Yusufaliev Elyorjon Mashrabovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ta’lim va tarbiyaga oid pedagogik terminlarning lingvistik tadqiqi (Nemis va o‘zbek tillari materialida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fil1882.
Ilmiy rahbar: Umarxodjaev Muxtar Ishonxujaevich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.60.02.
Rasmiy opponentlar: Yokubov Jamaliddin Abduvalievich, filologiya fanlari doktori, professor; Kaxarova Mavlyuda Mukaramovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nemis va o‘zbek tillaridagi ta’lim va tarbiyaga oid terminlarning funksional-semantik, pragmalingvistik, konseptual-semantik va lingvokul`turologik jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’lim-tarbiyaga oid pedagogik terminlar ongning o‘ziga xos kognitiv makrostrukturasini tashkil etib, o‘z semantikasida madaniyatning bir qismini aks ettiruvchi lingvokul`turema sifatida hamda axborot saqlovchi, uzatuvchi va qayta ishlovchi kognitiv mexanizm sifatida namoyon bo‘lishi aniqlangan;
nemis tilidagi “Bildung” hamda “Erziehung” konseptlarining tarkibida o‘zbek tilidagi “ta’lim” va “tarbiya” konseptlaridan farqli ravishda “Reisen”(sayohat) ham yuqori o‘ringa ega ekanligi dalillangan;
nemis va o‘zbek tillaridagi leksemalar orasida “ta’lim va tarbiya” tushunchalarining assotsiativ va semantik munosabatlari muhim o‘rin tutib, ularning pedagogik terminlar tizimida sistemaviy izomorf hamda strukturaviy allomorf xususiyatlari aniqlangan;
nemis va o‘zbek tillaridagi “Bildung”, “Erziehung” va “ta’lim”, “tarbiya” terminlar mazmunida qator universaliyalar “ta’lim”, “shaxsiy rivojlanish”, “status ko‘rsatkichi”, “o‘rganish”, “bilimlarni o‘zlashtirish”, “shaxsiy qobiliyat”, ijtimoiy ko‘nikmalar; axloqiy tarbiya, or-nomus, mehr-muhabbat, iymon-insof, diyonat kabi ahamiyatli semantik turlar mavjudligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ta’lim va tarbiyaga oid pedagogik terminlarning lingvistik tadqiqini (nemis va o‘zbek tillari materiali asosida) o‘rganish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
ta’lim-tarbiyaga oid pedagogik terminlar ongning o‘ziga xos kognitiv makrostrukturasini tashkil etib, o‘z semantikasida madaniyatning bir qismini aks ettiruvchi lingvokul`turema sifatida hamda axborot saqlovchi, uzatuvchi va qayta ishlovchi kognitiv mexanizm sifatida namoyon bo‘lishiga oid ilmiy xulosalardan Qo‘qon davlat pedagogika institutida bajarilgan S-ECAGD-18-CA-0067 (PO20002335) raqamli “FY 2018 English Access Microscholarship Program” nomli Amerika Qo‘shma Shtatlari ta’lim va madaniy ishlar byurosi bilan hamkorlikdagi amaliy loyihasida foydalanilgan (Qo‘qon davlat pedagogika institutining 2022 yil 13 maydagi IRD/21185-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ilmiy jihatdan boyitildi, xususan, ushbu loyihaning ta’lim va tarbiyaga oid pedagogik terminlarning pedagogik, lingvistik, lingvokul`turologik va terminologiyaga doir nazariy asoslari takomillashtirilgan;
nemis tilidagi “Bildung” hamda “Erziehung” konseptlarining tarkibida o‘zbek tilidagi “ta’lim” va “tarbiya” konseptlaridan farqli ravishda “Reisen”(sayohat) ham yuqori o‘ringa ega ekaligi xususidagi xulosalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston” teleradiokanali DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” radioeshittirishlarida (2021-2022 yillar) tadqiqotga tortilgan mavzu yuzasidan suhbat va dasturlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2022 yil 10 avgustdagi 04-36-1289-son ma’lumotnomasi). Natijada radioeshittirishlar ssenariysi nemis va o‘zbek tillarida “Bildung”, “Erziehung”, “Ta’lim”, “Tarbiya” terminlar mazmunida “ta’lim”, shaxsiy rivojlanish, status ko‘rsatkich, o‘rganish, bilimlarni o‘zlashtirish, shaxsiy qobiliyat, ijtimoiy ko‘nikmalar; axloqiy “tarbiya, or-nomus, mehr-muhabbat, iymon-insof, diyonat” kabi qator sifatlar ahamiyatli semantik guruhlar tashkil etishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan mazmunan boyitilgan;
nemis va o‘zbek tillaridagi “Bildung”, “Erziehung” va “ta’lim”, “tarbiya” terminlar mazmunida qator universaliyalar: “ta’lim”, “shaxsiy rivojlanish”, “status ko‘rsatkichi”, “o‘rganish”, “bilimlarni o‘zlashtirish”, “shaxsiy qobiliyat”, ijtimoiy ko‘nikmalar; axloqiy tarbiya, or-nomus, mehr-muhabbat, iymon-insof, diyonat kabi ahamiyatli semantik guruhlar va ularning tarkibiy materiallaridan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan I-OT-2019-42 raqamli “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (Inson qiyofasi, fe’l-atvori tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish” nomli amaliy loyihasida foydalanilgan (A.Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 9 avgustdagi 04/1-2468-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu terminlar zamonaviy o‘zbek tilshunoslik terminologiyasi taraqqiyotini ko‘rsatuvchi omil sifatida qayd etilgan va ular ishtirokidagi jumlalar illyustrativ misol tarzida ko‘rsatilgan.