Ganiev Ziyodulla Akramovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Amudaryo hozirgi del`tasi geotizimlarini ekologik holatini yaxshilashning geografik asoslari», 11.00.01 - Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Gr178.
Ilmiy rahbar: Rafikov Vaxab Asamovich, geografiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2021.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Urazbaev Abdukarim Kendirbaevich, geografiya fanlari doktori, dotsent; Dusanova Sharafat Boltaboevna, geografiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: geotizimlarning strukturaviy va dinamik holatidan kelib chiqib, Amudaryo del`tasi cho‘lga aylanib borayotgan xududining tabiiy muhitini optimallashtirish bo‘yicha tabaqalashtirilgan va integral tadbirlarning geografik asoslarini ishlab chiqish va asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Amudaryo del`tasi mikrorel`ef shakllari (botiqlararo tekisliklar, o‘zanlararo pastqamliklar, del`taning subaeral qismidagi yassi tekisliklar) ga ajratilgan hamda er resurslaridan oqilona foydalanish yo‘llari takomillashtirilgan;
del`ta geotizimlarini miqdor va sifat jihatidan qayta o‘zgartirish orqali ularning dinamikasini boshqarishga doir tabaqalashtirilgan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan;
sug‘orma dehqonchilik va yaylovlar meliorativ holatini yaxshilash hamda suv bilan ta’minlash ishlarini joyning rel`efi, er osti suvlarining xususiyati bog‘liq holda olib borish maqsadida del`taning cho‘llashgan qismini tabiiy sharoiti va resurslari kompleks baholangan;
to‘qay geotizimlarini suv bilan ta’minlash maqsadida Amudaryo del`tasi rayonlarga ajratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Amudaryo del`tasi geotizimlari ekologik holatini yaxshilash bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Amudaryo del`tasi mikrorel`ef shakllari (botiqlararo tekisliklar, o‘zanlararo pastqamliklar, del`taning subaeral qismidagi yassi tekisliklar) ga ajratilgan bo‘lib, ulardan qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini va yaylov chorvachiligini rivojlantirish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi amaliyotida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining 2022 yil 7 maydagi 02/18-1456-son ma’lumotnomasi). Natijada, del`ta er resurslaridan oqilona foydalanish imkonini bergan;
landshaft-ekologik yondashuv asosida geotizimlarni sifat jihatdan qayta o‘zgartirish, dinamikasini boshqarishga doir ishlab chiqilgan tabaqalashtirilgan kompleks chora-tadbirlardan va hudud bo‘yicha yaratilgan turli mavzudagi kartalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi amaliyotida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining 2022 yil 7 maydagi 02/18-1456-son ma’lumotnomasi). Natijada, er va suv xo‘jaligi tizimlarini istiqbolda rivojlantirish strategiyasini takomillashtirish imkoniyati yaratilgan;
del`taning cho‘llashgan qismini tabiiy sharoiti va resurslari kompleks baholangan bo‘lib, sug‘orma dehqonchilik, yaylovlar, pichanzorlar, qamishzorlar meliorativ holatini yaxshilash va suv bilan ta’minlash ishlarini joyning rel`efi, grunt xususiyati va tarkibiga bog‘liq holda olib borishga doir ilmiy natijalaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi amaliyotida buzilgan ekologik muvozanatni yaxshilashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining 2022 yil 7 maydagi 02/18-1456-son ma’lumotnomasi). Natijada Orolbo‘yi mintaqasi (Amudaryo del`tasi) ning buzilgan ekologik muvozanatini yaxshilashga doir kompleks chora-tadbirlarni takomillashtirish imkonini bergan;
to‘qay geotizimlarini suv bilan ta’minlash va Amudaryo del`tasini rayonlashtirishga doir ilmiy natijalaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi amaliyotida geotizimlarini funksional-dinamik holatini yaxshilash va boshqarishni takomillashtirishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining 2022 yil 7 maydagi 02/18-1456-son ma’lumotnomasi). Natijada to‘qaylarni suv bilan ta’minlashni samarali tashkil etish, Orol dengizining qurigan qismidan ko‘tarilayotgan chang va tuzdan hududni himoyalash mexanizmini qayta ishlashda va unga qarshi chora-tadbirlarni takomillashtirishga imkon yaratilgan.