Saparov Akmal Abduraxmanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Markaziy Qizilqum fosforitlari va nitrat kislota asosida o‘g‘itli presipitat olish texnologiyasi», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3008.
Ilmiy rahbar: Sultonov Boxodir Elbekovich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.K/T.66.02.
Rasmiy opponentlar: Turaev Zokirjon, texnika fanlari doktori, dotsent; Erkaev Aktam Ulashevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: past sifatli MQ fosforit uni (FU) va fosforli chiqindi bo‘lgan MM ni nitrat kislotasi bilan qayta ishlab ozuqa komponenti yuqori bo‘lgan samarali o‘g‘itli presipitatlar olishning resurstejamkor texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
FU va MM larni nitrat kislotasi bilan parchalashda kislotaning turli xil me’yorlari va konsentratsiyalarda parchalanish jarayonlari asoslangan;
turli xil fosforitlardan o‘g‘itli presipitatlar olishning maqbul kattaliklari hamda o‘g‘itli presipitatlarni sifat ko‘rsatgichlari cho‘ktiruvchilarning (NH3, Ca(OH)2 va CaCO3) tabiati va miqdorlariga bog‘liqligi aniqlangan;
nitratfosfat kislotali suspenziyalarni fazalarga ajratish jarayonlariga ta’sir etuvchi omillar va jarayonning maqbul sharoitlari aniqlangan;
kal`siy nitratni o‘g‘itli presipitatlardan ajratishda ishlatiladigan suvning miqdori va haroratlarini ta’siri aniqlangan hamda maqbul kattaliklarida o‘g‘itli presipitatlar tarkibidagi kal`siy nitrat miqdorlarini eng kam bo‘lishi asoslangan;
ilk marta har xil usullarda olingan o‘g‘itli presipitatlarni fizik-kimyoviy va tovar xossalari hamda zamonaviy fizik-kimyoviy usullarda ularni tuz va element tarkiblari aniqlangan;
fosfat xom ashyolaridan erimaydigan qoldiqlarni ajratmagan va ajratgan holda o‘g‘itli presipitatlar olish jarayonlarini asosiy texnologik kattaliklari aniqlangan;
FU va MM kabi fosfor tutgan xom ashyolardan o‘g‘itli presipitatlar olishning material oqimi, iqtisodiy samaradorligi hisoblangan va texnologik sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mamlakatimizda mavjud bo‘lgan MQ fosforitlaridan (MM va FU) to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamda EQ larni ajratib olingan holda samarali konsentrlangan o‘g‘itli presipitatlar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
chiqindi fosfat xomashyosi (MM) nitrat kislota yordamida parchalab to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘g‘itli presipitat olish texnologiyasi “Elektrokimyozavod” QK AJ qoshidagi “ELKIMYO SUPERFOS” MChJning “2023-2024 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Elektrokimyozavod” QK AJning 2022 yil 14 fevraldagi 43-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarkibida R2O5 ning nisbiy o‘zlashuvchan miqdori yuqori bo‘lgan hamda qishloq xo‘jaligi talablariga mos keladigan o‘g‘itli presipitat-24 navli oddiy fosforli o‘g‘it olish imkonini beradi;
MM asosida EQlarni ajratib olingan holda samarali konsentrlangan o‘g‘itli presipitatlar olish texnologiyasi “Elektrokimyozavod” QK AJ qoshidagi “ELKIMYO SUPERFOS” MChJning “2023-2024 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Elektrokimyozavod” QK AJning 2022 yil 14 fevraldagi 43-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligi talablariga mos keladigan R2O5 ning nisbiy o‘zlashuvchan miqdori yuqori bo‘lgan va samarador konsentrlangan o‘g‘itli presipitat-33 navli o‘g‘it olish imkonini beradi.