Ibadullaev Ergash Bakturdievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mintaqada turistik rekreatsion xizmatlarni rivojlantirish mexanizmini takomillashtirish», 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Iqt1957.
Ilmiy rahbar: Matyakubov Umidjon Raximovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Navruz-Zoda Baxtiyor Negmatovich, iqtisodiyot fanlari doktori; Mirzaev Abdullajon Topilovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqada turistik rekreatsion xizmatlarni rivojlantirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“turistik-rekreatsion xizmatlar” tushunchasi O‘zbekiston Respublikasini Toshkent, Farg‘ona, Janubiy, Mirzacho‘l, Zarafshon va Quyi Amudaryo mintaqalarining geografik joylashuvi asosida tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy, demografik jihatdan umumlashtirilgan holda nazariyasi takomillashtirilgan;
mintaqa turistik-rekreatsion xizmatlar cohasida faoliyat yurituvchi “Gurlan”, “Shovot”, “Urganch”, “Xonqa”, “Green Grand Garden” sanatoriya-kurort muassasalari xizmatlari sifat darajasi ekspert baholash usuli yordamida raqobatbardoshlik indekslari 1-“qoniqarsiz”, 2-“qoniqarli”, 3-“o‘rta”, 4-“yaxshi”, 5-“juda yaxshi” likert shkalasi (Likert scale) mezonlari asosida baholash taklif etilgan;
Xorazm viloyati Shovot tumanida “Ulli Pir” (Yusuf Hamadoniy) - “Beshmergan” turizm qishlog‘i, Yangiariq tumanida “Shayx Muxtor Valiy” - “Kuranboy temirchi agroturizm maskani” va Xiva shahrida Pahlavon Mahmud ziyoratgohi - G‘ovvuk ko‘l kabi turistik-rekreatsiya xizmat turlarining rivojlanish ko‘rsatkichlari “Evklid masofasi” (Euclidean distance) asosida o‘xshashlik darajasi yuqori bo‘lgan ziyorat-tabiat klasterlariga ajratish usuli taklif qilingan;
mintaqa turistik-rekreatsion ob’ektlarining rivojlanish darajasini ifodalovchi muhim ko‘rsatkichlarini ekonometrik modellar asosida 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqada turistik-rekreatsion xizmatlarni rivojlantirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“turistik-rekreatsion xizmatlar” tushunchasi O‘zbekiston Respublikasini Toshkent, Farg‘ona, Janubiy, Mirzacho‘l, Zarafshon va Quyi Amudaryo mintaqalarining geografik joylashuvi asosida tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy, demografik jihatdan umumlashtirilgan holda nazariyasi takomillashtirilgan bo‘lib, ushbu taklif Xorazm viloyat hokimining 2021 yil 21 avgustdagi “2021-2022 yillarda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 83-12-0-Q/21-con qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi 2022 yil 16 iyundagi 04-18/ 2534-son ma’lumotnomasi). Natijada turistik-rekreatsion xizmatlarni ko‘rsatish samaradorligini oshirishning yo‘nalisharini takomilashtirish imkoniyati aniqlangan;
mintaqa turistik-rekreatsion xizmatlar cohasida faoliyat yurituvchi “Gurlan”, “Shovot”, “Urganch”, “Xonqa”, “Green Grand Garden” sanatoriya-kurort muassasalari xizmatlari sifat darajasi ekspert baholash usuli yordamida raqobatbardoshlik indekslari 1-“qoniqarsiz”, 2-“qoniqarli”, 3-“o‘rta”, 4-“yaxshi”, 5-“juda yaxshi” likert shkalasi (Likert scale) mezonlari asosida ishlab chiqilgan baholash mexanizmi bo‘yicha taklif Xorazm viloyat hokimining 2021 yil 21 avgustdagi “2021-2022 yillarda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 83-12-0-Q/21-con qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi 2022 yil 16 iyundagi 04-18/2534-son ma’lumotnomasi). Natijada mintaqaning sanatoriya-kurort muassasalari faoliyati samaradorligi o‘rta hisobda 4-6 foizga oshgan;
Xorazm viloyati Shovot tumanida “Ulli Pir” (Yusuf Hamadoniy) - “Beshmergan” turizm qishlog‘i, Yangiariq tumanida “Shayx Muxtor Valiy” - “Kuranboy temirchi agroturizm maskani” va Xiva shahrida Pahlavon Mahmud ziyoratgohi - G‘ovvuk ko‘l kabi turistik-rekreatsiya xizmat turlarining rivojlanish ko‘rsatkichlari “Evklid masofasi” (Euclidean distance) asosida o‘xshashlik darajasi yuqori bo‘lgan ziyorat-tabiat klasterlariga ajratish usuli bo‘yicha taklif Xorazm viloyat hokimining 2021 yil 21 avgustdagi “2021-2022 yillarda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 83-12-0-Q/21-con qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi 2022 yil 16 iyundagi 04-18/2534-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy qilinishi natijasida mintaqaga tashrif buyurayotgan turistlar sonini 10-15 foizgacha, turizm infratuzilmasi korxonalar sonini 3-5 foizga oshirish hamda qishloq joylarida 300 nafardan ziyod yangi ish o‘rinlarni yaratish imkonini bergan;
mintaqa turistik-rekreatsion ob’ektlarining rivojlanish darajasini ifodalovchi muhim ko‘rsatkichlarini ekonometrik modellar asosida 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari ishlab chiqilishi bo‘yicha taklif Xorazm viloyat hokimining 2021 yil 21 avgustdagi “2021-2022 yillarda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 83-12-0-Q/21-con qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi 2022 yil 16 iyundagi 04-18/2534-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur model natijalaridan mintaqada turizmni rivojlantirish dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan.