Yuldashev Xamza Kamalovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ko‘kalamzorlashtirish uchun mayda bargli jo‘ka (Tilia sordata Mill.) va oq qayin (Betula rendula Roth.) ko‘chatlarini etishtirishni jadallashtirish texnologiyasi”, 06.03.01 – O‘rmon ekinlari. Seleksiya, urug‘chilik va shaharlarni ko‘kalamzorlashtirish. O‘rmonlar agromelioratsiyasi va himoyao‘rmonlarini barpo etish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Qx337.
Ilmiy rahbar: Kojaxmetov Sovetbek Kojaxmetovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.10.2020.Qx.126.01.
Rasmiy opponentlar: Sirojiddinov Behzod Arabdjonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Tolipov Xojimurod Mirazimovich, biologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jo‘ka va oq qayin ko‘chatlarini etishtirishning ilmiy asoslangan kompleks agrotexnologiyasini ishlab chiqqan holda standart urug‘ko‘chatlar va ko‘chatlarni etishtirishda ularning o‘sishini jadallashtirish orqali etishtirish muddatini 2 yilga qisqartirish iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekiston Respublikasida jo‘ka va oq qayin ko‘chatlarini ko‘chatxonada etishtirishni jadallashtiruvchi agrotexnologiya ishlab chiqilgan. Buning natijasida quyidagilar aniqlangan:
mayda bargli jo‘ka uchun urug‘ terishning maqbul muddati avgust oyining ikkinchi o‘n kunligi hisoblanib, urug‘ ekish me’yori 1 p.m. ga 450 dona bo‘lganligi aniqlangan, oq qayin uchun urug‘ terishning maqbul muddati sentyabr` oyining uchinchi o‘n kunligi hisoblanib, urug‘ ekish me’yori 1 m2 ga 3 g bo‘lganligi aniqlangan;
ko‘chatlarni etishtirishda sug‘orishning maqbul rejimi mayda bargli jo‘ka uchun tuproq namligini ChDNSga nisbatan 70-80% da saqlaganda nazoratga nisbatan bo‘yiga o‘sish 15,6% ga yuqori natija olinganligi aniqlangan;
jo‘ka va oq qayin urug‘ko‘chatlariga mineral o‘g‘it qo‘llash bo‘yicha N90P60K30 me’yorda qo‘llagan nazoratga nisbatan bo‘yiga o‘sish jo‘kada 24,0%, oq qayinda 17,0% ni tashkil etgani aniqlangan;
o‘stiruvchi modda gibberellin eritmasining 200 mg/l konsentratsiyasi bilan o‘simlikka ishlov berilganda nazoratga nisbatan bo‘yiga o‘sish jo‘kada 22,7%, oq qayinda 20,2% ni tashkil etgani aniqlangan;
mayda bargli jo‘ka va oq qayin ko‘chatlarini etishtirishda ilmiy asoslangan kompleks agrotexnologiyani (N120P90K30 + 200mg/l Gibberellin + ChDNSga nisbatan 70-80% da tuproq namligini ushlash) tartibidagi qo‘llash natijasida bo‘yiga o‘sish jo‘kada 29,6%, oq qayinda 28,5% ni tashkil etib, ko‘chatxonalarda ko‘chat etishtirish muddati an’anaviy usulga nisbatan 2 yilga qisqarganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ko‘kalamzorlashtirish uchun mayda bargli jo‘ka (Tilia sordata Mill.) va oq qayin (Betula rendula Roth.) ko‘chatlarini etishtirishni jadallashtirish texnologiyasi bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
Jo‘ka va oq qayin ko‘chatlarini etishtirishda kompleks agrotexnologiyani qo‘llash bo‘yicha Toshkent viloyatining Saksonota o‘rmon xo‘jaligida 4,0 ga maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi Davlat qo‘mitasining 2022 yil 14 apreldagi 03/21-1791-son ma’lumotnomasi). Natijada har ikkala daraxt ko‘chatlaridan 1 ga maydondan 24000 dona standart holdagi ko‘chatlar olindi. Bunda iqtisodiy samaradorlik an’anaviy usulga nisbatan 2,0−2,2 barobarga oshgan;
jo‘ka va oq qayin ko‘chatlarini etishtirishda kompleks agrotexnologiyani qo‘llash bo‘yicha Toshkent viloyatining Darxon ilmiy-tajriba xo‘jaligida 3,0 ga maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi Davlat qo‘mitasining 2022 yil 14 apreldagi 03/21-1791-son ma’lumotnomasi). Natijada har ikkala daraxt ko‘chatlaridan 1 ga maydondan 19500 dona standart holdagi ko‘chatlar olindi. Bunda iqtisodiy samaradorlik an’anaviy usulga nisbatan 1,8−2,0 barobarga oshgan.