Salixodjaeva Umida Abduakbar qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda aholi turmush darajasining statistik tadqiqi», 08.00.06 – Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Iqt1421.
Ilmiy rahbar: G‘ayibnazarov Bahodir Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Muxitdinov Xudayar Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Turg‘unov Tursunboy Sobirovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida aholi turmush darajasi va undagi asosiy tendensiyalarni  statistik usullarda tahlil qilish va baholash yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aholi turmush farovonligi va daromadlari tabaqalashuvini baholash maqsadida daromadlilik, elastiklik, kvintil`, desil`, konsentratsiya koeffisientlarini kompleks qo‘llash hisobiga “turmush qiymati indeksi”, “hayot sifati indeksi” va “daromadlar polyarizatsiya indeksi” kabi integral ko‘rsatkichlar ishlab chiqilgan;
milliy hisoblar tizimi (MHT-2008) xalqaro standarti asosida uy xo‘jaligi sektorining statistik tanlanma kuzatuvlarida ularning daromadlarining shakllanishi, xarajatlarining tasniflanishi hamda iste’mol va jamg‘armalarining umumlashgan ko‘rsatkichlaridan kompleks foydalanishni ifodalovchi turmush mezonlari, aholi pul daromadlari, tovar va xizmatlar iste’moli, jamg‘armalarning o‘sishi kabi ko‘rsatkichlar taklif qilingan;
turmush qiymati, real daromad va elastikligi uyg‘unligiga ko‘ra, aholi daromadlari, xarajatlari va jamg‘armalarining optimal tebranishlariga (o‘zgaruvchanligi)  asoslangan holda aholining daromadlilik darajasiga ta’sir qiluvchi omillar kompleks statistik baholangan; 
O‘zbekiston Respublikasida aholi turmush darajasining istiqboldagi holatini baholash maqsadida o‘rta muddatli (2022-2026 yillar) statistik prognozlar ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Aholi turmush darajasi, farovonligi va daromadlari tabaqalashuvini baholash  jarayonlarining statistik tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
aholi turmush farovonligi va daromadlari tabaqalashuvini baholash maqsadida “turmush qiymati indeksi”, “hayot sifati indeksi” va “daromadlar polyarizatsiya indeksi” kabi integral ko‘rsatkichlar bo‘yicha berilgan takliflar Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining ijtimoiy muammolar bo‘yicha statistika tadqiqotlari bo‘limi tomonidan “Xalqaro tashkilotlar tavsiyalari asosida aholi turmush darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni hisoblash hamda uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvini o‘tkazish uslubiyatini takomillashtirish” mavzusidagi uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqishda hamda 2020 yil 3-avgustdagi PQ-4796-son Qarori bilan tasdiqlangan “2020-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasi”ning 5.5-bandiga kiritilgan tadbirlarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti 2022 yil 1 fevraldagi 01/1-01-15/2-29-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar aholi turmush tarzini farovonlashtirish va pul daromadlari darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni aniqlash, asosiy tendensiyalarni statistik usullarda baholash imkoniyatlarini oshirishga olib kelgan; 
milliy hisoblar tizimi (MHT-2008) xalqaro standarti asosida uy xo‘jaligi sektorining statistik tanlanma kuzatuvlarida ularning daromadlarining shakllanishi, xarajatlarining tasniflanishi hamda iste’mol va jamg‘armalarining umumlashgan ko‘rsatkichlaridan kompleks foydalanishni ifodalovchi turmush mezonlari, aholi pul daromadlari, tovar va xizmatlar iste’moli, jamg‘armalarning o‘sishi kabi taklif etilgan ko‘rsatkichlar O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan "Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini mustahkamlash" nomli loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil 6 maydagi 01/00-03/09-3948-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar institutsional birlik sifatida tanlangan uy xo‘jaligi sektorining xalqaro standartlar asosida statistik kuzatuvlarini takomillashtirish va baholashga xizmat qilgan;
turmush qiymati, real daromad va elastikligi uyg‘unligiga ko‘ra aholi daromadlari, xarajatlari va jamg‘armalarining optimal tebranishlariga (o‘zgaruvchanligi)  asoslangan holda aholining daromadlilik darajasiga ta’sir qiluvchi omillarning kompleks statistik baholash bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan “Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini mustahkamlash" nomli loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil 6 maydagi 01/00-03/09-3948-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar aholining daromadlilik darajasiga ta’sir qiluvchi omillar, tamoyillar va ko‘rsatkichlarni kompleks baholash imkoniyatlarini kengaytirgan; 
O‘zbekiston Respublikasida aholi turmush darajasining istiqboldagi holatini baholash maqsadida o‘rta muddatli (2022-2026 yillar) statistik prognozlar O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi amaliy faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil 6 maydagi 01/00-03/09-3948-son ma’lumotnomasi). Bu esa istiqbolda respublikada aholi turmush farovonligining prognoz ko‘rsatkichlarini shakllanishiga hamda qiyosiy taqqoslash imkoniyatlarini baholashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish