Abdumo‘minov Bahodir Odinaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Geografik axborot texnologiyalari asosida joy rel`efining 3 o‘lchamli modelini yaratish va tadqiq qilish (Surxondaryo viloyati misolida)», 11.00.06 - Geodeziya. Kartografiya» (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Gr66.
Ilmiy rahbar: Mirmaxmudov Erkin Raximjanovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSs.03/30.12.2019.Gr.01.06.
Rasmiy opponentlar: Safarov Eshkobul Yuldashovich, texnika fanlari doktori, professor; Reymov Polat Rasbergenovich, geografiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Surxondaryo viloyati hududining 3 o‘lchamli rel`ef modelini yaratish hamda mazkur modeldan amaliyotda foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli xil masshtabdagi topografik xaritalar, dala kuzatuvlari hamda Panorama GAT yordamida hududning 3 o‘lchamli rel`ef modelini yaratish metodikasi Surxondaryo viloyati misolida takomillashtirilgan;
SRTM (Shuttle radar topography mission) ma’lumotlari va ArcGIS yordamida viloyat hududining raqamli 3 o‘lchamli rel`ef modeli yaratilgan;
Surxondaryo viloyati rel`efining raqamli fazoviy modelini turli xil koordinatalar tizimlari (geografik, geodezik va to‘g‘ri burchakli Gauss-Kryuger) ga bog‘lash usuli ishlab chiqilgan;
rel`efning 3 o‘lchamli raqamli xaritasi, bo‘ylama profili va ma’lumotlar bazasini tuzish asosida viloyatdagi suv omborlarining suv bosish zonalari tarqalish areali modellashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Surxondaryo viloyati topografik xaritalari asosida hududning raqamli xaritasini yaratishda GAT dan foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tadqiqot olib borilgan hududning topografik xaritalari tahlil qilinib, Panorama GAT yordamida viloyat hududining 3 o‘lchamli modelini yaratishning takomillashgan metodikasi ishlab chiqilib, uning natijasida olingan ilmiy-amaliy takliflar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2022 yil 30 iyundagi 03-03-608-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur metoddan foydalanib, respublikamizning boshqa viloyatlari hududlarining 3 o‘lchamli rel`ef modellarini yaratish imkoniyatlari yaratilgan;
Surxondaryo viloyati hududining SRTM  ma’lumotlari ArcGIS dasturi yordamida qayta ishlanib, viloyat hududining yaratilgan 3 o‘lchamli rel`ef modeli O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2022 yil 30 iyundagi 03-03-608-son ma’lumotnomasi). Natijada, joy rel`efining avtomatlashtirilgan vizual modellarini tezkor ravishda olish va unda loyihalash ishlarini takomillashtirish imkoni yaratilgan;
Viloyat hududining yaratilgan 3 o‘lchamli rel`ef modeli turli xil koordinatalar tizimi, xususan, geografik, geodezik hamda to‘g‘ri burchakli Gauss-Kryuger koordinatalar tizimlariga bog‘lab, olib borilgan tahlil ishlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2022 yil 30 iyundagi 03-03-608-son ma’lumotnomasi). Natijada, 3 o‘lchamli rel`ef modellarini koordinatalar tizimlarida ifodalash, topografik-geodezik tadqiqotlarda ulardan foydalanish imkoniyatini bergan;
rel`ef holati turlicha bo‘lgan hududlarning raqamli xaritalari hamda rel`efning 3 o‘lchamli modelida chiziqli inshootlar profilini tuzish, hududning maydoni va hajmini hisoblash, havfli tabiiy jarayonlarning tarqalish arealini modellashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2022 yil 30 iyundagi 03-03-608-son ma’lumotnomasi). Natijada, rel`efning 3 o‘lchamli raqamli modelida chiziqli inshootlarni loyihalash, raqamli ma’lumotlar asosida er hisobini yuritish, hududlarni geografik, landshaft, gidrografik baholash imkoniyati yaratilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish