Kulimova Xusnida Maxsud qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Eksport-import operatsiyalarida soliq nazoratini takomillashtirish», 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Iqt1902.
Ilmiy rahbar: Toshmuradova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Raya Xodjabaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kuziev Ravshan Ramazonovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali.
II. Tadqiqotning maqsadi eksport-import operatsiyalarida soliq nazoratini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
eksportyor korxona valyuta tushumlarini o‘z vaqtida to‘lab kelsa, muddati o‘tgan debitor qarzdorligi bo‘lmasa, bankdagi hisobraqamiga valyuta kelib tushgan yoki tushmaganligidan kat’iy nazar xaqiqatda eksport qilingan tovarlarni ishlab chiqarishga sarflangan xom-ashyo materiallarga to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi hisobga olish zarurligi ilmiy asoslangan;
importyor korxonalarga qo‘shilgan qiymat solig‘i va boj to‘lovlaridan qo‘llanilgan imtiyozdan maqsadli foydalanilmasdan mahsulotlar sotib yuborilganligi aniqlanganda soliq davrida umumbelgilangan tartibda soliqqa tortish taklif etilgan;
eksport-import operatsiyalarini amalga oshiruvchi korxonalarning umidsiz qarzdorliklarini hisobdan chiqarish amaliyotini qo‘llash zarurligi ilmiy asoslangan;
tovarlarni import qiluvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar import shartnomasi tuzilgan yoki tovarlar import qilingan sanadan boshlab qo‘shilgan qiymat hamda foyda solig‘ini to‘lashga o‘tilishi zarurligi taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Eksport-import operatsiyalarida soliq nazoratini takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
eksportyor korxona valyuta tushumlarini o‘z vaqtida to‘lasa, muddati o‘tgan debitor qarzdorligi bo‘lmasa, xaqiqatda eksport qilingan tovarlarni ishlab chiqarishga sarflangan xom-ashyo materiallarga to‘langan qo‘shilgan qiymat qiymat soliq summasi hisobga olinishi bo‘yicha taklifi 2021 yil 29 dekabrdagi O‘RQ-741-son «O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2022 yil 21 apreldagi 18/1-52914-son ma’lumotnomasi). Natijada, xom-ashyo yoki tayyor mahsulot uchun ishlatilgan qo‘shilgan qiymat solig‘i byudjet tomonidan qaytarib berilishi pul aylanmada qoldirish, eksportyor korxonani qo‘llab-quvvatlash, valyuta tushumi ko‘payishi, eksport korxonalarning faoliyatini davom ettirishiga erishilmoqda shu bilan birgalikda, mamlakatga valyuta kelib tushishi va unda soliq nazoratining amalga oshirilishi to‘lov balansining barqarorligini ta’minlashga xizmat qilib kelmoqda;
importyorlarning qo‘shilgan qiymat qiymat solig‘i va bojxona to‘lovlaridan imtiyozlari maqsadli foydalanilmaganda, maxsulotlar sotib yuborilganligi aniqlanganda, umumbelgilangan tartibda soliqqa tortish zarurligi qo‘llanishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 16 maydagi 410-son qarori bilan tasdiqlangan «Import qilingan tovarlar harakatini monitoring qilish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2022 yil 21 apreldagi 18/1-52914-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, import operatsiyalari bo‘yicha soliq nazoratini o‘tkazishda import tovarlar hujjati bo‘lib, lekin ularni sotish summasi qo‘shilgan qiymat qiymat solig‘ini hisobga olish ro‘yxatida ko‘rsatilmaganligi va tovarlarni sotish hujjatlarini ro‘yxatga mos kelmasligi aniqlanib jarimalar qo‘llash natijasida umumbelgilangan tartibda 153,2 mlrd. so‘m soliq va boshqa to‘lovlar to‘liq undirilgan;
eksport-import operatsiyalarini amalga oshiruvchi korxonalarda yuzaga keladigan umidsiz qarzdorliklarni hisobdan chiqarish amaliyotini qo‘llash taklifi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 6 oktabrdagi 601-son qarori bilan tasdiqlangan Eksport va investisiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2022 yil 21 apreldagi 18/1-52914-son ma’lumotnomasi). Natijada, tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha shartnomalar yuzasidan 2021 yil yakuni bo‘yicha 55 ta korxonaning 346,3 mln.dollar miqdoridagi umidsiz qarzdorliklari hisobdan chiqarilgan;
tovarlarni import qiluvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar qaysi sana oldinroq kelishiga qarab import shartnomasi tuzilgan yoki tovarlar import qilingan sanadan boshlab qo‘shilgan qiymat hamda foyda solig‘ini to‘lashga o‘tilishi bo‘yicha taklifi 2021 yil 29 dekabrdagi O‘RQ-741-son «O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2022 yil 21 apreldagi 18/1-52914-son ma’lumotnomasi). Natijada, tovar import qiluvchi importyor korxona va yakka tartibdagi tadbirkorning shartnoma tuzilganda tadbirkorlarning davlat oldidagi mas’uliyatini yanada oshirishga, shartnomadagi aniq belgilangan muddatda operatsiyalar amalga oshirilishiga erishilmoqda.