Yalg‘ashev Xurshid Abdug‘anievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tuning yangi navlarini ko‘paytirish samaradorligini ipak qurtining biologik hamda xo‘jalik belgilari asosida baholash”, 06.02.04 – Ipakchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Qx880.
Ilmiy rahbar: Umarov Shavkat Ramazonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar yniversiteti, PhD.05/30.12.2019.Qx.13.02.
Rasmiy opponentlar: Ismatullaeva Dilorom Adilovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Raxmanberdiev Vaxabdjan Karimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tutning yangi navlarini vegetativ usulda ko‘paytirish samaradorligini tut ipak qurtini biologik, pilla mahsuldorlik belgilari hamda texnologik xususiyatlari asosida baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor tutning yangi navlarini vegetativ kurtak payvand usulida ko‘paytirishda havo haroratini +26-29 oS va nisbiy namlikni 45-47 % ko‘karuvchanlik darajasini 81,3-89,3 % gacha bargining sof og‘irligini 7,4-7,5 g gacha etkazish imkoniyatlari aniqlangan;
al`ternativ belgi va xususiyatlari bo‘yicha bir-biridan farq qiluvchi 4 xil tut navlarida oqsil (14,0-18,4 %), azot (2,46-2,95 %) miqdori va qurtlar hayotchanligi hamda pilla vazni o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan;
to‘yimliligi va kimyoviy tarkibi yuqori bo‘lgan Marxamat-2017 tut navidan foydalanib ipak qurtining Liniya-27 seleksion tizimi kapalaklari tuxum mahsuldorligini 562 donagacha oshirishga erishilgan, ushbu tut navi bargi ta’sirida duragay ipak qurtlari hayotchanligini 88,0 % gacha oshirish hamda kasallanish darajasini 2,2 % ga pasaytirish mumkinligi isbotlangan;
tutni turli genotipga ega navlarining bargi ipak qurti naslli materiali embrional hayotchanligini 97,0 % ga, postembrional hayotchanligini 93,0 % ga oshirishi ilmiy jihatdan asoslangan;
yuqori pilla va ipak mahsuldorlikka ega zot, tizimlarni o‘z potensialini to‘liq namoyon etishi hamda naslchilik ishlari samarasini oshirish uchun xo‘jalik qimmatli belgilari yuqori bo‘lgan Marxamat-2017 va Mustaqillik-2018 tut navlaridan foydalanish ijobiy natijalar ko‘rsatishi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tutning yangi navlarini ko‘paytirish samaradorligini ipak qurtining biologik hamda xo‘jalik belgilariga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
«Respublikamiz fermer xo‘jaliklarida payvandlash usullari orqali navdor tut ko‘chatlari etishtirish agrotexnologiyasi» bo‘yicha tavsiyanoma ishlab chiqilgan, ushbu payvandlash usullari Andijon viloyati Marxamat tumani «Ipak» fermer xo‘jaligida 0,30 gektar maydonda joriy etilgan («O‘zbekiston Respublikasi ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish» qo‘mitasining 2022 yil 29 iyul`dagi 3-2/592-son ma’lumotnomasi). Natijada yangi tut navidan mavjud standart navlarga nisbatan 2650 kg ko‘p barg hosili etishtirilib, iqtisodiy samaradorlik 420,9 ming so‘mni, sof foyda 399,9 ming so‘mni hamda rentabellik darajasi 25,5 % ni tashkil etgan;
xo‘jalik qimmatli belgilari yuqori Jarariq-12 navi Samarqand viloyati «Shaxnoza, Komila, Azizjon» tut urug‘i va ko‘chatchiligiga ixtisoslashgan fermer xo‘jaligida 0,20 ga maydonda joriy etilgan («O‘zbekiston Respublikasi ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish» qo‘mitasining 2022 yil 29 iyul`dagi 3-2/592-son ma’lumotnomasi). Natijada parvarishlangan 4 quti Jingsong x Haoyue duragayining har bir qutisidan 10,6 kg qo‘shimcha pilla hosili olingan. Jami olingan iqtisodiy foyda 5216,3 ming so‘mni, sof foyda 4955,5 ming so‘mni tashkil etgan. Tajriba variantida rentabellik darajasi 33,3 foizga ko‘tarilgan;
yangi yaratilgan serhosil Mustaqillik-2018 navi Xorazm viloyati «Balxi tut» fermer xo‘jaligida 0,10 ga maydonda joriy etilgan («O‘zbekiston Respublikasi ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish» qo‘mitasining 2022 yil 29 iyul`dagi 3-2/592-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur navdan olingan iqtisodiy foyda 138,6 ming so‘mni, sof foyda 131,7 ming so‘mni va rentabellik darajasi 28,2 % ni tashkil etgan.