Axrorov Voris Yunusovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Oliy ta’lim muassasalari talabalari psixologik salomatligini ta’minlashning psixologik-pedagogik omillari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivaojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Psi81.
Ilmiy rahbar: Samarov Rustamjon Sadriddinovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Kamilova Nodira G‘ayratovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Rasulova Feruza Fayzullaevna, psixologiya fanlari bo‘yicha (PhD).
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalar psixologik salomatligiga ta’sir ko‘rsatuvchi psixologik-pedagogik omillarni aniqlash hamda oliy ta’lim muassasasi psixologik xizmati faoliyatini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning sog‘lom turmush tarzi haqidagi tasavvurlarining ta’lim muhitidan qoniqish darjasiga bevosita ta’siri «sub’ekt-sub’ekt» munosabatlarida vaziyat bilan bog‘liq xavotirlanishning hissiy-kognitiv komponetini o‘z-o‘ziga adekvat munosabatni rivojlantirish asosida pasaytirishiga ko‘ra, psixologik salomatlikni ta’minlovchi psixologik-pedagogik omil ekanligi dalillangan;
talabalarning o‘z-o‘ziga beradigan bahosining adekvatligiga ko‘ra, «salomatlik», «harakter», «aqliy faoliyat» mezonlarini markazga qo‘yish tamoyili negizida transformatsiyalanishi asosida psixosotsial salomatlikning refleksiv tomonini rivojlantirish mumkinligi dalillangan;    
talabalar psixologik salomatligini ta’minlashda sanogen tafakkurning emotsional barqarorlik va sog‘lom turmush tarziga oid tasavvurlar konativ jihatini kuchaytirish orqali rivojlantirishga qaratilgan «jamoaviy o‘yin», «desensibilizatsiya», «feding» psixokorreksion usullarni integrativ yondashuv asosida qo‘llash samarali ekanligi dalillangan;
«Oliy ta’lim muassasalarida psixologik xizmatni takomillashtirish modeli» psixologik faoliyatda kognitiv, emotsional, xulq-atvor jihatlarni shakllantirishi muhimligiga ko‘ra, psixoprofilaktik-korreksion yo‘nalishlarga determinizm tamoyiliga muvofiq «sanogen refleksiyani rivojlantirish» komponentini biriktirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalari talabalari psixologik salomatligini ta’minlashning psixologik-pedagogik omillarini tadqiq etish natijasida:
talabalarning sog‘lom turmush tarzi haqidagi tasavvurlarining ta’lim muhitidan qoniqish darjasiga bevosita ta’siri «sub’ekt-sub’ekt» munosabatlarida vaziyat bilan bog‘liq xavotirlanishning hissiy-kognitiv komponetini o‘z-o‘ziga adekvat munosabatni rivojlantirish asosida pasaytirishiga ko‘ra, psixologik salomatlikni ta’minlovchi psixologik-pedagogik omil ekanligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 19 apreldagi PM 14a-son buyrug‘iga asosan «Psixodiagnostika» moduli mazmuniga singdirilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 19 apreldagi PM 14a-son ma’lumotnomasi). Natijada psixologlarning psixodiagnostik va psixokorreksion kompetensiyalarini oshirishga erishilgan;
talabalarning o‘z-o‘ziga beradigan bahosining adekvatligiga ko‘ra, «salomatlik», «harakter», «aqliy faoliyat» mezonlarini markazga qo‘yish tamoyili negizida transformatsiyalanishi asosida psixosotsial salomatlikning refleksiv tomonini rivojlantirish mumkinligiga doir tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 19 apreldagi PM 14a-son buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda «Ijtimoiy psixologiya» moduli mazmuniga singdirilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 19 apreldagi PM 14a-son ma’lumotnomasi). Natijada psixologlarning psixokorreksion ishlarini olib borishga oid bilimlarini rivojlantirishga erishilgan;
talabalar psixologik salomatligini ta’minlashda sanogen tafakkurning emotsional barqarorlik va sog‘lom turmush tarziga oid tasavvurlar konativ jihatini kuchaytirish orqali rivojlantirishga qaratilgan «jamoaviy o‘yin», «desensibilizatsiya», «feding» psixokorreksion usullarni integrativ yondashuv asosida qo‘llashga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 19 apreldagi PM 14a-son buyrug‘iga asosan «Ijtimoiy psixologik trening» moduli mazmuniga singdirilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 19 apreldagi PM 14a-son ma’lumotnomasi). Natijada psixologik salomatlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan uslubiy ishlar takomillashtirilgan; 
«Oliy ta’lim muassasalarida psixologik xizmatni takomillashtirish modeli» psixologik faoliyatda kognitiv, emotsional, xulq-atvor jihatlarni shakllantirishi muhimligiga ko‘ra, psixoprofilaktik-korreksion yo‘nalishlarga determinizm tamoyiliga muvofiq «sanogen refleksiyani rivojlantirish» komponentini biriktirish asoslanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 19 apreldagi PM 14a-son buyrug‘iga asosan «Psixologik xizmat» moduli mazmuniga singdirilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 19 apreldagi PM 14a-son ma’lumotnomasi). Natijada psixologlarning oliy ta’lim muassasasi psixologik xizmati faoliyatini takomillashtirish, ilmiy-metodik ta’minotini tashkil etishga oid bilimlari boyitilishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish