Dadajonov Oybek Zokirjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va nemis ma’rifatchilik dramaturgiyasida zamon va badiiy talqin”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Fil743.
Ilmiy rahbar: Qosimov Abdug‘apir Abdukarimovich, filologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘on davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.60.02.
Rasmiy opponentlar: Qobilova Zebo Bakirovna, filologiya fanlari doktori; Mahmudov Alisher Yo‘ldoshovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va nemis ma’rifatchilik dramaturgiyasida zamon va badiiy talqin, qahramonlar xarakteri, nutq va uslub muammolarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek jadid dramasida xalqni bilim olish va ma’rifatga da’vat etish asnosida milliy til, diniy qadriyatlar va urf-odatlarni asrab qolish istagi ustuvor masala sanalganligi, nemis ma’rifatchilik dramasida esa aql-idrok va bilimga tayanish g‘oyalari yetakchilik qilgani asoslangan;
o‘zbek va nemis ma’rifatchilik dramasining shakllanishiga ta’sir o‘tkazgan ijtimoiy-tarixiy sharoitda muayyan farqlar bo‘lishiga qaramay, ularda ilgari surilgan vatanparvarlik, shaxs erki, ozodlik ma’rifatchilik va inson huquqlarining tengligi g‘oyalarida mushtaraklik mavjudligi ochib berilgan;
Lessingning dramatik asarlarida jamiyatdagi tubanlik, maishiy buzuqlik va dinlararo kelishmovchilik ko‘rinishlari o‘z ifodasini topgan bo‘lsa, Hamza asarlarida ijtimoiy tengsizlik, nohaqlik, ilmsizlikning oqibatlari ko‘rsatilganligi dalillangan;
Lessing dramalari qahramonlarining harakteri, asosan, sahna harakatlari orqali ochib berilgan bo‘lsa, Hamza dramalaridagi personajlar ruhiyati nutq (monolog, dialog) hamda xarakatlar uyg‘unligida namoyon bo‘lishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va nemis dramalarida zamonning badiiy talqini tasvirini H.H.Niyoziy va G.E.Lessing dramatik asarlari misolida o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek jadid dramasida xalqni bilim olishga da’vat etish asnosida o‘z tili, dini va urf-odatlarini asrab qolish asosiy masala sanalgan bo‘lsa, nemis ma’rifatchilik dramasida aql-idrok va bilimga tayanish g‘oyalari ustuvorlik qilganiga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “Madaniy ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Sahna va ekran” nomli eshittirishlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 30 yanvardagi 02/-01-10-22-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotga tortilgan mavzu yuzasidan suhbat va eshittirishlar saviyasining oshirilishiga xizmat qilgan;
o‘zbek jadid va nemis ma’rifatchilik dramasining shakllanishiga ta’sir o‘tkazgan ijtimoiy-tarixiy sharoitda muayyan farqlar bo‘lishiga qaramay, ular tomonidan ilgari surilgan vatanparvarlik, millat ozodligi, ma’rifatchilik va inson huquqlarining tengligi g‘oyalarida mushtaraklik mavjudligi borasidagi ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-FI-005 “Qoraqalpoq folk`lorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental va amaliy-ilmiy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022 yil 18 fevral`dagi 17.01/45-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq dramalarining o‘ziga xos tomonlari nazariy jihatdan boyitilishiga xizmat qilgan;
o‘zbek va nemis ma’rifatchilik dramaturgiyasida zamon va badiiy talqin, qahramonlar xarakteri, nutq va uslub muammolarini ilmiy tadqiq qilish yuzasidan berilgan takliflar tahlil natijalari O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyat bo‘limi Tanqid va adabiyotshunoslik kengashi faoliyatida qo‘llanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyat bo‘limi 2022 yil 2 avgustdagi 45-son ma’lumotnomasi). Natijada XVIII asr nemis va XX asr o‘zbek ma’rifatchilik dramaturgiyasida zamon va qahramon munosabati konseptual manzarasini ishlab chiqish jarayonlariga xizmat qilgan.