Ismailov Allayor Rashidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Kimyo sanoati tarmog‘ida korporativ boshqaruvning institutsional va funksional mexanizmlarini takomillashtirish», 08.00.13 – «Menejment» (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: DSs.03/30.12.2020.I.16.02
Ilmiy rahbar: Xamidulin Mixail Borisovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Yo‘ldoshev Nuriddin Qurbonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Rasulov Nodirbek Madraximovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kimyo sanoati tarmog‘ida korporativ boshqaruvning institutsional va funksional mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aksiyadorlik jamiyatlarining inqirozli vaziyatlarda manfaatlar muvozanatini ta’minlashga yo‘naltirilgan moslashuvning aktiv (Kq=54%) va passiv (Kq=46%) institutsional strategiyalari o‘rtasidagi optimal nisbat asoslangan;
korporativ boshqaruvning funksional sifatini baholashda aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy-iqtisodiy faoliyatini salmoq koeffisientlari (W=0,32) kengashlar faoliyati (W=0,5), va bozor faoliyati samaradorligini aks ettiruvchi (W=0,18) mezonlari va indikatorlari taklif etilgan;
«O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ boshqaruv tizimida PSL-SEM aloritmi asosida Kengash operatsion faoliyatining salbiy (F2=-0,174), Kengash ichki barqarorligining ijobiy (F3=0,388), Kengash majlislarining salbiy (F4=-0,144) ta’sirlarini aniqlash orqali kuzatuv kengashining boshqaruv darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi yashirin omillarni tartibga solish taklifi asoslangan;
kimyo mahsulotlariga bo‘lgan talabning sezilarli oshishi hamda tarmoq ishlab chiqarishida mahalliylashtirish jarayonlari dinamikasini hisobga olgan holda «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyatining rivojlanish strategiyasi asosiy yo‘nalishlarining 2026 yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kimyo sanoati tarmog‘idagi korporativ boshqaruvning institutsional va funksional mexanizmlaridan foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
aksiyadorlik jamiyatlarining inqirozli vaziyatlarda manfaatlar muvozanatini ta’minlashga yo‘naltirilgan moslashuvning aktiv (Kq=54%) va passiv (Kq=46%) institutsional strategiyalari o‘rtasidagi optimal nisbatga asoslangan inqirozli vaziyatlarga moslashuvchan aktiv va passiv institutsional strategiyalari “O‘zkimyosanoat” AJning kadrlar boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2022 yil 14 iyundagi son № 03-3005 son ma’lumotnomasi). Ilmiy yanglikning amaliyotga joriy etilishi natijasida “O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalarda xodimlarining pandemiya davridagi qo‘nimsizlik darajasini 8,9 foizga kamaytirishga erishilgan;
korporativ boshqaruvning funksional sifatini baholashda aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy-iqtisodiy faoliyatini salmoq koeffisientlari (W=0,32) kengashlar faoliyati (W=0,5), va bozor faoliyati samaradorligini aks ettiruvchi (W=0,18) mezonlari va indikatorlari «O‘zkimyosanoat» AJning Korporativ munosabatlar boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan “O‘zkimyosanoat” AJning Korporativ munosabatlar boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2022 yil 14 iyundagi № 03-3005 son ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida Korporativ harakatlar bo‘yicha “O‘zkimyosanoat” AJning qo‘shimcha samaradorlikning muhim ko‘rsatkichi (SMK) darajasini 2021 yilda 2020 yilga nisbatan 103,5 foizdan 149,2 foizga oshirishga erishilgan;
«O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ boshqaruv tizimida PSL-SEM aloritmi asosida Kengash operatsion faoliyatining salbiy (F2=-0,174), Kengash ichki barqarorligining ijobiy (F3=0,388), Kengash majlislarining salbiy (F4=-0,144) ta’sirlarini aniqlash orqali kuzatuv kengashining boshqaruv darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi yashirin omillarni tartibga solish taklifi «O‘zkimyosanoat» AJning Korporativ munosabatlar boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2022 yil 14 iyundagi 03-3005-son ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikda nazarda tutilgan takliflar natijasida “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 11 mayda tasdiqlangan Kuzatuv Kengashi to‘g‘risidagi nizomning yangi tahriri tasdiqlangan va takliflar “IV, VIII” bo‘limlarida inobatga olingan;
kimyo mahsulotlariga bo‘lgan talabning sezilarli oshishi hamda tarmoq ishlab chiqarishida mahalliylashtirish jarayonlari dinamikasini hisobga olgan holda «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyatining rivojlanish strategiyasi asosiy yo‘nalishlarining 2026 yilgacha ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari “O‘zkimyosanoat” AJning Investisiya va yangi texnologiyalarni joriy etish bo‘limi faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2022 yil 14 iyundagi № 03-3005 son ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikda nazarda tutilgan takliflar “O‘zkimyosanoat” AJning 2019 yilda tasdiqlangan 2026 yilgacha bo‘lgan rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan.