Xolmurodov Dilshod Rashidovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar: Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida o‘zaro xamkorlik aloqalarining rivojlanishi (1991-2015 yy.)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Tar419. 
Ilmiy rahbar: Sharopov Shamsiddin, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05. 
Rasmiy opponentlar: Bo‘riev Ochil, tarix fanlari nomzodi, professor; Babaxodjaeva Lola Maratovna, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1991-2015 yillarda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi o‘zaro do‘stlik aloqalari rivojlanishini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasi bilan uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun mustahkam zamin yaratilganligi, bugungi kunga kelib ikki tomonlama aloqalarning 337 taga etgan davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo bitimlardan iborat  shartnomaviy-huquqiy bazani ishlab chiqishga erishilganligi, mavjud kelishuvlar va o‘zaro manfaatli loyihalarni nafaqat tezroq amalda ro‘yobga chiqarish, balki istiqbolli yo‘nalishlarda ham hamkorlikni kengaytirilganligi aniqlangan;
O‘zbekiston va Rossiya hamkorligi uchun raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sohasi nihoyatda istiqbolli yo‘nalish hisoblanib, mazkur sohada belgilangan maqsadlarni birgalikdagi sa’y-harakatlar asosida amalga oshirish uchun raqamli iqtisodiyot, texnoparklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, pochta aloqasini takomillashtirish, jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirish va IT-mutaxassislarni tayyorlash jabhasida hamkorlik uchun mustahkam poydevor qo‘yilganligi dalillangan;
O‘zbekistonda Rossiyaning yetakchi oliy o‘quv yurtlari filiallarini ochish to‘g‘risida 100 dan ortiq shartnoma imzolanib, ta’lim sohasiga e’tibor ikki davlat rahbarlarining doimiy diqqat markazida ekanligi, uzoq yillarga mo‘ljallangan madaniy va gumanitar sohada hamkorlik dasturi, Jizzax viloyatidagi Suffa platosida yirik radioteleskop tashkil etish loyihasini amalga oshirish, Olmaliq shahrida Moskva po‘lat va qotishmalar instituti filiali, Toshkentda Moskva davlat universiteti, Rossiya iqtisodiyot akademiyasi va Rossiya davlat neft` va gaz universiteti, Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti hamda Rossiya Milliy ilmiy-tadqiqot yadro universiteti Moskva muhandislik fizikasi instituti filiallarini tashkil etish to‘g‘risida kelishuvlar imzolanganligi dalillangan;
milliy, mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikni ta’minlash masalalarida O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasi bilan mustahkam yo‘lga qo‘ygan hamkorligi keng qamrovli yo‘nalishlarda, xususan, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, terrorizm hamda ekstremizm, ommaviy qirg‘in qurollari tarqalishi, giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi, yangi tahdidlar va xatarlarga qarshi kurashish bo‘yicha o‘zaro faol aloqalarni yo‘lga qo‘yganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘zaro do‘stik hamkorlik aloqalarining shakllanish va rivojlanish tarixiga doir olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflardan:
O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasi bilan uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun mustahkam zamin yaratilganligi, bugungi kunga kelib ikki tomonlama aloqalarning 337 taga etgan davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo bitimlardan iborat  shartnomaviy-huquqiy bazani ishlab chiqishga erishilganligi, mavjud kelishuvlar va o‘zaro manfaatli loyihalarni nafaqat tezroq amalda ro‘yobga chiqarish, balki istiqbolli yo‘nalishlarda ham hamkorlikni kengaytirilganligi kabi jihatlarni ilmiy va arxiv materiallari asosida yoritish masalalari aks etgan tadqiqot natijalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston” teleradiokanali DUK ko‘rsativlarini ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 4 martdagi O’z/R-S-23-21-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomashabinlarda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy, ilmiy va madaniy hamkorlikning rivojlanishiga bag‘ishlangan tahliliy fikrlar va nazariy xulosalarni shakllantirishga xizmat qilgan. 
O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasining madaniy hamkorligi, O‘zbekistonning millatlararo totuvlik siyosati kabi masalalar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi faoliyatiga tatbiq etilib,  O‘zbekiston-Rossiya o‘rtasidagi o‘zaro do‘stlik aloqalari haqidagi ma’lumotlardan ilmiy manba sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamentining 2021 yil 17 iyundagi ma’lumotnomasi). Ushbu natijalar orqali O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston – Rossiya o‘rtasidagi aloqalarni tahlil qilinishida ma’lum darajada xizmat qilgan;
O‘zbekiston va Rossiya hamkorligi uchun raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sohasi nihoyatda istiqbolli yo‘nalish hisoblanib, mazkur sohada belgilangan maqsadlarni birgalikdagi sa’y-harakatlar asosida amalga oshirish uchun raqamli iqtisodiyot, texnoparklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, pochta aloqasini takomillashtirish, jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirish va IT-mutaxassislarni tayyorlash jabhasida  hamkorlik uchun mustahkam poydevor qo‘yilganligi statistik ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining radioeshittirish ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (“O’zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2022 yil 23 fevraldagi 04-36-455-son ma’lumotnomasi). Bu esa radioeshittiruvchilarga raqamli iqtisodiyot, texnoparklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, pochta aloqasini takomillashtirish, jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirish va IT-mutaxassislarni tayyorlash  bilan bog‘liq ma’oumotlarni shakllantirishga yordam bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish