Tuychiev Xayrullo Ergashovichning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Adaptiv yondashuv asosida talabalarning kasbiy-pedagogik kompetensiyalarini takomillashtirish (professional ta’lim yo‘nalishi misolida), 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped3809.
Ilmiy rahbar: Ismailova Zuxra Karabaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Pedagogik innovasiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSs.03/30.12.2019.Ped.48.01.
Rasmiy opponentlar: Muslimov Narzulla Alixanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Hayitov Oybek Eshboevich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertasiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy.
II. Tadqiqotning maqsadi adaptiv yondashuv asosida talabalarning kasbiy-pedagogik kompetensiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’lim jarayonida talabalarda ijtimoiy dezadaptatsiya, psixo-emotsional hamda stressli ta’sirlarni engishga qaratilgan adaptiv ta’lim muhitni rasmiy-umumiy- didaktik komponentlarini interiorizatsiyalash natijasida kasbiy-pedagogik kompetentlikni rivojlantirish algoritmi oddiydan-murakkabga o‘tish prinsiplari asosida takomillashtirilgan;
talabalarning ta’lim jarayoniga psixologik-pedagogik moslashtirishda t`yutorlar faoliyatini takomillashtirish orqali kasbiy-pedagogik kompetensiyalarini rivojlantirishga, kasbiy moslashishda ijodiy-kommunikativ qobiliyatlarni va kasbiy malakalarni shakllantirishga qaratilgan maxsus kurs va uning didaktik ta’minoti ishlab chiqilgan;
ta’lim jarayonida nostandart mazmun va kognitiv muloqot hamda ijodiy xatti-harakatlarni ifodalovchi “Freewriting”, “Break pattern”, “Intellectual controverse” va “Case study” interfaol uslublarni qo‘llash hamda t`yutorlar faoliyatini takomillashtirish orqali kasbiy-pedagogik kompetentlikni rivojlantirish metodikasi takomillashtirilgan;
adaptiv yondashuv asosida talabalarning kasbiy-pedagogik kompetensiyalarini motivatsion, kommunikativ, kognitiv mezonlari va rivojlanish darajasini baholashning diagnostik vositalari kasbiy faoliyatga yo‘naltirish, saralash, tayyorlash, moslashish, kasbiy reabilitatsiya kabi usullarini uyg‘unlikda qo‘llash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. talabalarning adaptiv yondashuv asosida kasbiy va pedagogik kompetensiyalarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
ta’lim jarayonida talabalarda ijtimoiy dezadaptatsiya, psixo-emotsional hamda stressli ta’sirlarni engishga qaratilgan adaptiv ta’lim muhitni rasmiy, umumiy va didaktik komponentlarini tizimlashtirish natijasida kasbiy-pedagogik kompetentlikni rivojlantirish algoritmini ishlab chiqishga doir takliflar va tavsiyalar “Professional ta’limi” yo‘nalishlari o‘quv rejalaridagi umumkasbiy fanlari blokiga kiruvchi “Kasbiy pedagogika”, “Ijtimoiy pedagogika” va “Kasbiy psixologiya” fanlari mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 24 avgustdagi 89-05-64-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar asosida kasbiy fanlarni o‘qitishda talabalarda kasbiy foliyatga qiziqish va ehtiyoji, kasbiy kompetentliligi, kasbiy xulq atvori, kasbiy refleksiyaga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonini tashkil etilgan;
talabalarning ta’lim jarayoniga psixologik-pedagogik moslashtirishda t`yutorlar faoliyatini takomillashtirish orqali kasbiy-pedagogik kompetensiyalarini rivojlantirishga, kasbiy moslashishda ijodiy-kommunikativ qobiliyatlarni va kasbiy malakalarni shakllantirishga qaratilgan “Talabalarning kasbiy-pedagogik kompetensiyalarini takomillshatirish” maxsus kurs va uning “Talabalarning ta’lim jarayoniga psixologik-pedagogik moslashishning amaliy jihatlari” hamda “T`yutorlar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar” o‘quv didaktik ta’minoti Jizzax politexnika instituti, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti hamda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida o‘quv jarayoniga tatbiq qilingan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 24 avgustdagi 89-05-64-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning o‘quv jarayoniga moslashishlarida t`yutorlar olib borayotgan tashkiliy va tarbiyaviy ishlarning ilmiy-uslubiy ta’minoti kuchaytirilgan;
ta’lim jarayonida nostandart mazmun va kognitiv muloqot hamda ijodiy xatti-harakatlarni ifodalovchi “Freewriting”, “Break pattern”, “Intellectual controverse” va “Case study” interfaol uslublarni qo‘llash orqali kasbiy-pedagogik faoliyatga moslashuvchanlikni ta’minlash orqali kasbiy-pedagogik kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasi “Kasbiy psixologiya” moduli bo‘yicha elektron ta’lim resursi hamda “Nutq madaniyati” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 24 avgustdagi 89-05-64-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarni oliy ta’lim muassasasi o‘quv jarayoniga pedagogik moclashishining ijtimoiy, psixologik va pedagogik imkoniyatlari kengaytirilgan.