Mo‘minov Abdujalil Abdusalom o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘zbekiston bog‘dorchilik va uzumchilik veb atlasini yaratish masalalari», 11.00.06 - Geodeziya. Kartografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Gr192.
Ilmiy rahbar: Egamberdiev Asamberdi, geografiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi DSs.03/30.12.2019.Gr.01.06 raqamli lmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Reymov Polat Rasbergenovich, geografiya fanlari doktori, dotsent; Xakimova Kamolatxon Raximjonovna, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: zamonaviy geoinformatsion, kartografik va veb xaritaga olish metodlari asosida O‘zbekiston Respublikasining bog‘dorchilik va uzumchilik veb atlasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
GAT texnologiyalari asosida bog‘dorchilik va uzumchilik ob’ektlarining (qishloq xo‘jaligi, ekin maydonlari tarkibi, er turlari, dehqonchilikda foydalaniladigan erlar, bog‘lar, uzumzorlar) geografik ma’lumotlar bazasini yaratish usullari takomillashtirilgan;
O‘zbekiston Respublikasi hukumati ochiq ma’lumotlari bazasi, geoinformatsion xaritaga olish usullari va texnologiyalariga asoslangan holda bog‘dorchilik va uzumchilik dinamik xaritalari yaratilgan;
bog‘dorchilik va uzumchilik tarmoqlarini kartografik, geoinformatsion va veb xaritaga olish usullari orqali veb atlasini yaratish metodikasi takomillashtirilgan;
O‘zbekiston Respublikasi bog‘dorchilik va uzumchilik veb atlasi yaratilgan va undan foydalanish bo‘yicha taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekiston bog‘dorchilik va uzumchilik veb atlasini yaratish masalalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
GAT texnologiyalarining ArcGIS dasturida O‘zbekiston Respublikasi bog‘dorchilik va uzumchilik ob’ektlari bo‘lgan qishloq xo‘jaligi erlari, ekin maydonlari tarkibi, er turlari, bog‘lar va uzumzorlarning geoma’lumotlar bazasini yaratish usullari O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2022 yil 18 avgustdagi 03-03-749-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu geoma’lumotlar bazasi O‘zbekiston Milliy atlasining «Qishloq xo‘jaligi» bo‘limiga kiritilgan xaritalarini yaratish imkoniyatini bergan;
O‘zbekiston Respublikasining qishloq xo‘jaligi va uning asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lgan bog‘dorchilik va uzumchilik mavzusidagi qator mavzuli dinamik xaritalari, xususan, «Qishloq xo‘jaligi», «Er turlari», «Ekin maydonlari tarkibi», «Dehqonchilikda foydalaniladigan erlar», «Bog‘dorchilik» va «Uzumchilik» xaritalari O‘zbekiston Milliy atlasining «Qishloq xo‘jaligi» bo‘limiga kiritilgan «Qishloq xo‘jaligi», «Er turlari», «Ekin maydonlari tarkibi», «Dehqonchilikda foydalaniladigan erlar», «Bog‘dorchilik» va «Uzumchilik» xaritalarini tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2022 yil 18 avgustdagi 03-03-749-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Milliy atlasining mazmunini boyitish, undagi xaritalarning ilmiy va amaliy ahamiyatini oshirish imkoniyatini bergan;
O‘zbekiston Respublikasi bog‘dorchilik va uzumchilik tarmoqlarini veb xaritaga olish usullari orqali takomillashtirilgan veb atlasni yaratish metodikasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligida Toshkent viloyati mahallalarining veb xaritalarini yaratishda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2022 yil 18 avgustdagi 03-03-749-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu takomillashtirilgan metodika mahallalarning interaktiv veb xaritalarini yaratish imkoniyatini bergan;
O‘zbekiston Respublikasining bog‘dorchilik va uzumchilik veb atlasi Kartografiya davlat ilmiy ishlab chiqarish korxonasi tomonidan tuzilgan veb xaritalarni yaratishda asos sifatida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2022 yil 18 avgustdagi 03-03-749-son ma’lumotnomasi). Natijada, veb xarita va atlaslarning strukturasi va dasturini takomillashtirish imkoniyatini bergan.