Mamatkulov Baxtiyor Xalmuradovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari samaradorligini statistik baholash usullarini takomillashtirish (O‘zbekiston Respublikasi fermer xo‘jaliklari misolida)», 08.00.06 – Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.DSc/Iqt203.
Ilmiy maslahatchi: Nabiev Xamidulla, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Salimov Baxtiyor Tadjievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kasimov Saidaxrol Magrupovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xatamov Ochildi Qurbanbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari samaradorligini statistik baholash usullarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fermer xo‘jaliklari daromadiga ta’sir etuvchi omillarni baholash metodologiyasi xo‘jaliklarda yangi ish o‘rinlarini yaratish, hosildorlik va bozor xizmatlarining ortishi, er olish imkoniyatlarining kengayishi kabi omillarning maqsadli kombinatsiyasi neizida takomillashtirilgan holda “Probit” va “logit” modellarining aniqlik darajasi oshirilgan;
fermer xo‘jaliklari xususiyatlariga ko‘ra anketa-so‘rovnomalar natija-ma’lumotlarini ma’lumotlar bazasi tarkibiga kiritilgan holda fermer xo‘jaliklari samaradorligini statistik baholash metodologiyasi takomillashtirilib, “Google format” dasturiy ta’minoti uchun maxsus algoritm ishlab chiqilgan;
fermer xo‘jaliklari faoliyati samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar “gipoteza”ga asoslangan yondashuv sug‘oriladigan er mohiyatiga suv resurslarining jarayonda bevosita qatnashishi, suvni milliy boylik tarkibida hisoblagan holda er (tuproq)ning tabiiy unumdorlik darajasini mezon qilib olgan holda logirfmlangan qiymatlarga ko‘ra takomillashtirilgan;
fermer xo‘jaliklari yalpi ishlab chiqarishiga ta’sir etuvchi omillar, ularga biriktirilgan er maydoni asos omilidan kelib chiqqan holda “Panel data” modeli metodologiyasi takomillashtirilgan hamda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish, jumladan, Sirdaryo viloyatida ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari ekinlar maydonini maqbullashtirish, yangi tokzorlar tashkil qilish, xorijiy investisiyalar ishtirokida xo‘jaliklarga zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy qilish asoslab berilgan;
fermer xo‘jaliklarining yalpi ishlab chiqarish hajmining 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan ko‘p variantli prognoz ssenariylari asoslanib, unga ko‘ra “Holt Winter seasonal” modeli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari samaradorligini statistik baholash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xo‘jaliklarda yangi ish o‘rinlarini yaratish, hosildorlik va bozor xizmatlarining ortishi, er olish imkoniyatlarining kengayishi kabi omillar negizida fermer xo‘jaliklari daromadiligiga ta’sir etuvchi omillarni kompleks baholashning takomillashtirilgan metodologiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashi fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish va yalpi ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha hududiy dasturlarni ishlab chiqishda foydalangan (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 4 avgustdagi 06/31-1-10/10-3892-sonli ma’lumotnomasi; O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2022 yil 7 iyundagi 01/03-1505-son ma’lumotnomasi). Natijada fermer xo‘jaliklari daromadiga ta’sir etuvchi eng kuchli ijobiy omillar kombinatsiyasiga ko‘ra tegishliligiga ko‘ra daromad pozisiyalarini oshirishning qo‘shimcha imkoniyat va ularning aniqlik darajasini oshirishga erishilgan;
fermer xo‘jaliklarida ma’lumotlar bazasi tarkibiga soha xususiyatlariga ko‘ra anketa-so‘rovnomalar natija-ma’lumotlari kiritilgan holda fermer xo‘jaliklari samaradorligini statistik baholashning takomillashtirilgan metodologiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 20 iyul` 2019 yildagi 654-sonli buyrug‘iga asosan chop etilgan “Qishloq xo‘jaligi statistikasi” fani darsligi mazmuniga singdirilgan hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashi fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish va yalpi ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha hududiy dasturlarni ishlab chiqishda foydalangan (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 4 avgustdagi 06/31-1-10/10-3892 sonli ma’lumotnomasi va O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2022 yil 7 iyundagi 01/03-1505 – son ma’lumotnoma) Ushbu taklifni joriy etish natijasida anketa-so‘rovnomalarida qatnashgan 150 ta fermer xo‘jaliklari faoliyatidagi muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ularni bartaraf etish choralari amalga oshirildi hamda iqtisodiy-statistik ko‘rsatkichlarni ochiq, shaffof e’lon qilish imkoniyati kengaytirilgan va “Google format” dasturiy ta’minoti uchun algoritm ishlab chiqilishi natijasida fermer xo‘jaliklarini ro‘yxatga olish metodologiyasi amaliyotga tadbiq etilgan;
fermer xo‘jaliklari faoliyati samaradorligiga ta’sir etuvchi omillarni baholashning “gipoteza”ga asoslangan yondashuv sug‘oriladigan er mohiyatiga suv resurslarining jarayonda bevosita qatnashishi, suvni milliy boylik tarkibida hisoblangan, er (tuproq)ning tabiiy unumdorlik darajasini mezon qilib olgan holda logirfmlangan qiymatlarga ko‘ra takomillashgan yondashuv Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 20 iyul` 2019 yildagi 654-sonli buyrug‘iga asosan chop etilgan “Qishloq xo‘jaligi statistikasi” fani darsligi mazmuniga singdirilgan hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari samaradorligini statistik baholash usullarini takomillashtirish uchun amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2022 yil 7 iyundagi 01/03-1505-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi sug‘oriladigan erlar va suv resurslaridan samarali foydalanishning metodologik-uslubiy asoslarini takomilashtirishga, fermer xo‘jaliklari samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar, jumladan, investisiyalar, asosiy kapital, bandlik kabilardan maqsadli, natijada samarali foydanish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilishiga xizmat qilgan;
fermer xo‘jaliklari yalpi ishlab chiqarishiga ta’sir etuvchi omillar, ularga biriktirilgan er maydoni asos omilidan kelib chiqqan holda “Panel data” modeli metodologiyasi takomillashtirilgan hamda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish, jumladan, Sirdaryo viloyatida ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari ekinlar maydonini maqbullashtirish, yangi tokzorlar tashkil qilish, xorijiy investisiyalar ishtirokida xo‘jaliklarga zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha takliflardan Sirdaryo viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush tarzini yaxshilash va ijtimoiy himoya qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish, huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha 2021 yil uchun “Yo‘l xaritasi” ni, “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ni amalga oshirishga oid Sirdaryo viloyatini iqtisodiy rivojlantirish dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 4 avgustdagi 06/31-1-10/10-3892-son ma’lumotnomasi; O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2022 yil 7 iyundagi 01/03-1505-son ma’lumotnomasi). Takliflardan foydalanaish fermer xo‘jaliklari faoliyatini rejalashtirishda mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish imkoniyatini yaratgan hamda takomillashgan ekonometrik model asosida fermer xo‘jaliklari sonining o‘zgarishi hisobiga POLS modeli bo‘yicha 0,0075 foizga, FDE modeli bo‘yicha 0,0019 foizga kamayishi, REE modeli bo‘yicha 0,0075 foizga, FEE modeli bo‘yicha esa 0,0051 foizga oshishining aniqlash darajasining oshirishiga xizmat qilgan;
ishlab chiqarish hajmiga ta’sir etuvchi omillarga kompleks yondashgan holda fermer xo‘jaliklarining yalpi ishlab chiqarish hajmining 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan ko‘p variantli prognoz ssenariylari va unga ko‘ra takomillashgan “Holt Winter seasonal” modelidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashi fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish va yalpi ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha hududiy dasturlarni ishlab chiqishda foydalangan (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 4 avgustdagi 06/31-1-10/10-3892 sonli ma’lumotnomasi va O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2022 yil 7 iyundagi 01/03-1505-son ma’lumotnomasi). Natijada milliy hisoblar tizimi standartlari asosida fermer xo‘jaliklarida qo‘llaniladigan statistik hisobotlarni xalqaro darajalarda baholash va prognoz uslubini axborotlar bazasi yanada kengaytirilib, 2026 yilda fermer xo‘jaliklari yalpi ishlab chiqarishi hajmi pessemistik prognoz bo‘yicha 124516 mlrd so‘m, o‘rtacha prognoz bo‘yicha 136438 mlrd.so‘m, optimistik prognoz bo‘yicha 148360 mlrd.so‘mni tashkil etishi yuqori aniqlik darajasida asoslab berilgan.