Baychaev Fazliddin Xusenovichning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi xaqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak kon-metallurgiya sanoati tizimi mutaxassislari kompetentligini kasbiy yo‘naltirilgan masalalar echish orqali takomillashtirish (fizika fani misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped1060.
Ilmiy tadqikot ishi bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Ilmiy raxbar: Bazarova Saodat Djamolovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK rakami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Qahhor Shonazarovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Sodiqova Shohida Mirzaxmedovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak kon-metallurgiya sanoati mutaxassislari kompetentligini fizikadan kasbiy yo‘naltirilgan masalalar echish orqali takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kon-metallurgiya sanoati korxonalari bo‘lajak mutaxassislarining innovatsion faoliyatga tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan umumiy talablarni rivojlantirishga qaratilgan tashxislash va novatorlikka oid kasbiy yo‘naltirilgan masalalar va kuzatuvchanlik, texnik tafakkur, texnikani boshqarish bo‘yicha dasturiy vositalar orqali fizika fanini o‘qitish metodikasi mazmunan takomillashtirilgan;
fan, ta’lim va ishlab chiqarish korxonalarini amaliy integratsiyalash orqali kon-metallurgiya sanoati korxonalari bo‘lajak mutaxassislarini kasbiy faoliyatga tayyorlash texnologiyasi va innovatsion faoliyatga oid kompetentligini fizika fanidan kasbiy yo‘naltirilgan masalalar echishning pedagogik modeli dual ta’lim traektoriyasi asosida rivojlantirilgan;
fizika fanidan kon-metallurgiya sanoatida qo‘llanadigan hodisa va jarayonlarga oid didaktik materiallar ishlab chiqish asosida qazilma boyliklarini izlab topish, ularni qazib olish, qayta ishlash, boyitish kabi texnik-texnologik jarayonlarga oid kasbiy masalalar echishning pedagogik-psixologik mexanizmlari aniqlashtirilgan;
kon-metallurgiya sanoati korxonalari bo‘lajak mutaxassislarining kasbiy faoliyatga oid texnik-konstruktorlik, tashkiliy-metodik, texnologik-jarayonli kompetentligini 3D animatsiyalar, virtual stend va laboratoriyalar orqali takomillashtirish, kasbiy faoliyatga tayyorlash texnologiyasi va innovatsion rivojlantirish mezonlariga asoslangan fizika fanidan masalalar echish bo‘yicha mantiqiy, grafikli, sifat, hisoblashga oid didaktik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak kon-metallurgiya sanoati tizmi mutaxassislari kompetentligini kasbiy yo‘naltirilgan masalalar echish orqali takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan metodika, taklif va tavsiyalar hamda ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak kon-metallurgiya sanoati tizimi mutaxassislarining kasbiy kompetentligini takomillashtirishga qaratilgan, fizika fanidan virtual materiallar va texnik-texnologik jarayonlarga oid masalalar ishlab chiqishni shakllantirish imkoniyatlariga oid takliflar “Umumiy fizika kursidan savol va masalalar to‘plami” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligining 2019 yil 2 maydagi 394-son buyrug‘i, 394-307-raqamli guvohnomasi). Natijada talabalarni mutaxassislikka tayyorlashda kasbiy yo‘naltirilgan masalalar echish orqali fizika fanini o‘qitish samaradorligini oshirishga erishilgan;
kon-metallurgiya sanoati korxonalari bo‘lajak mutaxassislarining innovatsion faoliyatga tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan umumiy talablarni rivojlantirishga oid qulaylik, vizuallik, amaliy yo‘nalganlikka asoslangan dasturiy ta’lim vositasidan foydalanib, fizika fanini o‘qitish metodikasi mazmunan takomillashtirishga oid takliflar “Fizika kursi (Elektr va magnetizm)” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligining 2020 yil 30 iyundagi 359-son buyrug‘i, 359-025-raqamli guvohnomasi). Natijada texnika oliy ta’lim muassasalarida fizika o‘qitish jarayonining o‘quv-metodik ta’minotini takomillashtirish orqali talabalarni kasbiy faoliyatga tizimli tayyorlashga xizmat qilgan;
fan, ta’lim va ishlab chiqarish korxonalarini dual ta’lim texnologiyalari asosida amaliy integratsiyalash orqali kon-metallurgiya sanoati korxonalari bo‘lajak mutaxassislarini innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlash texnologiyasiga oid kompetentligini fizika fanidan kasbiy yo‘naltirilgan masalalar echishning pedagogik modeli yordamida rivojlantirishga doir nazariy ma’lumotlardan Navoiy davlat konchilik institutining “AIF 1/9 – Sanoat korxonalarining talablariga javob beradigan yangi ta’lim berish tizimini ishlab chiqish va dual ta’lim tizimini takomillashtirish” (2019-2021 yy.) mavzusidagi grant loyihacining “Kon-metallurgiya sanoati korxonalari bo‘lajak mutaxassislarining kasbiy faoliyatga oid texnik-konstruktorlik, tashkiliy-metodik, texnologik-jarayonli kompetentligini takomillashtirish, kasbiy faoliyatga tayyorlash texnologiyasi va innovatsion rivojlantirish mezonlarini ishlab chiqish” qismini bajarishda foydalanilgan (Navoiy davlat konchilik institutining 2021 yil 15 dekabrdagi 07/37-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan bo‘lajak kon-metallurgiya sanoati tizimi mutaxassislarining kasbiy kompetentligini takomillashtirishga erishilgan.