Qo‘ziboev Boxodir Azzamboy o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Hududlarda inklyuziv turizmni samarali rivojlantirishning istiqbollari», 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Iqt1282.
Ilmiy rahbar: Safarov Bahodirxon Shaxriyorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, DSc.33/01.02.2022.I.145.01
Rasmiy opponentlar: Norchaev Asatullo Norbo‘taevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Mirzaev Qulmamat Djanzakovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hududlarda inklyuziv turizmni samarali rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tavsiya va amaliy takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
inklyuziv turistlar tarkibiga kiruvchi keksa avlod vakillari uchun ichki turlarda imtiyozli qatnashish imkonini beruvchi maxsus differinsiallashgan «Ijtimoiy karta» egasiga moddiy madaniy meros ob’ektlari, muzey va teatrlarga kirish va qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha 50 foizgacha chegirmalar berish bo‘yicha takliflar asoslangan;
turistik guruhlardagi keksa avlod vakillarining sayohati davomida joylashtirish xizmatlaridan foydalanish, yo‘nalish bo‘ylab har bir turistik va madaniy meros ob’ektlarida gid hamrohligi uchun alohida ixtisoslashgan qarovchilik xizmatlarini joriy etish asosida imkoniyati cheklangan turistlar uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan sifatli xizmat ko‘rsatish indikatorlarining o‘sishi dalillangan;
to‘siqsiz turizm infratuzilmasini mamlakatning asosiy turizm shaharlarida keng joriy qilish asosida madaniy meros va konsert-tamosha ob’ektlari, muzeylarda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun zarur bo‘lgan maxsus shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha amaliy takliflar ilmiy asoslangan;
mamlakatimizda imkoniyati cheklangan turistlar uchun joylashtirish vositalari sonining o‘sish sur’atlari asosida inklyuziv turizmni barqaror rivojlantirishning 2028 yilgacha mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston hududlarda inklyuziv turizmni samarali rivojlantirishning istiqbollari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
inklyuziv turistlar tarkibiga kiruvchi keksa avlod vakillari uchun ichki turlarda imtiyozli qatnashish imkonini beruvchi maxsus differinsiallashgan «Ijtimoiy karta» egasiga moddiy madaniy meros ob’ektlari, muzey va teatrlarga kirish va qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha 50 foizgacha chegirmalar berish bo‘yicha takliflar Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 28 maydagi 340-son qarordagi “Keksalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ga kiritilgan (Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 14 oktyabrdagi 04-18/5844-son ma’lmuotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy qilinishi natijasida inklyuziv turistlarning turmaxsulotlarni sotib olish hajmi ikki baravar ortishiga imkon bergan;
turistik guruhlardagi keksa avlod vakillarining sayohati davomida joylashtirish xizmatlaridan foydalanish, yo‘nalish bo‘ylab har bir turistik va madaniy meros ob’ektlarida gid hamrohligi uchun alohida ixtisoslashgan qarovchilik xizmatlarini joriy etish asosida imkoniyati cheklangan turistlar uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan sifatli xizmat ko‘rsatish indikatorlarining o‘sishi bo‘yicha takliflar Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 28 maydagi 340-son qarordagi “Keksalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ga kiritilgan (Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 14 oktyabrdagi 04-18/5844-son ma’lmuotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish asosida Samarqand turistik destinatsiyasi negizida inklyuziv turistlar uchun mehmonxonalarda (xar biriga kamida 1 ta) nomerlar tashkil etilganligi sinergetik samaradorligining oshishiga xizmat qilgan;
to‘siqsiz turizm infratuzilmasini mamlakatning asosiy turizm shaharlarida keng joriy qilish asosida madaniy meros va konsert-tamosha ob’ektlari, muzeylarda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun zarur bo‘lgan maxsus shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha amaliy takliflar "2022-2026 yillarda mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti strategiyasida"gi 2022 yil 28 yanvardagi PF-60 Farmoniga asosan inklyuziv turizm infratuzilmasini mamlakatning asosiy turizm shartlarida keng joriy qilish asosida Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 5 apreldagi Ns 31/1-180 sonli topshirig‘i bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ga kiritilgan (Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 14 oktyabrdagi 04-18/5844-son ma’lumotnomasi). Taklifning amalga oshirilishi natijasida Samarqand viloyatida to‘siqsiz turizm infratuzilmasini takomillashtirish ko‘rsatkichlari 30% ortishiga imkon yaratilgan;
mamlakatimizda imkoniyati cheklangan turistlar uchun joylashtirish vositalari sonining o‘sish sur’atlari asosida inklyuziv turizmni barqaror rivojlantirishning 2028 yilgacha mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlarini qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar Turizm va sport vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan «2022-2023 yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar» dasturi va «Yo‘l xaritalari»ga kiritilgan (Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 14 oktyabrdagi 04-18/5844-son ma’lumotnomasi). Natijada turistik destinatsiyalarda inklyuziv turizmga qo‘yilgan talablarni e’tiborga olgan holda tegishli parametrlarni qo‘llash hisobiga hududlarni rivojlanishiga xizmat qilgan.