Raxmonkulova Oksana Alikulovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy soha islohotlarida xotin-qizlarning o‘rni (janubiy viloyatlar misolida, 1991–2020 yy.), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Tar635.
Ilmiy rahbar: Ergasheva Yulduz Alimovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05. 
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov To‘lqin Dustboboevich, tarix fanlari doktori, dotsent; Shamsieva Mahfuzaxon Xo‘ja qizi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda 1991–2020 yillarda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarda xotin-qizlarning o‘rnini janubiy viloyatlar misolida aniqlash va u bilan bog‘liq tarixiy jarayonlarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
O‘zbekistonda xotin-qizlarning ijtimoiy va iqtisodiy muammolarini hal qilish, ularning jamiyatdagi faol ishtirokini ta’minlash, oiladagi mavqeini ko‘tarish uchun zarur huquqiy va ijtimoiy kafolatlarning yaratilganligiga qaramay, janubiy viloyatlarda etarlicha targ‘ib etilmaganligi va hududlarda ayollarning maishiy turmush tarzini inobatga olib oilada va mahalliy davlat idoralarida xotin-qizlarga nisbatan ishonchsizlik, hududlardagi tuman va qishloqlarning tarqoqligi, masofaning uzoqligi, maktabgacha ta’lim muassasalarining etarli emasligi, xotin-qizlarni qulay ish joylar bilan ta’minlashdagi qiyinchiliklar kabi o‘ziga xos muammolari mavjud bo‘lganligi asoslangan;  
xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatiga to‘siq bo‘lib kelgan sabablar (infratuzilmalarning etarli darajada rivojlanmaganligi, banklar tomonidan kreditlar ajratishda xotin-qizlarga ishonchsizlik, ayollarning iqtisodiy bilimlarining pastligi) va ayollar siyosiy faolligini ta’minlashdagi muammolar (ayollarning rahbarlik lavozimiga va siyosiy liderlikka intilish sustligi, siyosiy va huquqiy bilimlarning etarli emasligi) Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari misolida aniqlangan;
iqtisodiy islohotlarda tadbirkor xotin-qizlar salmog‘ining o‘sib borish dinamikasi janubiy viloyatlar misolida shakllantirilib, natijada ularning turmush tarzidagi ijobiy o‘zgarishlar, ayollarning bandligini ta’minlashga xizmat qilganligi bilan birga oila byudjetini boyitishda xizmatlari hamda kasanachilikda xalq amaliy bezak san’atining rivojlanishida Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati ayollarining o‘ziga xos xususiyatlari, imkoniyatlari (o‘troq dehqonchilik bilan mashg‘ul aholi ayollari uchun kashtachilik, tikuvchilik, qandolatchilik, chorvador aholi ayollari uchun gilamdo‘zlik, to‘qimachilik) va muammolari (hududning demografik xususiyatlari inobatga olinmaganligi, aksariyat qobiliyatli hunarmand ayollarning faoliyati uchun iqtisodiy imkoniyatlar yaratilmaganligi), hunarmand xotin-qizlarning hududlar kesimida sifat va son jihatdan salmog‘i oshganligi isbotlangan;
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari xotin-qizlarining ilm-fan va ta’limni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi oxirgi besh yil ichida ikki barobarga o‘sganligi, xotin-qizlarga e’tiborning kuchayishi, ularni qo‘llab-quvvatlovchi “Olima ayollar” uyushmalarining faoliyati jonlanishi kabi omillar ta’sir ko‘rsatganligi va hududlarning ilmiy salohiyatini ko‘tarishda, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarida xotin-qizlarning muhim ahamiyat kasb etganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy soha islohotlarida xotin-qizlarning o‘rniga doir olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflardan: 
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari xotin-qizlarining ilm-fan va ta’limni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi, ma’naviy ma’rifiy targ‘ibot ishlarda xotin-qizlarning o‘rni haqidagi natijalar, iqtisodiy islohotlarda tadbirkor xotin-qizlar salmog‘ining o‘sib borish dinamikasi janubiy viloyatlar misolida shakllantirilib, natijada ularning turmush tarzidagi ijobiy o‘zgarishlar, oila byudjetini boyitishdagi xizmatlari hamda kasanachilik va xalq amaliy bezak san’atining rivojlanishida xotin-qizlarning o‘rni, imkoniyatlari va muammolari haqidagi natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida 2021 yil aprelda efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat unitar korxonasining 2021 yil 9 apreldagi 08-40-535-son ma’lumotnomasi). Natijada taqdim etilgan materiallar O‘zbekistonda xotin-qizlar faoliyati to‘g‘risida yangi ilmiy ma’lumotlarni teletomoshabinlarga haqiqiy va xolisona yetkazishga xizmat qilgan; 
janubiy viloyatlarda xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini boshlashda to‘siq bo‘lib kelgan sabablar va ayollar siyosiy faolligini ta’minlashdagi muammolar Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari xotin-qizlari va ular orasida o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovlar natijalari tahlili asosida aniqlanganligi, shuningdek, hukumat tomonidan olib borilgan iqtisodiy islohotlarda oxirgi o‘n yil ichida tadbirkor xotin-qizlar salmog‘ining o‘sib borishi natijasida ularning turmush tarzidagi ijobiy o‘zgarishlar, ayollarning bandligini ta’minlash tadbirlari xususidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi sobiq Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi targ‘ibotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2021 yil 15 dekabrdagi 02-02/3078-son dalolatnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi yoshlarga Yangi O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohadagi islohotlarda xotin-qizlarning o‘rnini asoslab berish bilan birga ularning rolini yanada kuchaytirishga qaratilgan samarali yondashuvlarni ishlab chiqishga xizmat qildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish