Voqqosov Zuhriddin Komolxon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mahalliy xomashyolar va azotbog‘lovchi mikroorganizmlar asosida organomineral o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T2233.
Ilmiy rahbar: Qanoatov Xayrullo Murodillaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.K/T.66.02.
Rasmiy opponentlar: Sultonov Boxodir Elbekovich, texnika fanlari doktori; Jumanova Miyasar Ortikovna, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: chorvachilik chiqindisi-qoramol go‘ngi, mahalliy agrorudalar (bentonit va fosforit uni), turli xil mineral o‘g‘itlar va atmosferadagi molekulyar azotni bog‘lash xossasiga ega bo‘lgan mikroorganizmlar asosida qishloq xo‘jaligi talablariga mos keluvchi organomineral o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qoramol go‘ngi, bentonit, fosforit uni, turli xil mineral o‘g‘itlarni turli xil nisbatlarda azot bog‘lovchi mikroorganizmlar bilan ta’sirlanish jarayonlari asoslangan;
qoramol go‘ngi, bentonit, fosforit uni, turli xil mineral o‘g‘itlar va azot bog‘lovchi mikroorganizmlar asosida yangi turdagi organomineral o‘g‘itlar olishning maqbul kattaliklari aniqlangan;
azot bog‘lovchi mikroorganizmlar qo‘shilgan holda olingan organomineral o‘g‘itlardagi umumiy azotning miqdori azot bog‘lovchi mikroorganizmlar qo‘shilmaganga qaraganda 3,4-4,8 marta ortishi aniqlangan;
olingan yangi turdagi organomineral o‘g‘itlarda organik moddalarni yo‘qolishi 11,32-13,02% va guminlanish darajasi esa 63,78-66,41% ga teng ekanligi aniqlangan;
fosforit unidan foydalanib olingan organomineral o‘g‘itlarda umumiy fosforning nisbiy o‘zlashuvchan shaklini miqdori 72,8-75,40% ga teng ekanligi, ya’ni 4-5 marta katta bo‘lishi isbotlangan;
mahalliy xomashyolar va azotbog‘lovchi mikroorganizmlar asosida olingan yangi turdagi organomineral o‘g‘itlar ijobiy fizik-kimyoviy va tovar xossalarga ega ekanligi asoslangan;
zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usularidan foydalanilib, olingan yangi turdagi organomineral o‘g‘itlarning element va tuz tarkibi aniqlangan;
yangi turdagi organomineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishni iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi asoslangan va samarali texnologik sxemasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Bentonit, fosforit uni, qoramol go‘ngi, turli xil mineral o‘g‘itlar va azot bog‘lovchi mikroorganizmlar asosida yangi turdagi organomineral o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bentonit va azotbog‘lovchi mikroorganizmlar, qoramol go‘ngi asosida yangi usulda organomineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish texnologiyasi “Elektrokimyozavod” QK AJning “2023-2024 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Elektrokimyozavod” QK AJning 2022 yil 7 sentyabrdagi 195-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarkibida barcha ozuqa komponentlari mavjud bo‘lgan va tuproqning meliorativ holatini yaxshilashga xizmat qiladigan samarali organomineral o‘g‘itlar olish imkonini beradi;
bentonit, fosforit uni qoramol go‘ngi va azotbog‘lovchi mikroorganizmlar asosida donador shaklidagi organomineral o‘g‘itlarni olish bo‘yicha moslashuvchan texnologiyasi “Elektrokimyozavod” QK AJning “2023-2024 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Elektrokimyozavod” QK AJning 2022 yil 7 sentyabrdag 195-son ma’lumotnomasi). Natijada, kartoshka va paxta hosildorliklarini mos ravishda 3,5-4,8 s/ga va 1,6-2,5 s/ga oshirish imkonini beradi.