Berdieva Gulmira Jo‘raevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):  
«Talabalarda nizoli xulq-atvorni bartaraf etishning psixodiagnostikasi va psixokorreksiyasi», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/P241. 
Ilmiy rahbar: Beknazarova Lola Sadinova, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, dotsent; Ismoilova Nurjahon Zuxuriddinovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot:Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi talabalarda nizoli xulq-atvorni aniqlash hamda bartaraf etishning psixodiagnostikasi va psixokorreksiyasini bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalar guruhida nizoli xulq-atvorni namoyon bo‘lish darajalariga muvofiq, agressivlik, destruktiv tanqidiylik xususiyatlarini boshqalarni emotsional qabul qilmaslik negizida kuchayishi kommunikativ nokompetentlikni rivojlanishiga olib kelganligi sababali, konfliktogen shaxs xulq-atvorining baholash mezonlari dinamik xarakterda ifodalanishi isbotlangan;
nizolashuvchanlik darajasi yuqori bo‘lgan talabalarning agressiv xulqga moyilligiga ko‘ra, shaxsdagi intropunitiv reaksiyalarning verbal, jismoniy, bilvosita agressiya ko‘rinishlari ta’sirida kamayishi guruhdagi munosabatlarda negatizmni kuchaytirganligiga asoslanib, ularda dushmanlik indeksining barqaror xarakterga ega bo‘lishi isbotlangan;
talabalarning nizoli vaziyatlar echimini topishda individual xususiyatlarini ifodalanishiga ko‘ra, kirishimlilik, hissiy barqarorlik, yetakchilikka intilish, ijtimoiy me’yorlarga rioya qilish, o‘zini-o‘zi tartibga solish kabi sifatlarning, guruhiy munosabatlarda refleksiv darajada rivojlanishiga asoslanib, nizoli xulq-atvorga moyillikning shaxslilik omillari differensial ta’sirga ega ekanligi dalillangan;
talabalardagi nizoli xulq-atvorni bartaraf etishning psixologik modeli kommunikativ, irodaviy, intellektual sifatlarni ijtimoiy optimistik ruhda shakllantirish muhimligiga ko‘ra, xulq-atvorning kognitiv, affektiv, motivatsion komponentlariga kompleks psixodinamik ta’sir mexanizmlarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Talabalarda nizoli xulq-atvor va uni bartaraf etishning psixologik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
talabalar guruhida nizoli xulq-atvorni namoyon bo‘lish darajalariga muvofiq, agressivlik, destruktiv tanqidiylik xususiyatlarini boshqalarni emotsional qabul qilmaslik negizida kuchayishi kommunikativ nokompetentlikni rivojlanishiga olib kelganligi sababali, konfliktogen shaxs xulq-atvorining baholash mezonlari dinamik harakterda ifodalanishi isbotlanganligiga oid ilmiy natijalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 24 dekabrdagi PM 52a-son buyrug‘iga binoan «Ijtimoiy psixologiya» moduli mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 24 dekabrdagi PM 52a-son buyrug‘i). Natijada bo‘lajak pedagog-psixolog va amaliyotchi psixolog mutaxassislarni tayyorlashda talabalardagi nizoli xulq-atvorni aniqlashning psixodiagnostik va psixokorreksion vositalarini takomillashtirishda nazariya va amaliyot uzviyligi kuchaytirilgan; 
nizolashuvchanlik darajasi yuqori bo‘lgan talabalarning agressiv xulqga moyilligiga ko‘ra, shaxsdagi intropunitiv reaksiyalarning verbal, jismoniy, bilvosita agressiya ko‘rinishlari ta’sirida kamayishi guruhdagi munosabatlarda negatizmni kuchaytirganligiga asoslanib, ularda dushmanlik indeksining barqaror harakterga ega bo‘lishi isbotlangangiga doir ilmiy xulosalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi  Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 24 dekabrdagi PM 52a-son buyrug‘iga binoan «Umumiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 24 dekabrdagi PM 52a-son buyrug‘i). Natijada bu ta’lim muassasalarida faoliyat yuritadigan mutaxassislarning tarbiyasi qiyin o‘smirlar bilan ishlashga doir zarur ilmiy-amaliy bilim, malaka va ko‘nikmalarining oshishiga xizmat qilgan;
talabalarning nizoli vaziyatlar echimini topishda individual xususiyatlarini ifodalanishiga ko‘ra, kirishimlilik, hissiy barqarorlik, yetakchilikka intilish, ijtimoiy me’yorlarga rioya qilish, o‘zini-o‘zi tartibga solish kabi sifatlarning, guruhiy munosabatlarda refleksiv darajada rivojlanishiga asoslanib, nizoli xulq-atvorga moyillikning shaxslilik omillari differensial ta’sirga ega ekanligi shakllantirilganligiga doir ilmiy natijalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 24 dekabrdagi PM 52a-son buyrug‘iga binoan «Psixogigiena» moduliga kiritilgan  (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 24 dekabrdagi PM 52a-son buyrug‘i). Natijada bu ta’lim muassasalarida faoliyat yuritadigan mutaxassislarni psixokorreksion ishlarni olib borishga doir zarur ilmiy-amaliy bilim, malaka va ko‘nikmalarining oshishiga xizmat qilgan;
talabalardagi nizoli xulq-atvorni bartaraf etishning psixologik modeli kommunikativ, irodaviy, intellektual sifatlarni ijtimoiy optimistik ruhda shakllantirish muhimligiga ko‘ra, xulq-atvorning kognitiv, affektiv, motivatsion komponentlariga kompleks psixodinamik ta’sir mexanizmlarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan va dalillangan ma’lumotlar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 24 dekabrdagi PM 52a-son buyrug‘iga binoan «Kasb psixologiyasi» moduli mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 24 dekabrdagi PM 52a-son buyrug‘i). Natijada talabalarda nizoli xulq-atvorning kelib chiqishi bilan bog‘liq psixodiagnostik va psixokrreksion xususiyatlarni aniqlash va bartaraf etishning asosiy omillarini aniqlashga xizmat qiladigan ilmiy-metodik ta’minot boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish