Popov Dmitriy Vladimirovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Olamning lisoniy manzarasiga chet tillarning ta’siri: kognitiv, pragmativ, kommunikativ jihatlar”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.DSc/Fil339.
Ilmiy maslahatchi: Shaxabitdinova Shohida Hoshimovna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.60.02 (bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Muxiddinov Anvar Gafurovich, filologiya fanlari doktori (DSc); Yokubov Jamaliddin Abduvalievich, professor filologiya fanlari doktori, professor; Nigmatova Lola Xamidovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi chet tillarning olam lisoniy manzarasining shakllantirishiga ta’sirini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rus va o‘zbek tillari misolida til tashuvchisining so‘zlovchining borliq, jamiyat, shaxsga munosabatini ifodasini anglash, baholash, taqdim etish kabi kognitiv-ruhiy xususiyatlari aniqlangan;
olam lisoniy manzarasining kognitiv kategoriyani olamning milliy qiyofasi, milliy-ruhiy jihatlari asosida dunyoni idrok etish va anglash jarayoni sifatida ko‘rsatuvchi pragmatik va psixolingvistik interpretatsiyasi ochib berilgan;
lisoniy shaxsning lisoniy ongidagi olamning lisoniy manzarasida namoyon bo‘ladigan, til o‘zgarishlariga olib keladigan til kontakti hamda madaniyatlararo muloqot sharoitidagi lingvokognitiv jarayonlar asoslangan;
rus va o‘zbek tillarida so‘zlashuvchilar ongida olamning lisoniy manzarasini aks ettiruvchi matnlarda shaxsning tafakkur tarzi va lisoniy muhit o‘rtasidagi sotsiomadaniy munosabat ochib berilgan;
shaxsning ikki tilda yoki undan ko‘p tillarda aloqaga kirishishi madaniyatlararo muloqotni osonlashtirishdan tashqari, kognitiv qobiliyatga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishi, shaxs ikkinchi tilda aloqa o‘rnatganda o‘z ona tili qonuniyatlariga tayanishi, ikkinchi til inson kognitiv-kommunikativ faoliyatiga uzatiladigan va qabul qilinadigan axborot, bilim sifatini oshirish, muloqot jarayonida tushunarlilik tamoyilini ta’minlash, his-tuyg‘ularni nazorat qilish kabi usullar bilan ta’sir qilishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Olamning lisoniy manzarasiga chet tillarning ta’sirini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
olam lisoniy manzarasining ushbu kognitiv kategoriyani olamning milliy qiyofasi, milliy-ruhiy jihatlari asosida dunyoni idrok etish va anglash jarayoni sifatida ko‘rsatuvchi pragmatik va psixolingvistik interpretatsiyasi bilan bog‘liq ilmiy xulosa va natijalardan “70111701 – O‘zga tilli guruhlarda rus tili” magistratura mutaxassisligi uchun “O‘zga madaniy muhitda rus tili” fani mazmunini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2022 yil 14 iyundagi 02/01-01-14-son ma’lumotnomasi). Natijada universitetning o‘quv jarayoniga joriy qilingan tadqiqot natijalari ta’lim uzluksizligi g‘oyasini amalga oshirishga xizmat qilgan, shuningdek, nazariy tilshunoslik sohasida ilmiy izlanish olib borish uchun zamin yaratgan;
lisoniy shaxsning lisoniy ongidagi olamning lisoniy manzarasida namoyon bo‘ladigan, til o‘zgarishlariga olib keladigan kognitiv jarayonlar bo‘yicha olingan ilmiy xulosalardan Moskva viloyat “Gumanitar-texnologiya davlat universiteti” (Rossiya) tomonidan 2021 yil 14 sentyabrda o‘tkazilgan “Pandemiya sharoitida chet tilini o‘rganish va o‘rgatish” mavzusidagi xalqaro loyihani ishlab chiqishda foydalanilgan (Gumanitar-texnologiya davlat universitetining 2021 yil 19 noyabrdagi 4055-son ma’lumotnomasi). Natijada bir qancha ilmiy ma’ruzalarni tayyorlashda muhim manba bo‘lib xizmat qilib ikki tillilikning til o‘zaro aloqasidagi o‘ziga xosliklarini ochib berishga va seminarning ilmiy bazasini boyitishga imkon bergan; 
olam lisoniy manzarasini shakllantirish va rivojlantirishga muayyan omillarning ta’sirini o‘rganish bilan bog‘liq ilmiy xulosalar va natijalardan Rossiya Federatsiyasi ta’lim vazirligining “Rossiya Federatsiyasida va xorijda rus tilida ochiq ta’lim va rus tilini o‘qitish markazlarini rivojlantirish, shu jumladan ilg‘or tajribalarni tarqatish uchun stajirovka maydonchalarini shakllantirish” mavzusidagi granti doirasidagi “Rus tili kecha, bugun, ertaga” loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Rossiya Federatsiyasi ta’lim vazirligining 2021 yil 21 dekabrdagi 
204-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida til o‘rganishning falsafiy jihati sohasidagi lisoniy tadqiqotlarning ilmiy-nazariy yondashuvlari, xususan, olam lisoniy manzarasining xususiyatlarini aniqlash, olam lisoniy manzarasini shakllantirish va rivojlantirishga muayyan omillarning ta’siri, olam va inson o‘rtasidagi munosabatlarda til va lisoniy shaxs haqidagi g‘oyalarning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berish masalalari asoslab berilgan;
rus va o‘zbek tillarida so‘zlashuvchilar ongida olamning lisoniy manzarasini aks ettiruvchi matnlarda shaxsning tafakkur tarzi va lisoniy muhit o‘rtasidagi sotsiomadaniy munosabat xususidagi ilmiy xulosalardan “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan ilmiy-ommabop “Til ziynati”, “Munosabat”, “Ta’lim va taraqqiyot” teleko‘rsatuvlarining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Andijon viloyati teleradiokompaniyasining 2022 yil 26 yanvardagi 01-24/19-son ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuvlarning ilmiy dalillariga boy bo‘lishini ta’minlagan, tayyorlangan materiallar yangi qarashlar asosida mazmunan boyitilgan, hamda muxlislarning mavzu haqida yangi ma’lumotlarga ega bo‘lishlariga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish