Shayusupov Bobir Baxodirovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Go‘shtdor-serjun qo‘ylar mahsuldorlik xususiyatlarining urchitish muddatlariga bog‘liqligi”, 06.02.03-Xususiy zootexniya. Choravachilik mahsulotlarini ishlab iqarish texnologiyasi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Qx827.
Ilmiy rahbar: Ro‘ziboev Nuraddin Rahimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar yniversiteti, PhD.05/30.12.2019.Qx.13.02.
Rasmiy opponentlar: Soatov O‘tkir Rajabovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Qilichev Zafar Safarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Ipakchilik ilmiy tadqiqot inistituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi respublikamizning tog‘ va tog‘oldi xududlarida go‘shtdor–serjun qo‘ylarning mahsuldorligiga urchitish muddatlarining ta’sirini aniqlash asosida qo‘ylarning go‘sht va jun mahsuldorliuini oshirish tadqiqotning maqsadi hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor erta urchitilgan sovliqlarning tirik vazni pushtdorlik (otalanish darajasi, serpushtligi, qochirish indeksi) xususiyatlari va yil fasllari bo‘yicha klinik (tana harorati, nafas olishi, yurak urishi) ko‘rsatkichlari mahalliy iqlim sharoitlariga moslashuvchanligi aniqlangan;
ilk bor erta tug‘ilgan qo‘chqorchalarning turli oziqlantirish (qo‘yxonada, qo‘shimcha oziqlantirilib yaylovda va yil davomida yaylovda) sharoitlarida 12 oylik yoshidagi tirik vazni bahorda tug‘ilgan tengqurlarnikidan 11,64 kg; 6,02 kg va 5,15 kg ga yuqori bo‘lishi isbotlangan; 
ilk bor qishda tug‘ilgan qo‘zilarning 18 oylik yoshidagi tirik vazni bahorda tug‘ilgan tengqurlarnikiga nisbatan qo‘chqorlari 13,2% va urg‘ochilari 13,7% yuqori bo‘lishi isbotlangan;
ozuqani mahsulot bilan qoplash xususiyatlari qishda tug‘ilgan qo‘zilarda, bahorda tug‘ilgan qo‘zilarga nisbatan 1 bosh hisobiga olingan qo‘shimcha vazni 8,04 kg yoki 20,2%, kunlik o‘sishi 33 gramm yoki 19,8% ga yuqoriligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Go‘shtdor-serjun qo‘ylarning xo‘jalik foydali belgilarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
naslchilik fermer xo‘jaliklarida go‘sht mahsuldorligini oshirish bo‘yicha “Jaydari zotli qo‘ylarning sermahsul tipini yaratish hamda go‘shtdor-jundor qo‘ylarning genofondini saqlash va ko‘paytirish bo‘yicha tavsiyanoma” ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Oxangaron tumani «Xolto‘raev Oybek XM» naslchilik fermer xo‘jaligida qishda qo‘zilatishdan olingan 124 bosh qo‘chqorchalarda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va Chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 21 iyundagi 02/23-256-son ma’lumotnomasi). Natijada 1 bosh qo‘chqorchadan nazorat guruhidagi qo‘chqorchaga nisbatan o‘rtacha 11,64 kg qo‘shimcha vazn olingan. 1 bosh qo‘chqorchani bo‘rdoqilashdan olingan o‘rtacha daromad 1973000 so‘m, 1 bosh qo‘chqorchaga sarf etilgan xarajatlar 1112030 so‘mni tashkil etgan, foyda 860970 so‘m (shundan 5% yagona soliq uchun), sof foyda esa 817921,5 so‘mni va rentabellik darajasi 41,5 foizni tashkil etgan; 
    fermer xo‘jaliklarida turli muddatlarda urug‘lantirilgan sovliqlarning serpushtligini oshirishning yangi usuli Toshkent viloyati”Oxangaron Abdullaev Abdurauf” genofond fermer xo‘jaligida 100 bosh sovliqlarda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining2022 yil 21 iyundagi 02/23-256-son ma’lumotnomasi). Natijada 100 bosh sovliqdan122 bosh qo‘zi olindi, 1 bosh sovliqning serpushtligi 1,22 ga teng bo‘ldi. 1 bosh tug‘ilgan qo‘zining tannarx bahosi 157500 so‘mni, olingan daromad 192150 so‘mni tashkil etdi, foyda 34650 so‘m, (shundan, 5% yagona soliq uchun) sof foyda esa 32917,5 so‘mni va rentabellik darajasi 17,1 foizni tashkil etgan; 
go‘shtdor-serjun zot guruxidagi qo‘ylarning serjunligini baholash usuli Toshkent viloyati Oxangaron tumanidagi “Qizil Bour” naslchilik fermer xo‘jaligida 120 bosh sovliqlarda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 21 iyundagi 02/23-256-son ma’lumotnomasi). Natijada bir bosh sovliqdan qirqib olingan jun miqdori 3,8 kilogrammni tashkil etib, qirqib olingan jundan daromad 57000 so‘mni tashkil etdi,1 bosh sovliqqa jun uchun sarf qilingan xarajat 34400 so‘mni, 1 bosh sovliqdan olingan o‘rtacha foyda 22600 so‘m, (shundan, 5% ijtimoiy soliq) sof foyda 21470 so‘mni va rentabellik darajasi 37,6 foizni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish