Shukurov Baxtiyor Suvonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Talabalarda internet tobeligini keltirib chiqaruvchi psixologik omillar va uni bartaraf etish yo‘llari», 19.00.06–Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/P104.
Ilmiy rahbar: Rasulov Abdimo‘min Ibragimovich, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Kamilova Nodira Gayratovna, psixologiya fanlari doktori, dotsent; Melibaeva Roza Nosirovna, psixologiya  fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarda internet tobeligini keltirib chiqaruvchi psixologik omillarni aniqlash hamda uni bartaraf etish yo‘llarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda internet tobeligini keltirib chiqaruvchi o‘quv faoliyatidagi ijtimoiy omillar (murosasizlik, muloqotdagi nokompetentlik) ta’sirida veb-syorfingga agressiv moyillikning autodestruktiv kuchayishi asoslanib, addiktiv xulq namoyon bo‘lishining differensial farqlari dalillangan;
virtual muloqotning shaxs psixologiyasiga ta’siri natijasida emotsional beqarorlikning frustratsion tolerantlik va vaqtni, fazoni idrok qilish ko‘nikmasining past darajada namoyon bo‘lishi asosida kuchayishiga ko‘ra, talabalar auditoriyasida internetga qaramlikning dinamik tarzda ortishi asoslangan;
ma’lumotlarga saralab, tanqidiy munosabat qilish ta’sirida internetga moyillikning past darajada bo‘lishiga muvofiq, «Men»ga nisbatan ichki lokus nazorat, tafakkur sifatlarini rivojlanishi internetga haddan ortiq destruktiv ishtiyoqni pasaytirganligi sababli, talabalarda virtual olamdan unumli foydalanish ko‘nikmasini shakllanganligi dalillangan;
talabalarda axborot oqimiga qarshi kiberimmunitetni shakllantirish uchun psixokorreksion dasturlarga shaxsning o‘z-o‘zini rivojlantirish, vaqtni ratsional taqsimlash, konstruktiv baho, tafakkur xususiyatlarini ichki lokus nazoratni kuchaytirishga asoslanib, «ratsional ustanovkalar», «ustuvor qadriyatlar» komponentlarini biriktirish samarali ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda internet tobeligini keltirib chiqaruvchi psixologik omillar va uni bartaraf etish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
talabalarda internet tobeligini keltirib chiqaruvchi o‘quv faoliyatidagi ijtimoiy omillar (murosasizlik, muloqotdagi nokompetentlik) ta’sirida veb-syorfingga agressiv moyillikning autodestruktiv kuchayishi asoslanib, addiktiv xulq namoyon bo‘lishining differensial farqlarini dalillashga doir natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 19 apreldagi PM-24-a-son buyrug‘i bilan «Umumiy psixodiagnostika» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 14 apreldagi 4-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida talabalarda internet tobeligiga bog‘lanib qolishdan saqlanishga nisbatan malaka-ko‘nikmalarni shakllantirishga erishilgan;
virtual muloqotning shaxs psixologiyasiga ta’siri natijasida emotsional beqarorlikning frustratsion tolerantlik va vaqtni, fazoni idrok qilish ko‘nikmasining past darajada namoyon bo‘lishi asosida kuchayishiga ko‘ra, talabalar auditoriyasida internetga qaramlikning dinamik tarzda ortishi asoslanganligiga oid natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 19 apreldagi PM-24-a-son buyrug‘i bilan «Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi»  moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 14 apreldagi 4-son ma’lumotnomasi). Bu esa, oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari faoliyatining uslubiy metodik ta’minotini boyitishga xizmat qilgan;
ma’lumotlarga saralab, tanqidiy munosabat qilish ta’sirida internetga moyillikning past darajada bo‘lishiga muvofiq, «Men»ga nisbatan ichki lokus nazorat, tafakkur sifatlarini rivojlanishi internetga haddan ortiq destruktiv ishtiyoqni pasaytirganligi sababli, talabalarda virtual olamdan unumli foydalanish ko‘nikmasini shakllanganligining dalillanganligiga doir natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 19 apreldagi PM-24-a-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologik trening» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 14 apreldagi 4-son ma’lumotnomasi). Bu esa, internet tobeligini aniqlashga mo‘ljallangan metodikalarning ilmiy-amaliy ta’minotini oshirishga xizmat qilgan.
talabalarda axborot oqimiga qarshi kiberimmunitetni shakllantirish uchun psixokorreksion dasturlarga shaxsning o‘z-o‘zini rivojlantirish, vaqtni ratsional taqsimlash, konstruktiv baho, tafakkur xususiyatlarini ichki lokus nazoratni kuchaytirishga asoslanib, «ratsional ustanovkalar», «ustuvor qadriyatlar» komponentlarini biriktirish samarali ekanligi asoslanganligiga doir natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 19 apreldagi PM-24-a-son buyrug‘i bilan «Konsul`tativ psixologiya va psixokorreksiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 14 apreldagi PM-4-son ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilar, amaliyotchi psixologlar faoliyatida talaba yoshlarda vaqtni to‘g‘ri idrok etish, internetning ijobiy sifatlarini ko‘ra olmaslik, internetga butunlay qaram bo‘lish, ortiqcha ishtiyoqlarning mavjudligi kabi salbiy sifatlarni me’yorlashtirishga xizmat qiladigan psixogimnastik va psixokorreksion mashg‘ulotlar  bazasi boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish