G‘aniev Shaxob Rabimkulovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘rta Zarafshon havzasi daryolarining gidrologik rejimi, suv resurslari va ulardan samarali foydalanish», 11.00.03 - Quruqlik gidrologiyasi. Suv resurslari. Gidrokimyo (geografiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Gr103.
Ilmiy rahbar: Hikmatov Fazliddin Hikmatovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27/30.12.2019.Gr.47.01.
Rasmiy opponentlar: Muradov Shuxrat Odilovich, texnika fanlari doktori, professor; Salimova Barno Djamalovna, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘rta Zarafshon havzasi kichik daryolari va soylari gidrologik rejimini iqlim o‘zgarishi sharoitida aniqlash, suv resurslarini miqdoriy baholash va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
daryolar havzalarining suv berish imkoniyati ularning gidrografik ko‘rsatkichlari - bosh daryo (L, km) va irmoqlarining (ℓi, km) uzunliklari, maydonlari (F, km2), o‘rtacha balandliklari (Ho‘rt, m), daryo tarmoqlarining zichlik koeffisientlari (α, km/km2)ga bog‘liq holda aniqlangan;
havza daryolarining yillik va yil fasllaridagi (bahorgi, yozgi) oqimlari ko‘rsatkichlari - suv sarfi (Q, m3/s), oqim hajmi (W, m3), oqim moduli (M, l/s•km2), oqim qatlami (h, mm) turli iqlimiy davrlar uchun miqdoriy baholangan;
havza daryolari va soylari oqimining kuzgi-qishki, bahorgi va yillik yog‘inlar (X, mm) miqdoriga hamda havo haroratiga (t, 0C), shuningdek, daryolar havzalarining morfometrik ko‘rsatkichlariga bog‘liqligi aniqlangan, ularning regressiya tenglamalari tuzilgan;
daryolar va soylar oqimining (Q, m3/s) yillararo tebranishi, o‘zgaruvchanligi (Cv) statistik baholangan, yil davomida oylar, yil fasllari hamda suv rejimi fazalari bo‘yicha taqsimlanishi aniqlangan; 
havzada daryolari va soylari suv resurslarining iqlim o‘zgarishi sharoitidagi xarakterli (o‘rtacha, minimal, maksimal) miqdorlari aniqlangan, ularni suv omborlarida to‘plash va hududda suvdan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
O‘rta Zarafshon havzasi daryolarining gidrologik rejimi, suv resurslari va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
O‘rta Zarafshon havzasi daryolarining gidrografik ko‘rsatkichlari, jumladan, bosh daryo (L, km) va irmoqlarning (ℓi, km) uzunliklari, suv to‘plash maydonlari (F, km2), o‘rtacha balandliklari (Ho‘rt, m), daryo tarmoqlari zichligi (α, km/km2) ning aniqlangan qiymatlaridan “Kartografiya” ilmiy ishlab chiqarish davlat korxonasida O‘zbekiston Milliy Atlasining “Gidrografik tarmoqlar” kartasini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2022 yil 17 martdagi 01-13-101-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘rta Zarafshon havzasi daryolari gidrografik tarmoqlarining morfometrik ko‘rsatkichlari asosida, ular havzalarining suv bera olish xususiyatlarini aniqlash imkoniyati yaratilgan;
havza daryolarining mavsumiy, ya’ni bahor (III-V) va yoz (VI-VIII) fasllaridagi oqimlar ko‘rsatkichlari - suv sarfi (Q, m3/s), oqim hajmi (W, m3), oqim moduli (M, l/s•km2), oqim qatlami (h, mm) ning miqdoriy qiymatlari “Kartografiya” ilmiy ishlab chiqarish davlat korxonasida O‘zbekiston Milliy Atlasidagi “Bahorda daryolar oqimining taqsimlanishi (mart-may)” va “Yozda daryolar oqimining taqsimlanishi (iyun`-avgust)” kartalarini tuzishda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2022 yil 17 martdagi 01-13-101-son ma’lumotnomasi). Natijada, daryolarning bahorgi to‘linsuv hamda yozgi kam suvli davrlari oqimini tezkor miqdoriy baholashning qo‘shimcha imkoniyatlari yaratilgan;
daryolar va soylar oqimi modulining ular havzalarining o‘rtacha balandligi (H, m) va maydonlari (F, km2)ga bog‘liqligini ifodalovchi ko‘p hadli regressiya tenglamalaridan O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazida o‘rganilmagan daryolar va soylar oqimini miqdoriy baholashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining 2022 yil 10 avgustdagi 01-15/1011-son ma’lumotnomasi). Natijada, havzadagi o‘rganilmagan daryolar va soylar suv resurslarining miqdoriy qiymatlariga aniqlik kiritish imkoniyati yaratilgan;
havza daryolari va soylari oqimining (Q, m3/s) yillararo tebranishi va o‘zgaruvchanligini (CV) statistik baholash va ularning yil davomida oylar va mavsumlar bo‘yicha taqsimlanishining miqdoriy qiymatlaridan O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazida gidrologik yilnomalar, suv kadastri ma’lumotnomalarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining 2022 yil 10 avgustdagi 01-15/1011-son ma’lumotnomasi). Natijada, havza daryolari oqimining yil davomida oylar, yil fasllari va suv rejimi fazalari bo‘yicha taqsimlanishi haqidagi gidrologik ma’lumotlar bazasi to‘ldirilgan;
daryolar va soylar suv resurslarining iqlim o‘zgarishi sharoitidagi xarakterli (o‘rtacha, minimal, maksimal) miqdoriy qiymatlaridan O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazida ularning turli ta’minlanishdagi qiymatlarini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining 2022 yil 10 avgustdagi 01-15/1011-son ma’lumotnomasi). Natijada, xarakterli yillardagi suv resurslarini miqdoriy baholash, ularni mavsumiy suv omborlari yordamida samarali boshqarishning qo‘shimcha imkoniyatlari yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish