Zakirova Sevara Muradovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirishning tashkiliy-huquqiy masalalari», 12.00.02. – Konctitusiyaviy huquq. Ma’mupiy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Yu465.
Ilmiy rahbar: Bekov Ixtiyor Rustamovich, yupidik fanlap doktopi, ppofeccop.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.02.
Rasmiy opponentlar: Xusanov Ozod Tillaboevich, yuridik fanlar doktori, professor; Yusupov Sardorbek Baxodirovich, yuridik fanlar doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida lisenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar qabul qilinganligi to‘g‘risida tasdiqnoma mavjudligini talab qilish hamda kam ta’minlangan oila yoki oila a’zosi sifatida ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumot taqdim etishga oid davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartiblarini  bekor qilinishi zarurligi asoslangan; 
jismoniy shaxslarga ayrim faoliyat turlari bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi malaka sertifikatlarini berish hamda ularni ushbu maqsadda attestatsiyadan o‘tkazishga oid davlat xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha murojaatlarni elektron shaklda qabul qilinishi lozimligi asoslab berilgan;
davlat organlari va tashkilotlarida davlat xizmatlarini ko‘rsatishda idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari) davlat xizmatlarini, shu jumladan, elektron davlat xizmatlarini taqdim etish bilan bog‘liq axborotdan foydalanish imkoniyatlarini oshirish maqsadida tashkil etilishi lozimligi asoslab berilgan;
davlat organlari va tashkilotlarida davlat xizmatlarini ko‘rsatishda idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari)ning asosiy vazifalaridan biri sifatida davlat xizmatlarini taqdim etish sifati monitoringini olib borish va nazorat qilish maqsadida qabul qilingan murojaatlar to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlashni ta’minlash ekanligi asoslangan;
davlat xizmatlari ko‘rsatish muddatlari, xizmatlardan foydalanish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarga qo‘yiladigan talablar va shikoyat qilish tartibi to‘g‘risida ma’lumot berish davlat organlari va tashkilotlarida davlat xizmatlarini ko‘rsatishda idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari)ning asosiy funksiyalaridan biri ekanligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalap quyidagilapda foydalanilgan: 
davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida lisenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar qabul qilinganligi to‘g‘risida tasdiqnoma mavjudligini talab qilish tartibini bekor qilish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni 5-bandining “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublakasi Prezidenti administratsiyasining 2020 yil 30 mart 07-1-171-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi lisenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar qabul qilinganligi to‘g‘risida tasdiqnoma mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni jismoniy va yuridik shaxslardan talab qilish bekor qilinishiga xizmat qilgan;
davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida kam ta’minlangan oila yoki oila a’zosi sifatida ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumot taqdim etish tartibini bekor qilish haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni 5-bandining “a” kichik bandi beshinchi xatboshisida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublakasi Prezidenti administratsiyasining 2020 yil 30 mart 07-1-171-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi kam ta’minlangan oila yoki oila a’zosi sifatida ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumot taqdim etishga oid davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi bekor qilinishiga xizmat qilgan;
jismoniy shaxslarga ayrim faoliyat turlari bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi malaka sertifikatlarini berish hamda ularni ushbu maqsadda attestatsiyadan o‘tkazishga oid davlat xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha murojaatlar elektron shaklda qabul qilinishi lozimligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni 7-bandi birinchi xatboshisida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasining 2020 yil 30 mart 07-1-171-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi jismoniy shaxslarga ayrim faoliyat turlari bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi malaka sertifikatlarini berish hamda ularni ushbu maqsadda attestatsiyadan o‘tkazishga oid davlat xizmatlarini elektron tarzda ko‘rsatilishiga xizmat qilgan;
jismoniy shaxslarga ayrim faoliyat turlari bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi malaka sertifikatlarini berish hamda ularni ushbu maqsadda attestatsiyadan o‘tkazishga oid davlat xizmatlari ko‘rsatishda talabgorlardan imtihonni kompyuter vositasi orqali olish va natijasini shu vaqtning o‘zida ma’lum qilinishi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni 7-bandi to‘rtinchi xatboshisida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublakasi Prezidenti administratsiyasining 2020 yil 30 mart 07-1-171-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi jismoniy shaxslarga ayrim faoliyat turlari bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi malaka sertifikatlariga talabgorlarning imtihonini ularga qulay tarzda va tezkor o‘tkazilishiga xizmat qilgan;
davlat organlari va tashkilotlarida davlat xizmatlarini ko‘rsatishda idoraviy aloqa markazlari(ishonch telefonlari)ni davlat xizmatlarini, shu jumladan, elektron davlat xizmatlarini taqdim etish bilan bog‘liq axborotdan foydalanish imkoniyatlarini oshirish maqsadida tashkil etish lozimligi bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 3 apreldagi 179-son “Aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari to‘g‘risida ma’lumot berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat organlari va tashkilotlarining davlat xizmatlarini ko‘rsatishda idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari) faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy Nizom”ning 8-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yuridik ta’minlash boshqarmasining 2022 yil 1 apreldagi 12-32-112-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi davlat organlari va tashkilotlarida davlat xizmatlarini ko‘rsatishda idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari)ning maqsadini aniqlashga xizmat qilgan;
davlat organlari va tashkilotlarida davlat xizmatlarini ko‘rsatishda idoraviy aloqa markazlari(ishonch telefonlari)ning asosiy vazifalaridan biri sifatida davlat xizmatlarini taqdim etish sifati monitoringini olib borish va nazorat qilish maqsadida qabul qilingan murojaatlar to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlashni ta’minlash bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 3 apreldagi 179-son “Aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari to‘g‘risida ma’lumot berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat organlari va tashkilotlarining davlat xizmatlarini ko‘rsatishda idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari) faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy Nizom”ning 9-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yuridik ta’minlash boshqarmasining 2022 yil 1 apreldagi 12-32-112-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi davlat organlari va tashkilotlarida davlat xizmatlarini ko‘rsatishda idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari)ning asosiy vazifalarini aniqlashga xizmat qilgan;
davlat xizmatlari ko‘rsatish muddatlari, xizmatlardan foydalanish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarga qo‘yiladigan talablar va shikoyat qilish tartibi to‘g‘risida ma’lumot berishni davlat organlari va tashkilotlarida davlat xizmatlarini ko‘rsatishda idoraviy aloqa markazlari(ishonch telefonlari)ning asosiy funksiyalardan biri sifatida belgilash bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 3 apreldagi 179-son “Aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari to‘g‘risida ma’lumot berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat organlari va tashkilotlarining davlat xizmatlarini ko‘rsatishda idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari) faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy Nizom”ning 10-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yuridik ta’minlash boshqarmasining 2022 yil 1 apreldagi 12-32-112-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi davlat organlari va tashkilotlarida davlat xizmatlarini ko‘rsatishda idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari)ning asosiy funksiyalarini aniqlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish