Samadova Nargiza Muhiddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar: Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Alixonto‘ra Sog‘uniyning O‘zbekiston va Sharqiy Turkiston ijtimoiy-siyosiy jarayonlaridagi o‘rni”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/Tar227.
Ilmiy rahbar: Choriev Axmad Xuvaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: Qobulov Eshbolta Atamuratovich, tarix fanlari doktori, professor; Haitov Shodmon Axmadovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Alixon to‘ra Sog‘uniyning Sharqiy Turkiston ijtimoiy-siyosiy jarayonlaridagi o‘rni va faoliyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XIX asr oxiri - XX asr boshlaridagi yurtimizdagi siyosiy vaziyatlarda Alixon to‘ra Sog‘uniyning rivojlanishning demokratik tamoyillarini qaror toptirish tarafdori bo‘lganligi, sovet va Xitoy hukumatlarining olib borgan kamsonli millatlarga nisbatan zo‘ravonlik siyosati natijasida inqilobning barbod bo‘lishi hamda, uning uyg‘ur xalqi taqdiridagi ayanchli oqibatlari dalillangan;
Sovet davrida Alixon to‘ra Sog‘uniy tomonidan yozilgan “Tarixi Muhammadiy”, “Turkiston qayg‘usi”, “Shifo-ul ilal” (“Kasalliklar davosi”), «Devoni Sog‘uniy» (she’riy to‘plam) asarlarida insonparvarlik,, xalqparvarlik va ma’rifatparvarlik g‘oyalari siyosiy, ilmiy-ma’rifiy muhitni yanada rivojlantirishga turtki bo‘lganligi isbotlangan;
Sharqiy Turkiston inqilobi, mustaqil Sharqiy Turkiston jumhuriyati va milliy armiyasining tuzilishida hamda bosqinchilarga qarshi qozonilgan g‘alabalarda Alixon to‘ra Sog‘uniyning ijtimoiy, harbiy va siyosiy faoliyati asoslangan;
o‘z davrining ulug‘ siymolaridan biri, islom ulamosi, “Sharqiy Turkistonni ozod qilish” yashirin tashkiloti a’zolaridan biri Alixon to‘ra Sog‘uniyning shajarasi tuzilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Alixon to‘ra Sog‘uniyning O‘zbekiston va Sharqiy Turkiston ijtimoiy-siyosiy jarayonidagi o‘rni mavzusiga doir olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi vaziyatlarda Alixon to‘ra Sog‘uniyning rivojlanishning demokratik tamoyillarini qaror toptirish tarafdori bo‘lganligiga oid ilmiy natijalardan:
“Sohibqiron yulduzi” ilmiy jurnalida turli bukletlar va maqolalar tayyorlashda, mustaqillik yillarida ijtimoiy-iqtisodiy hayotda amalga oshirilgan islohotlar jamiyatda milliy va diniy qadriyatlarni asrab-avaylash, dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ajdodlarimizning bebaho merosini xolisona o‘rganishga zamin yaratganligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Jamoat fondi tomonidan I-56-10/37-raqamli “Madaniy meros-oliy qadriyat” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi Qashqadaryo viloyat muassasasining 2021 yil 17 dekabrdagi 27-son ma’lumotnomasi). Natijada Alixon to‘ra Shokirxon to‘ra o‘g‘li Sog‘uniyning O‘zbekiston va Sharqiy Turkiston ijtimoiy-siyosiy jarayondagi o‘rnini ilmiy muomalaga kiritish, demokratik tamoyillarni qaror toptirish borasidagi ma’lumotlarni bilib olish imkonini bergan;
O‘zbekiston va Sharqiy Turkistondagi XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi Alixon to‘ra Sog‘uniyning faoliyati, yurtimizdagi o‘sha davr siyosiy voqealar haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston tarixi telekanalining 2021 yil 22 sentyabrdagi 01-40-1768-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar asosida XIX asr oxiri - XX asr boshlaridagi yurtimizdagi siyosiy vaziyat, Alixon to‘ra Sog‘uniyning hayoti va faoliyati, uning Sharqiy Turkiston ijtimoiy-siyosiy jarayonlaridagi o‘rniga oid ilmiy-nazariy xulosalar chiqarish imkonini bergan;
mustabid sovet tuzumi davrida Alixon to‘ra Sog‘uniyning “Tarixi Muhammadiy”, “Turkiston qayg‘usi”, “Shifo-ul ilal” kabi asrlaridagi ma’rifatparvarlik g‘oyalari ilmiy natijalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O’zbekiston tarixi” telekanalining “Buyuk yurt allomalari” ko‘rsatuvi ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (“O’zbekiston tarixi” telekanalining 2022 yil 16 fevraldagi 01-06-394-son dalolatnomasi). Ilmiy natijalarining qo‘llanilishi Alixon to‘ra Sog‘uniyning asarlari ma’rifatparvarlik g‘oyalari ilmiy-ma’rifiy muhitini rivojlantirishga turtki bo‘lganligi bo‘yicha aniq xulosalar chiqarish imkonini bergan.