Akbarxodjaeva Feruza Abduganievnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tibbiyot sohasiga oid o‘zlashma terminlarning lingvostatistik tadqiqi (lotin tilidan rus va o‘zbek tillariga o‘zlashgan terminlar misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil1602.
Ilmiy rahbar: Teshabaeva Dilfuza Mo‘minovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti,  DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Djumanova Dil`bar Raximovna, filologiya fanlari doktori, professor; Bakirov Poyon Uralovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi rus va o‘zbek tibbiyot terminlar tizimida lotin tilidan o‘zlashgan terminlarning derivatsion, struktur-semantik, transformatsion aspektlarda lingvostatistik xususiyatlarini ochib berishdan iborat. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tibbiyot sohasi doirasida lotin tilidan o‘zlashgan qatlamning statistik tahlili orqali lotin tilidan o‘zlashgan tibbiyot terminlari rus va o‘zbek tillaridagi mutanosib yuqori ko‘rsatkichini aniqlash orqali lotin tilining tibbiyotda mahsuldor termin elementlarning yasalishi uchun asos til sifatida xizmat qilishi  isbotlangan; 
lotin tilidan o‘zlashgan tibbiyot terminlarining derivatsion hamda struktur xususiyatlari, o‘zlashma qatlami, darajasi va shakllarining ekstralingvistik aloqalar bilan bog‘liqligi hamda universal til hodisasi ekanligi dalillangan;
rus va o‘zbek tillari tibbiyot terminlari lug‘atlari o‘zlashma qatlamida lotin tilidan o‘zlashtirilgan terminlar o‘rta miqdordagi  suffikslar  (ul-,  cul-, ol-,  as,  id,  um, ism, ur-a), maxsuldorligi  yuqori suffikslar io-, prefikslar darajasida  mahsuldorligi yuqori (in-, im-, de-),  mahsuldorligi o‘rta (con- (co-, col-, com-,  cor-), re-, e-, ex-, dis- (di-, dif-), bi-, trans-, ab-, abs-), mahsuldorligi past (inter-, se-, ob- (oc-, of-, op-), per-, prae-, pro-, tri-) prefiksli termin elementlarga ajratish orqali isbotlangan;
 lotin tilidan o‘zlashgan tibbiyot terminlarining semantik transformatsiyasi jarayonida semantik transformatsiyaga uchragan hamda asl ma’nosini yo‘qotgan lotin tili tibbiyot terminlarining guruhini rus va o‘zbek tillarida yangi mazmun va ma’no kasb etgan o‘zlashmalar tashkil etishi o‘zlashma terminlar til qatlamida semantik o‘zgarish, ma’noning torayishi, kengayishi, ma’no ko‘chishi bilan bog‘liq transformatsion hodisalarni ochish orqali dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Rus va o‘zbek tillaridagi tibbiyot sohasi terminlarining shakllanishi, lotin tili asosida o‘zlashma qatlami derivatsion va semantik xususiyatlari tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar hamda amaliy takliflar asosida:
tibbiyot terminlarining murakkab tizimlardan biri sifatida shakllanish manbalari, struktur-semantik tavsifi, terminologik maydoni, lisoniy shakli, definisiyasi va murakkab tuzilishi kabi lingvistik maqomlariga oid xulosalardan  Erasmus+ dasturining ICM, KA-107 - International Credit Mobility between European Union and Uzbekistan HEIs, through staff and student mobility exchange projects between Uzbekistan State University of World Languages and Ruhr University Bochum (Germany) - 2020-1-DE01-KA107-005433- (Evropa Ittifoqi hamda O‘zbekiston Oliy Ta’lim muassasalari o‘rtasida xalqaro tajriba almashinuvi doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Boxumdagi Rur universiteti (Germaniya) o‘rtasidagi kredit safarbarligi) loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2022 yil 12 sentyabrdagi IRD/22-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida yaratilgan o‘quv qo‘llanmalar tibbiyot terminologiyasiga oid yangi ilmiy dalillar bilan boyitilgan;
 lotin  tilidan rus va o‘zbek tiliga o‘zlashgan tibbiyot terminlarining lingvistik xususiyatlari va statistik tahlili natijalaridan O‘zbekiston pedagogika ilmiy tadqiqot institutida 2017-2020 yillar davomida bajarilgan “FZ – 2016 – 098165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili  va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpoq filialining 2022 yil 30 martdagi 78-son ma’lumotnomasi). Natijada rus va o‘zbek tiliga o‘zlashgan  lotin tibbiyot terminlari qorqalpoq  adabiy tiliga kiritish masalalari bo‘yicha tadqiqotda berilgan ilmiy tavsiyalardan  foydalanilgan;
o‘zlashma tibbiyot terminlarida semantik transformatsiya usullari hamda o‘zlashma terminlar til qatlamida semantik o‘zgarish, ma’noning torayishi, kengayishi, ma’no ko‘chishi bilan bog‘liq hodisalarga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Tojik madaniyati markazida bajarilgan 69-05/34-raqamli “Millatlararo totuvlik barqarorlik omili va xalqaro tinchlik garovi, bugungi jamiyatimizning ichki va tashqi siyosatining asosi” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tojik madaniyati markazining 2022 yil 28 oktyabrdagi 7-son ma`lumotnomasi). Natijada tibbiyot sohasiga oid terminlar taraqqiyotida lotin tilining muhimligi respublikamiz tibbiyot oliy ta’lim muassasalari ta’lim jarayoniga oid ma’lumotlar bilan boyigan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish