Abdullaev Safibullo Xabibullaevichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Malaka oshirish jarayonida texnologik ta’lim o‘qituvchilarining ergonomik kompetentligini takomillashtirish”, 13.00.02  Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Ped315. 
Ilmiy maslahatchi: Ibraimov Xolboy, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02 raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik ilmiy kengash.  
Rasmiy opponentlar: Choriev Ro‘zimurod Kungiratovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Bayboboev Nabijon G‘ulomovich, texnika fanlari doktori, professor; Xamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Chirqiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi malaka oshirish jarayonida texnologik ta’lim o‘qituvchilarining ergonomik kompetentligini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnologik ta’lim o‘qituvchilarining ergonomik kompetentligini takomillashtirish jarayonlariga ta’sir etuvchi ilmiylik, mavjudlik, ochiqlik, tushunarlilik, ko‘rgazmalilik, pedagogik moslashuvchanlik, texnologiklik, tizimlilik, izchillik, ta’lim va hayot uzviyligi, differensiallik pedagogik tamoyillari xavfsizlik, qulaylik, ishonchlilik, psixofiziologik moslashish, didaktik dizayn, xronometrik muvofiqlik ergonomik tamoyillari bilan to‘ldirilgan; 
umumiy o‘rta ta’lim maktablari texnologiya fani o‘qituvchilarida ergonomik kompetentlikning shakllanganlik darajasi havfsiz va qulay ta’lim muhitini yaratish ko‘nikmasining kasbiy faoliyatda namoyon bo‘lishi pedagogik ergonomika va ergonomik yondashuvning komponent(maqsadli, mazmunli, faoliyatli va refleksiv)lari interorizatsiya va integrativ yondashuvga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan; 
malaka oshirish jarayonida o‘qituvchilarning ergonomik kompetentligini takomillashtirishga xizmat qiladigan texnologiya (pedagogik faoliyatda ergonomik, kognetiv refleksiya, ergonomik yondashuv, interorizatsiya, pedagogik sinergiya va deantologiya, xavfsiz va qulay ta’lim muhitini yaratish, korreksiya)larni qo‘llash asosida ularning an’anaviy ta’lim muhiti bilan ongli ravishda havfsiz va qulay ta’lim muhitini yaratishga yo‘naltirilgan faoliyatni o‘zaro farqlash ko‘nikmasini rivojlantirish jarayoni takomillashtirilgan; 
texnologik ta’lim o‘qituvchilarining ergonomik kompetentligi xavfsiz va qulay ta’lim muhitini, “o‘qituvchi-o‘quvchi-ta’lim vositasi-muhit” ergonomik tizimni tahlil qilish imkoniyati xavfsiz, qulay va samarali o‘zaro aloqalarni ta’minlaydigan didaktik ta’minotni tanlash va qo‘llash asosida takomillashtirilgan; 
o‘quvchilarga qulay va xavfsiz bilim olish sharoitini yaratish bilan bir qatorda, o‘quvchilarni mehnat muhiti haqidagi zamonaviy g‘oyalar bilan tanishtirish, o‘quvchilarni o‘z ish joyi uchun mas’uliyatli munosabatda bo‘lishini va ijtimoiylashuvi jarayonini shakllantirish borasidagi pedagogik faoliyatni kengaytirish imkoniyatlari o‘quvchilar faoliyatiga doir komponentlariga gorizontal va vertikal ta’sir ko‘rsatish xususiyatlari hamda izchillik tamoyillariga ko‘ra takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Malaka oshirish jarayonida texnologik ta’lim o‘qituvchilarining ergonomik kompetentligini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
texnologik ta’lim o‘qituvchilarining ergonomik kompetentligini takomillashtirish jarayonlariga ta’sir etuvchi ilmiylik, mavjudlik, ochiqlik, tushunarlilik, ko‘rgazmalilik, pedagogik moslashuvchanlik, texnologiklik, tizimlilik, izchillik, ta’lim va hayot uzviyligi, differensiallik pedagogik tamoyillari xavfsizlik, qulaylik, ishonchlilik, psixofiziologik moslashish, didaktik dizayn, xronometrik muvofiqlik ergonomik tamoyillari bilan to‘ldirishga doir taklif va tavsiyalardan Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining FZ-2019081212 raqamli “O‘zbek milliy naqshlarida murakkab fraktal tuzilishlarni bayon etishni geometrik modellashtirish texnologiyasini ishlab chiqarish” mavzusidagi amaliy loyiha bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 14 iyundagi 02-07-1597/04-son dalolatnomasi). Natijada texnologik ta’lim o‘qituvchilarining ergonomik kompetentligini aniqlashga imkon yaratilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablari texnologiya fani o‘qituvchilarida ergonomik kompetentlikning shakllanganlik darajasi havfsiz va qulay ta’lim muhitini yaratish ko‘nikmasining kasbiy faoliyatda namoyon bo‘lishi pedagogik ergonomika va ergonomik yondashuv imkoniyatlari asosida aniqlashga doir amaliy takliflaridan  Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining I-OT-2021-67 raqamli “Ekstremal vaziyatga tushgan insonlarda ijtimoiy-tibbiy-psixologik immunitetni shakillantirish uchun informatsion platforma yaratish” nomli grant doirasida foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 14 iyundagi 02-07-1597/04-son dalolatnomasi). Natijada o‘qituvchi kasbiy va pedagogik “ergonomik kompetentlik” fenomenining mohiyatini va o‘quv ergonomik muhitni yaratish uchun ergonomik kompetentlik tarkibiy qismlarini aniqlashga sharoit yaratilgan;
malaka oshirish jarayonlarida o‘qituvchilarning ergonomik kompetentligini takomillashtirishga xizmat qiladigan texnologiyalarni qo‘llash asosida ularning an’anaviy ta’lim muhiti bilan ongli ravishda havfsiz va qulay ta’lim muhitini yaratishga yo‘naltirilgan faoliyatni o‘zaro farqlash ko‘nikmasini rivojlantirish jarayoni takomillashtirishga oid tavsiyalaridan Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining FZ-2019081212 raqamli “O‘zbek milliy naqshlarida murakkab fraktal tuzilishlarni bayon etishni geometrik modellashtirish texnologiyasini ishlab chiqarish” mavzusidagi amaliy loyixa bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 14 iyundagi 02-07-1597/04-son dalolatnomasi). Natijada texnologik ta’lim o‘qituvchilarining ergonomik kompetentligini takomillashtirishni, xavfsiz, qulay va samarali o‘zaro aloqalarni ta’minlaydigan o‘quv bilish muhiti didaktik imkoniyatlarini tadqiq etishga erishilgan;
texnologik ta’lim o‘qituvchilarining ergonomik kompetentligi xavfsiz va qulay ta’lim muhitini, “o‘qituvchi-o‘quvchi-ta’lim vositasi-muhit” ergonomik tizimni tahlil qilish imkonini beradigan pedagogik ergonomika vositasida xavfsiz, qulay va samarali o‘zaro aloqalarni ta’minlaydigan didaktik ta’minotini tanlash va qo‘llash asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining I-OT-2021-67 raqamli “Ekstremal vaziyatga tushgan insonlarda ijtimoiy-tibbiy-psixologik immunitetni shakillantirish uchun informatsion platforma yaratish” nomli grant doirasida foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 14 iyundagi 02-07-1597/04-son dalolatnomasi). Natijada tinglovchi-o‘qituvchilarning ergonomik kompetentligini takomillashtirish muhiti mazmuni va amalga oshirish modelini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablari texnologiya fani o‘qituvchilarining darslarda ergonomik yondashuv asosida o‘quvchilarga qulay va xavfsiz bilim olish sharoitini yaratish bilan bir qatorda, o‘quvchilarni mehnat muhiti haqidagi zamonaviy g‘oyalar bilan tanishtirish, o‘quvchilarni o‘z ish joy uchun mas’uliyatli munosabatda bo‘lishini va ijtimoiylashuvi jarayonini shakllantirish borasidagi pedagogik faoliyatni kengaytirish imkoniyatlarini takomillashtirish yuzasidan berilgan takliflaridan “Texnologik ta’lim metodikasi”, “Texnologik ta’lim praktikumi” darsliklari yaratilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 iyundagi 233-0259-son, 233-0260-son  guvohnomalari). Natijada texnologik ta’lim o‘qituvchilarining ergonomik kompetentligi takomillashuvini mezon va ko‘rsatkichlar asosida baholash imkoni oshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish