Xursandov Komiljon Maxmatkulovich
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Sanoatning mashinasozlik tarmog‘ida investisiyalardan samarali foydalanish yo‘nalishlari”, 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt.2109.
Ilmiy rahbar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Salimov Baxtyor Tajievich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, DSs.15/31.12.2020.I.09.04.
Rasmiy opponentlar: Raxmanbaeva Roza Abduraxmanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xankeldieva Guzal Sherovna iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muxandislik-iktisodiyot instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi tizimli yondashuv asosida sanoatning mashinasozlik tarmog‘ida investisiyalardan samarali foydalanish yo‘nalishlari yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mashinasozlik va metallga ishlov berish tarmog‘i natijadorligini oshirishda investisiyalarni asosiy ishlab chiqarish fondlarini yangilash va ishlab chiqarishni modernizatsiyalashga jalb etish boshqa yo‘nalishlarga nisbatan samaraliligi asoslab berilgan;
mashinasozlik va metallga ishlov berish tarmog‘ida asosiy kapitalga kiritiladigan investisiyalar hajmining 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
mashinasozlik va metallga ishlov berish korxonalariga jalb etilgan investisiyalar samaradorligini oshirishda ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘la foydalanishda mashina va uskunalar quvvati va vaqti bo‘yicha foydalanish darajasini oshirish ishlab chiqarishning muhim zahirasi (rezervi) ekanligi asoslab berilgan;
mashinasozlikda investisiyalardan samarali foydalanishni ta’minlashda yuqori texnologiyalar ishlab chiqaruvchi ishlab chiqarishga nisbiy ustunlik va imtiyozlar berish, yangi ob’ektlar qurilish davrini qisqartirish va sohaga yuqori malakali kadrlarni jalb etish, xodimlar malakasini muntazam ravishda oshirib borishning maqsadga muvofiqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sanoatning mashina-sozlik tarmog‘ida investisiyalardan samarali foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
kelajakda asosiy ishlab chiqarish fondlarini yangilash va ishlab chiqarishni modernizatsiyalashga investisiyalarni jalb etish mashinasozlik va metallga ishlov berish tarmog‘i samaradorligini oshirishning tub yo‘nalishi bo‘yicha takliflar “O‘zavtosanoat” AJ tomonidan sohani modernizatsiyalash dasturlarini ishlab chiqshda foydalanilgan (“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 14 martdagi 19/04-25-0389-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflardan foydalanish kompaniya asosiy ishlab chiqarish fondlari tarkibini takomillashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalashga investisiyalarni ustuvor jalb etish asosida samaradorlikni oshirishga xizmat qilgan;
mashinasozlik va metallga ishlov berish tarmog‘ida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investisiyalar hajmining 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlardan “O‘zavtosanoat” AJ tomonidan sohani rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 14 martdagi 19/04-25-0389-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar sohani uzoq muddatga rivojlantirish parametrlari asosida maqsadli chora-tadbirlarni rejalashtirish aniqligini oshirish, natijada istiqbolda samarali parametrlarni ta’minlashga muayyan darajada xizmat qilgan;
mashinasozlik va metallga ishlov berish korxonalariga jalb etilgan investisiyalar samaradorligini oshirishda mashina va uskunalar quvvati va vaqti bo‘yicha foydalanish darajasini oshirish bo‘yicha takliflardan “O‘zavtosanoat” AJ tomonidan sohani modernizatsiyalash dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 14 martdagi 19/04-25-0389-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida aksiyadorlik jamiyati iqtisodiy samaradorligi 1,2-1,4 foizga oshirishga xizmat qilgan;
mashinasozlikda investisiyalardan samarali foydalanishni ta’minlashda yuqori texnologiyalar ishlab chiqaruvchi ishlab chiqarishga nisbiy ustunlik va imtiyozlar berish, yangi ob’ektlar qurilish davrini qisqartirish va sohaga yuqori malakali kadrlarni jalb etish, xodimlar malakasini muntazam ravishda oshirib borish bo‘yicha takliflar “O‘zavtosanoat” AJ tomonidan sohani modernizatsiyalash dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 14 martdagi 19/04-25-0389-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar tarmoqning investision jozibadorligi yuqori bo‘lgan yo‘nalishga investisiyalarni joylashtirish natijasida ushbu tarmoq yo‘nalishi samaradorlikka erishda hamda yuqori texnologiyali mashinasozlik tarmoqlarini yanada rivojlantirish, ilm yuqori talab etuvchi mashinasozlik tarmoqlarida bandlikni oshirish va mazkur tarmoqlarda ish haqi va ishlab chiqarish infratuzilmalari yanada yaxshilanishiga xizmat qilgan.