Kasimova Dilbar Maratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Mehnat bozorini sifat jihatidan rivojlantirishda mehnat faoliyatini intellektuallashuvi jarayonlarini takomillashtirish», 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Iqt173.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy daraja va unvoni: Maksakova Lyudmila Petrovna, iqtisodiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: G.V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.I.100.01
Rasmiy opponentlar: Raximova Nigina Xayrullaevna, iqtisodiyot fanlari doktori; Tairov Sanjar Oktamovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mehnat bozorini sifat jihatidan rivojlantirishda mehnat faoliyatini intellektuallashuvi jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘liq bo‘lmagan ish kuni sharoitida ishlash va oilaviy majburiyatli xodimlar uchun mehnat faoliyatini samarali tashkil qilish (bo‘lingan ish o‘rni, masofali ishlash, frilans, o‘zini o‘zi band qiluvchilar, autsorsing), jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishning qo‘shimcha imkoniyatlari asoslab berilgan;
ishlab chiqarishdagi mehnatni intellektuallashuvi uchun kerakli bo‘lgan va xodimlarni mehnat bozoriga moslashishi, samarali band bo‘lishi uchun zarur kompetensiyalar: emotsional intellekt, kognitiv moslashuvchanlik, tanqidiy fikrlash, hamkorlik qila olish layoqati kabi ko‘nikmalar tasnifi ishlab chikilgan va axborot-kompyuter markazlaridagi kasblar ro‘yxati takomillashtirilgan;
“Farg’onaazot”, “Navoiyazot”, “Maxam-Chirchiq” aksiyadorlik jamiyatlarining mehnat intellektuallashuv jarayonini baholash bo‘yicha metodologik yondashuvga ko‘ra korxona mehnat intellektuallashuvi darajasini “quyi”, “o‘rta” va “yuqori” bosqich asosida baholashning maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan;
“iqtisodiy imkoniyatlar demografik darchasi”dan samarali foydalanish va xotin-qizlarning jamiyatni inklyuziv va barqaror rivojlanishida to‘laqonli ishtirokini ta’minlash yuzasidan o‘rta, professional-texnik ta’lim, bandlik markazlari yordamida ularning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish mumkinligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mehnat bozorini sifat jihatidan rivojlantirishda mehnat faoliyatini intellektuallashuvi jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
to‘liq bo‘lmagan ish kuni sharoitida ishlash va oilaviy majburiyatli xodimlar uchun mehnatni tashkil qilishda xodimlar mehnat faoliyatini samarali tashkil qilish (bo‘lingan ish o‘rni, masofali ishlash, frilans), jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish imkoniyatlari bo‘yicha takliflar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatida foydalanib, 2025 yilgacha xalqaro konvensiyalarni ratifikatsiya qilish bo‘yicha dasturga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining joriy etish to‘g‘risidagi 2020 yil 14 sentyabrdagi 01/00-04/07-7843-son ma’lumotnomasi). Takliflarning joriy qilinishi banddlik darajasini oshirishga hamda 1994 yildagi to‘liq bo‘lmagan vaqt sharoitida ishlash to‘g‘risidagi konvensiya (175-sonli), 1981 yildagi oilaviy majburiyatlarga ega ishchilar to‘g‘risidagi konvensiyani (156-sonli) ratifikatsiya qilish uchun uslubiy asos yaratishga xizmat qilgan;
xodimlarning mehnat bozorida moslashishi, samarali ishga joylashuvi va ishlab chiqarishlarda mehnatni intellektuallashuvi uchun zarur bo‘lgan kompetensiyalarning mualliflik tasnifi, mehnat faoliyati intellektuallashuvi kompetensiyalari klassifikatsiyasi hamda axborot-kompyuter markazi kasblar ro‘yxati bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 avgustdagi PQ-4804-son qarorida e’tiborga olingan hamda bandlikka ko‘maklashish o‘quv markazlari faoliyati natijadorligini oshirish bo‘yicha Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 14 sentyabrdagi 133-sonli buyrug‘ining 20-bandi asosida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining joriy etish to‘g‘risidagi 2020 yil 14 sentyabrdagi 01/00-04/07-7843-son ma’lumotnomasi). Takliflarning amaliyotga joriy etilishi natijasida mehnat bozorida moslashish, samarali ishga joylashish va ishlab chiqarishlarda mehnatning intellektuallashuvi darajasini muayyan darajada oshirishga erishildi. Shuningdek «Mehnat.uz» “Axborot-kompyuter markazi” kasblar ro‘yxati ishlab chiqildi, ushbu natijalar Kasb-hunar markazlarida ta’lim olgan ishsizlar sonining 0,23% ga ortishiga xizmat qilgan.
“Farg’onaazot”, “Navoiyazot”, “Maxam-Chirchiq” aksiyadorlik jamiyatlarining intellektuallashuvi jarayonini baholash bo‘yicha metodologik yondashuvga ko‘ra korxona intellektuallashuv darajasini “quyi”, “o‘rta” va “yuqori” bosqich asosida baholashning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha takliflar “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatini 2023 yilga mo‘ljallangan rivojlantirish dasturini va 2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasi kimyo sanoatini innovatsion rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O’zkhimyosanoat” AJ ning 2022 yil 3 iyundagi 23-3-2851-son ma’lumotnomasi). Takliflarning amalga oshirilishi “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati intelektuallashuv darajasini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarini ishlab chiqarish oborotiga jalb etishga hamda kimyo sanoatini mehnatni intellektuallashuvi talablari asosida sof foydani prognozlashtirishning aniqlik darajasini oshirishga xizmat qilgan;
“iqtisodiy imkoniyatlar demografik darchasi”dan samarali foydalanish va xotin-qizlarning jamiyatni inklyuziv va barqaror rivojlanishida to‘laqonli ishtirokini yuzasidan o‘rta, professional-texnik ta’lim, bandlik markazlari asosidagi iqtisodiy imkoniyatlari bo‘yicha takliflar «Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot instituti tavsiyalariga kiritilgan (Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vazirlik qoshidagi «Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 28 fevraldagi 01-09/809-son ma’lumotnomasi). Takliflarning amalga oshirilishi natijasida Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida xotin-qizlar tadbirkorligi va moslashuvchan ko‘nikmalarini rivojlantirish, kognitiv moslashuvchanlik, hamkorlik layoqatlarini rivojlantirish bo‘yicha kurslar tashkil qilingan hamda o‘quv kurslarining 30% bitiruvchilari o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.