Dalieva Madina Xabibullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turli tizimli tillarda lingvistik terminlarning polisemiyasi (ingliz, o‘zbek va rus tillari materialida”, 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (ingliz tili) (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2545.
Ilmiy rahbar: Bakieva Gulandom Xisamovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Raximov G‘anisher Xudoyqulovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Djumabaeva Jamilya Sharipovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Jaxon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ingliz, o‘zbek va rus tillarida lingvistik terminlar polisemiyasi shakllanish tamoyillarining o‘xshash va farqli jihatlarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz, o‘zbek va rus tillarida lingvistik terminlar polisemiyasi yuzaga kelishiga ta’sir ko‘rsatuvchi ichki lingvistik va ekstralingvistik omillarning kontekst modifikatsiya va semantikasining kengayishi hisobiga yuzaga kelishi dalillangan;
lingvistik terminlarning funksional-semantik belgilari va ularda polisemantik xususiyatlarning rivojlanishi terminning birlamchi ma’nosi bo‘lgan leksik-semantik xususiyati modifikatsiyasining ma’no turlari, kontekstual mavjud bo‘lishi, kategorial belgilari va sohaviy taalluqliligiga ko‘ra izomorf va allomorf xususiyatlari asosida aniqlangan;
ingliz, o‘zbek va rus tillarida lingvistik terminlar polisemantlarining kategorial-tasnifiy belgilarini aniqlash mezonlari ularning mantiqiy-semantik doiralari va kommunikativ-funksional xususiyatlarini aniqlash orqali ishlab chiqilgan;
chog‘ishtirilayotgan tillarda polisemantik lingvistik termin belgilarining umumiy qo‘llanilish tamoyillari ularning nominativ va semantik kengayishi jarayoniga kompleks yondashuv asosida aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Taqqoslanayotgan tillardagi lingvistik terminlar polisemiyasini tadqiq qilishda olingan ilmiy natijalar va amaliy tavsiyalar asosida:
ingliz, o‘zbek va rus tillarida lingvistik terminlar polisemiyasi yuzaga kelishiga ta’sir ko‘rsatuvchi ichki lingvistik va ekstralingvistik omillariga oid xulosalardan Samarqand davlat chet tillari institutining I-204-4-5-raqamli “Ingliz tilining ixtisoslashtirilgan fanlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida virtual resurslarni yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillari institutining 2022 yil 17 iyundagi 1784/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha bo‘yicha tayyorlangan virtual resurslar kontentini boyitishga xizmat qilgan;
lingvistik terminlarning funksional-semantik belgilari va ularda polisemantik xususiyatlarning rivojlanishiga oid xulosalardan Samarqand davlat chet tillari institutida bajarilgan Evropa Ittifoqi ERASMUS+ 561624-EPP-1-2015-UK-EPPK2-CBHE-SPERASMUS + CBHT IMEP: “O‘zbekistonning oliy maktablarida ta’lim jarayonlarini baynalminallashtirish va modernizatsiya qilish” mavzusidagi innovatsion xalqaro loyiha doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillari institutining 2022 yil 17 iyundagi 1784/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha bo‘yicha tayyorlangan darslik va elektron resurslarning mazmunini boyitishga xizmat qilgan;
ingliz, o‘zbek va rus tillarida lingvistik terminlar polisemantlarining kategorial-tasnifiy belgilarini aniqlash mezonlari hamda ularning mantiqiy-semantik chegaralari va kommunikativ-funksional xususiyatlariga oid xulosalardan Samarqand davlat chet tillari institutining Evropa Ittifoqi TEMPUS 2014-2016 yillardagi Tempus Project 544161 – TEMPUS-1-2013-1-UK-TEMPUS-JPSRAston University DeTEL “Developing the Teaching of European Languages: Modernizing Language Teaching through the developmtnt of blended Masters Programmes” amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillari institutining 2022 yil 17 iyundagi 1784/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada innovatsion texnologiyalar yordamida talabalarning ingliz tilidagi ilmiy nutqini rivojlantirishga qaratilgan bilim va ko‘nikmalari takomillashtirilgan;
chog‘ishtirilayotgan tillarda polisemantik lingvistik termin belgilarining umumiy qo‘llanilish tamoyillari ularning nominativ va semantik tuzilishining kengayishi jarayoniga oid natijalaridan Chet tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligining “Respublika bo‘yicha onlayn va offlayn formatda masofali ta’limning axborot-uslubiy ta’minoti platformasini yaratish” amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Chet tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligining 2022 yil 17 iyundagi A-01-396-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ish elektron resurslar mazmunini boyitish imkonini bergan.