Shadmanov Turdibay Ruzibaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston hududida sovet hokimiyatining uy-joy siyosati  (1917-1941 yy.)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tar551.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Ravshan Madjidovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Ishanxodjaeva Zamira Rayimovna, tarix fanlari doktori, professor; Xasanov Baxtiyor Vaxobovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1917-1941 yillarda O‘zbekistonda sovet hokimiyatining uy-joy siyosati va uning o‘zgarishlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sovet hokimiyatining uy-joy siyosati uch bosqichda rivojlanganligi, birinchi bosqichda (1917-1921 yy.) mintaqada sotsializm qurish boshlanishi bilan bog‘liq ravishda sovet davlati uy-joy qurilishi siyosatining qonuniy asoslari shakllanganligi hamda iqtisodiy sohada yangi qarorlar qabul qilinganligi, ikkinchi bosqichda (1921-1924 yy.) uy-joy siyosati sohasida davlat ishtirokida uy-joy qurilishining dastlabki davri va kooperativ turi vujudga kelganligi, uchinchi bosqichda (1925-1941 yy.) ishchilar shaharchalari qurilishining boshlang‘ich davrida uy-joy qurilishini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston SSR hududida tegishli qurilish tashkilotlarining tashkil qilinishi va ushbu sohada markazlashgan boshqaruv tizimining shakllanishi asoslangan;
sovet hokimiyati tomonidan xususiy mulk bekor qilinishi va mulkdorlarga qarshi g‘oyaviy kurash olib borilishi sharoitida uy-joy qurilishi borasida aholining muayyan toifalari uchun sovet rahbariyati tasarrufidagi zamonaviy evropacha uylar turini qurish bilan bog‘liq o‘zgarishlar yuzaga kelganligi aniqlangan;
shaharlar aholisi sonining o‘sishi (tug‘ilishning ortishi, markazdan mintaqa shaharlariga mutaxassis kadrlarni yo‘llash, qishloq aholisining shaharlarga migratsiya tendensiyasining kuchayishi) bilan bog‘liq ravishda yuzaga kelgan uy-joy inqirozi arzon va ayni paytda evropacha uslubdagi barcha qulayliklarga ega ishchilar shaharchalarini qurishga turtki bo‘lganligi asoslab berilgan; 
uy-joylarni davlat mulkiga aylantirish va munisipalizatsiyalashtirish siyosati natijasida mavjud uy-joylarning davlat va mahalliy organlar tasarrufiga o‘tkazilishi oqibatida uy-joy qurilishida moliyaviy va tashkiliy muammolarning yuzaga kelganligi hamda xususiy qurilish foizining davlat qurilishiga qaraganda ustunligi saqlanib qolganligi aniqlangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 1917-1941 yillarda O‘zbekistonda sovet hokimiyatining uy-joy siyosatiga doir tadqiqoti jarayonida olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
sovet hokimiyatining uy-joy siyosati uch bosqichda rivojlanganligi, birinchi bosqichda (1917-1921 yy.) mintaqada sotsializm qurish boshlanishi bilan bog‘liq ravishda sovet davlati uy-joy qurilishi siyosatining qonuniy asoslari shakllanganligi hamda iqtisodiy sohada yangi qarorlar qabul qilinganligi, ikkinchi bosqichda (1921-1924 yy.) uy-joy siyosati sohasida davlat ishtirokida uy-joy qurilishining dastlabki davri va kooperativ turi vujudga kelganligi, uchinchi bosqichda (1925-1941 yy.) ishchilar shaharchalari qurilishining boshlang‘ich davrida uy-joy qurilishini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston SSR hududida tegishli qurilish tashkilotlarining tashkil qilinishi va ushbu sohada markazlashgan boshqaruv tizimining shakllanganligi hamda sovet hokimiyati tomonidan xususiy mulk bekor qilinishi va mulkdorlarga qarshi g‘oyaviy kurash olib borilishi sharoitida uy-joy qurilishi borasida aholining muayyan toifalari uchun sovet rahbariyati tasarrufidagi zamonaviy evropacha uylar turini qurish bilan bog‘liq o‘zgarishlar yuzaga kelganligi xususidagi ilmiy yangiliklar  O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi ekspozisiyasining “O‘zbekiston sovet totalitar tuzumi davrida” nomli bo‘limini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2022 yil 4 fevraldagi 3/1255-252-son ma’lumotnomasi). Ushbu ma’lumotlar  muzeyga tashrif buyuruvchilarning sovet hokimiyati uy-joy siyosatiga doir bilimlarini yanada oshirishga xizmat qiladi.
1917-1941 yillarda shaharlar aholisining son jihatdan o‘sib borishi, shuningdek, aksariyat qishloqlar aholisining shaharlarga ko‘chish tendensiyalarining kuchayishi natijasida yuzaga kelgan uy-joy inqirozi, sovet hukumatining ishchilar shaharchalarini qurish, uy-joylarni davlat mulkiga aylantirish hamda munisipallashtirish siyosati orqali mavjud muammoni hal qilishga harakat qilganligi haqidagi xulosalardan “O’zbekiston tarixi” telekanalining “Xayrli kun”, “Etno” va “Taqdimot” ko‘rsatuvlarida foydalanilib, mazkur dasturlar doirasida uy-joy qurilishidagi moliyaviy va tashkiliy muammolar, uy-joy qurilishi usullari va arxitekturasi masalalari, qurilish materiallarining ishlab chiqilishi va ularning qurilishlarda qo‘llanilishi kabi masalalar efirga uzatilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining 2022 yil 11 yanvardagi 02-30-63-son va 2022 yil 19 yanvardagi 06-28-117-son ma’lumotnomalari). Ko‘rsatuvda o‘z aksini topgan ilmiy materiallar teletomoshabinlarning O‘zbekistonda uy-joy qurilishi tarixi bo‘yicha bilimlarini oshirishga xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish