy tarkibi, an’anaviy mavzularning badiiy talqin darajasi, bandli she’rlar talqini, an’ana, yangilik va mahorat uchligi,  tatabbu’-naziralarda mavzu, g‘oya, obraz, tasviriy vositalar, qofiya, radif, vazn va uslubiy mushtaraklik hamda rang-barangligi haqidagi xulosalardan O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti FA-F1-OO5 raqamli “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 17 yanvardagi 17-01/116–son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning tarixiy adabiy janrlar haqidagi ilmiy-nazariy fikr-mulohazalar bilan boyitilishiga erishilgan;
shoira ijodidagi an’ana, yangilanish mezonlari, ijodkor tafakkur tarzi, ma’no va badiiy san’atlar uyg‘unligi, ruhiyat tasvirida she’riy san’atlarning o‘rni, ularning  ijodkor badiiy niyatini amalga oshirishda teranlik kasb etishi haqidagi xulosalardan Jizzax viloyati teleradiokompaniyasi 2021 yil 12 dekabr` kuni “Adabiy muhit” ko‘rsatuvida “O‘zbek mumtoz shoirasi Nodiraning poetik ijodida alohida xususiyatlar” mavzusida ma’ruzasi bilan ishtirok qilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining Jizzax viloyati teleradiokompaniyasi 2021 yil 22 dekabrdagi 02-09/1133-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ko‘rsatuv orqali yoshlarning, tomoshabinlarning Nodira ijodiyotining o‘zbek mumtoz adabiyot taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi haqidagi ma’lumotlarining kengayishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish