Karimov Nuriddin Maxamadjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Paxtani uzoq masofadan tashish uchun ko‘chma pnevmotransrort uskunasi konstrukchyasini ishlab chiqish” 05.02.03 - Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2022.2.PhD/T1005.
Ilmiy rahbar: Sarimsaqov Olimjon Sharibjonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti PhD.03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar: t.f.d., prof. D. A. Djo‘raev, PhD., dotsent Bobomatov Abdug‘ani Xusainivich.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ko‘chma pnevmotransport uskunasida paxta xomashyosining tabiiy sifat ko‘rsatkichlarini saqlagan holda havo oqimidan ajratib olish va paxtani mayda iflosliklardan tozalash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
paxta va havo aralashmasining separator kirish quvuri ichidagi harakat qonuniyatini aniqlash yo‘li bilan kirish quvurining aerodinamik qarshiligi past bo‘lgan va paxtani separator kengligi bo‘yicha bir me’yorda taqsimlab beradigan shakli va o‘lchamlari aniqlangan;
separator ishchi kamerasida havo va paxtaning harakati qonuniyatlari asosida uning ichki devori yuqori va paxta uriladigan qismlari perforatsiya qilingan va so‘ruvchi quvurga ulanib, ishchi kamerada hosil bo‘ladigan havo uyurmasini kamaytirish imkoniyati yaratilgan;
separatorda ifloslangan havoning so‘ruvchi quvur bo‘ylab harakati qonuniyatiga asoslanib ventilyator bilan separatorni bog‘lovchi quvurning ratsional shakli va o‘lchamlari aniqlangan;
rejali eksperimentlar natijalariga asoslanib, ko‘chma pnevmotransport uskunasi separatorining kirish quvuri kengayish burchagi va balandligining ratsional parametrlarining regressiya modellari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Paxtani tashuvchi ko‘chma pnevmotransport uskunasi konstruksiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
paxtani ishlab chiqarishga uzatib beruvchi yangi ko‘chma pnevmotransport uskunasi «O‘zpaxtasanoat» AJ tasarrufidagi korxonalarda, jumladan, «Namangan paxta teks» MChJga qarashli «Kosonsoy paxta tozalash» korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zpaxtasanoat» AJ ning 2021 yil 4-dekabrdagi №02/22-354-sonli ma’lumotnomasi). Natijada paxta tolasi tarkibidagi ifloslik va nuqsonli aralashmalar massaviy ulushini 0,4 %ga kamaygan, elektr energiyasi sarfini 10 kVt/soat ga kamayishiga erishilgan.