Shakirov Bobir Magrufovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tovon-kaft kuyishlari va ularning oqibatlari bor bemorlarda tibbiy reabilitatsiya», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/Tib549.
Ilmiy rahbar: Karabaev Xudoyberdi Karabaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi DSc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Lavrenteva Atina, tibbiyot fanlari doktori; Fayazov Abdulaziz Djalilovich, tibbiyot fanlari doktori; Akbarov Mirshavkat Mirolimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «I.I. Djanelidze nomidagi Sankt-Peterburg shoshilinch tibbiy yordam ilmiy-tadqiqot instituti» Davlat byudjet muassasasi (Rossiya Federatsiyasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi profilaktika, davolash usullarini takomillashtirish va reabilitatsiya tadbirlari dasturini ishlab chiqish orqali tovon-kaft kuyishlari va ularning oqibatlarini jarrohlik yo‘li bilan davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jarrohlik aralashuvi varianti va hajmini hisobga olgan holda, shuningdek, reparativ jarayonlar faolligini qasmoq bog‘lash orqali yara bitishi bilan qiyosiy baholash orqali tovon-kaft sohasining chuqur kuyishlarini kompleks davolashda namchil muhit ta’sirining fizik-biologik xususiyatlari aniqlangan;
kombinatsiyalangan yarimo‘tkazgichli lazer terapiyasi ta’sirida yara jarohatining kechishi va autodermoplastika uchun jarohatni erta tayyorlash nuqtai nazaridan tovon-kaft chuqur kuyishlarida ko‘p funksiyali “Koleteks” salfetkalarini mahalliy qo‘llashning klinik mezonlari aniqlangan;
kollagenolitik, umumiy proteolitik va glikolitik faollikni baholashni hisobga olgan holda tovon-kaft kuyishida chandiq to‘qimalarining shakllanish jarayoniga “Fermenkol” preparati ta’sirining patogenetik xususiyatlari ochib berilgan;
tovon-kaft sohasidagi kuyishdan keyingi patologik chandiqlarni bartaraf etishda krioterapiyadan foydalanishning klinik-biologik afzalliklari aniqlangan;
termik shikastlanish muddatlariga hamda tovon-kaftning III-IV darajali rostlanuvchi kontrakturalari mavjudligiga bog‘liq holda tovon-kaft va to‘piq bo‘g‘imlari sohasidagi chuqur kuyishlarni plastika qilish usulini tanlashning tasnifiy mezonlari modifikatsiyalangan;
tovon-kaft barmoqlari egiluvchan kontrakturalarining kuyishdan keyingi kechishining engil, o‘rta, og‘ir va o‘ta og‘ir darajalariga, ularni bartaraf etishning patogenetik asoslangan usulini tanlash imkoniyatiga yo‘naltirilgan holda aniqlik kiritilgan;
kuyish jarohati sohasidagi ikkilamchi o‘zgarishlarning rivojlanish ehtimoli va darajasini hisobga olgan holda to‘piq bo‘g‘imlari va tovon-kaft sohasidagi kontrakturalarni bartaraf etishning erta maqbul muddatlari aniqlangan;
ko‘priksimon, ikki pallali va L-shakldagi laxtaklar ko‘rinishidagi yaqin-atrofdagi shikastlanmagan to‘qimalardan foydalangan holda tovon-kaft xamda to‘piq bo‘g‘imlari sohasidagi kuyishdan keyingi chandiqli kontrakturalarni plastika qilishning texnik jihatlari va taktik xususiyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tovon-kaft kuyishi va uning oqibatlari bor bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tovon-kaft kuyishi bilan og‘rigan bemorlarni reabilitatsiya qilish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “Tovon-kaft kuyishi bilan og‘rigan bemorlarni reabilitatsiya qilish tizimi va usullari” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 9 sentyabrdagi 08-27190-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan tavsiyalar tovon-kaftning chuqur kuyishi bilan og‘rigan bemorlarda reabilitatsiyaning taktik va texnik jihatlarini optimallashtirish imkonini bergan.
kuyishdan keyingi chandiqli deformatsiyalar va kontrakturalarni konservativ va xirurgik davolash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “Kuyishdan keyingi chandiqli deformatsiyalar va kontrakturalarni konservativ va xirurgik davolashning zamonaviy imkoniyatlari va tamoyillari” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 9 sentyabrdagi 08-27190-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan tavsiyalar tibbiyotning eng ilg‘or zamonaviy imkoniyatlari majmuasidan foydalangan holda tovon-kaft va to‘piq bo‘g‘imlarining chuqur kuyishlarini jarrohlik yo‘li bilan davolash usullarini takomillashtirishning asosiy yo‘llarini belgilash imkonini bergan.
Tovon-kaft kuyishi bilan og‘rigan bemorlarga ko‘rsatilayotgan konservativ va xirurgik yordam sifati va ularning oqibatlarini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qashqadaryo va Jizzax filiallari kombustiologiya bo‘limlari faoliyatiga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 9 sentyabrdagi 08-27190-son ma’lumotnomasi). Tovon-kaft va to‘piq bo‘g‘imlarning chuqur kuyishlarini jarrohlik yo‘li bilan davolashning taktik va texnik jihatlarini takomillashtirish bo‘g‘imlar faoliyatining tiklanish muddatini qisqartirishga, deformatsiyalar va kontrakturalar chastotasini pasaytirishga, bemorlarning to‘liq jismoniy tiklanishi uchun sharoit yaratishga va nogironlikni oldini olishga imkon bergan.