Salaev Ixtiyor Baxtiyorovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiyma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Xorazm vohasida uy-joy qurilishi bilan bog‘liq an’anaviy va transformatsion jarayonlar (XIX-XX asrlar), 07.00.07 – Etnografiya, etnologiya va antropologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tar275.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Ishoqov Mirsodiq Mirsultonovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.Tar.55.05.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Bo‘riev Ochil, tarix fanlari nomzodi, professor; Ballieva Ruza, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm vohasida uy-joy qurilishi bilan bog‘liq an’analar, urf-odat va marosimlar mazmun-mohiyatini, ulardagi transformatsion jarayonlar tendensiyalarini etnologik va ijtimoiy antropologik sathlarda ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uy-joy qurilish jarayoni va yangi xonadonga ko‘chib kirish bilan bog‘liq irim-sirim, urf-odat va marosimlar, jumladan, “Qoziq qoqdi”, “Charxavik qa’da”, “Joy to‘yi” va “Usta potya” (fotiha) kabi unitila boshlangan marosimlarning tarixiy mental asoslari, mazmun-mohiyati, boshqa hududlardagi holatlar bilan mushtarak jihatlari dalillangan;
uy-joy qurilishi uchun joy tanlash masalasi, vohaning iqlim sharoiti, zaminning o‘ziga xos xususiyati, tanlashga ma’qul yoki noma’qul omillar etnologiyasi aniqlanib, ushbu an’analarning boshqa mintaqalarga o‘xshamaydigan tarixiy sabablari va amaldagi holati o‘rtasida kechgan jihatlar voha aholisi turmush madaniyatidagi o‘zgarishlar fonida ulkan transformatsion holatlarni boshdan kechirgani ochib berilgan;
XIX-XX asrlardagi Xorazm vohasi uy-joy qurilishi bilan bog‘liq jarayonlardagi an’anaviylik va modern alomatlari, transformatsiyalashuv holatlari, mustamlaka davri qurilish ishlarida kuzatilgan evropacha va mahalliy texnologiyalar aralashuvi, sovet davri qurilish standartlarida milliy an’analarning yo‘qqa chiqishi, milliy-madaniy jihatdan o‘ziga xos, o‘xshash va farqli tomonlari ochib berilgan; 
Xorazm vohasi aholisi uy-joy qurilishi genezisidan boshlab, barcha bosqichlar tarixshunosligi asoslanib, xronologik chegara doirasida sohada kechgan jadal trasformatsion jarayonlarning asosiy tendensiyalari va yo‘nalishlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzuga doir olib borilgan tadqiqotlar yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
Xorazm vohasi aholisi uy-joy qurilishi genezisidan boshlab, barcha bosqichlar tarixshunosligi tanqidiy tahlil etilib, dissertatsiya xronologik chegaralari doirasida sohada kechgan jadal trasformatsion jarayonlarning asosiy tendensiyalari va yo‘nalishlari ko‘rsatib berilgan ilmiy xulosa, amaliy taklif va tavsiyalardan vohada uy-joy qurilishi bilan bog‘liq urf-odat va marosimlar, shuningdek, turar joy inshootlarining tarkibini funksional o‘rganish asosidagi xulosalar Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi tomonidan yangi ma’lumotlarni olish va umumlashtirish ishlarida foydalanilgan (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 2021 yil 9 sentyabrdagi 01-23-16-son ma’lumotnomasi). Bu natijalar madaniy merosni saqlash, aholi o‘rtasida nomoddiy va moddiy madaniyatga bo‘lgan munosabatni yanada yuksaltirish, ularni kelajak avlodga etkazish va milliy merosni keng miqyosda targ‘ib qilishda muhim manbaviy asos bo‘lib xizmat qilgan;
XIX-XX asrlardagi Xorazm vohasi uy-joy qurilishi bilan bog‘liq jarayonlardagi an’anaviylik va modern alomatlari, transformatsiyalashuv holatlari, mustamlaka davri qurilish ishlarida kuzatilgan evropacha va mahalliy texnologiyalar aralashuvi, sovet davri qurilish standartlarida milliy an’analarning yo‘qqa chiqishi, milliy-madaniy o‘ziga xos, o‘xshash va farqli tomonlarni ochib beruvchi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanali “Ibtido” nomli ko‘rsatuvining “Me’morchilikning shakllanish tarixidan” mavzusidagi maxsus soni uchun ssenariy tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 2 noyabrdagi 01-10-1706-son ma’lumotnomasi). Natijada faktologik ma’lumotlarga boy, ilmiy-nazariy asoslangan va ilmiy-ma’rifiy saviyasi yuqori teleko‘rsatuv tashkil etilgan.
uy-joy qurilish jarayoni va yangi xonadonga ko‘chib kirish bilan bog‘liq irim-sirim, urf-odat va marosimlar, jumladan, “Qoziq qoqdi”, “Charxavik qa’da”, “Joy to‘yi” va “Usta potya” (fotiha) kabi unitila boshlangan marosimlarning tarixiy mental asoslari, mazmun-mohiyati, boshqa hududlardagi holatlar bilan o‘xshash va farqli xususiyatlari hamda mushtarak jihatlari to‘g‘risidagi ilmiy ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining millatlararo munosabatlar sohasidagi turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar va seminarlar tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2021 yil 27 dekabrdagi 14-07-2371-son ma’lumotnomasi). Mazkur ma’lumotlar O‘zbekistonda turli millat va elatlar milliy madaniyati, an’ana va marosimlarni keng targ‘ib etishga asos bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish