Mamadiyarov Zokir Toshtemirovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Raqamli transformatsiya jarayonida bank xizmatlarini masofadan ko‘rsatishning metodologik asoslarini takomillashtirish», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit» va 08.00.16 – «Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya» ixtisosliklari bo‘yicha (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Iqt384.
Ilmiy maslahatchi: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich, akademik, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kuzieva Nargiza Ramazanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Raxmatov Xasan Utkirovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: «Trastbank» xususiy aksiyadorlik banki.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli transformatsiya jarayonida bank xizmatlarini masofadan ko‘rsatishning zamonaviy yondashuvlaridan foydalanish hamda metodologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Robotic Process Automation tizimining virtual mexanizmlarini banklar dasturiy ta’minotida qo‘llash orqali banklarning operatsion samaradorlik (cost to income ratio, CIR) ko‘rsatkichining 50%dan oshmasligini ta’minlash va mijozlarga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar ulushini 60% gacha oshirish imkoniyati asoslangan;
depozit-kredit va boshqa moliyaviy xizmatlarni masofadan onlayn ko‘rsatishda davlat tashkilotlari (Ichki ishlar vazirligi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi va boshqa) ma’lumotlar bazasini integratsiyalash orqali bir oyda bitta xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha kreditlar sonini 30 birlikka oshirish taklifi asoslangan;
raqamli bank xizmatlari va texnologiyalarining (Regulatory technology, QR kodlar, NFS tizimi, maslahatchi robotlar, sun’iy intellekt va big data) joriy xisobraqamlarga kompleks xizmat ko‘rsatishi orqali banklarning moliyaviy xizmatlari tariflarini mijozlar segmentlariga ko‘ra optimallashtirish asosida bank daromadlarini oshirish taklif qilingan;
innovatsion moliyaviy texnologiyalar va bank hisobotlarini avtomatik ravishda shakllantirish (Data Base) tizimini tatbiq etish maqsadida DWH (Data Warehouse) «ma’lumotlar ombori» tizimini tashkil etish orqali ma’lumotlar aniqligini ta’minlash va ularni qayta ishlashga sarflanadigan vaqtni 2 barobarga kamaytirish taklif qilingan;
mobil banking orqali raqamli xizmat ko‘rsatishda raqamli identifikatsiyalash mexanizmi (FaceID) bilan identifikatsiyalash va masofaviy biometrik autintifikatsiyalashni joriy qilish natijasida moliyaviy kiber tahdidlarni minimallashtirish va mijozlarni rag‘batlantirish maqsadida pul o‘tkazmalaridan olinadigan xizmat haqini 0,5-0,8%, to‘lovlardan olinadigan xizmat haqini 0,3-0,4% chegaralar oralig‘ida tabaqalashtirish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Raqamli transformatsiya jarayonida bank xizmatlarini masofadan ko‘rsatishning metodologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
Robotic Process Automation tizimining virtual mexanizmlarini banklar dasturiy ta’minotida qo‘llash orqali banklarning operatsion samaradorlik (cost to income ratio, CIR) ko‘rsatkichining 50%dan oshmasligini ta’minlash va mijozlarga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar ulushini 60% gacha oshirish imkoniyati bo‘yicha berilgan taklifi ATB «O‘zbekiston sanoat-qurilish banki» ni 2021 yilga mo‘ljallangan Biznes rejasini ishlab chiqishda inobatga olingan («O‘zbekiston sanoat-qurilish banki» ATB boshqaruvining 2022 yil 8 iyundagi 08-07/3442-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etish natijasida «O‘zbekiston sanoat-qurilish banki» ATBni transformatsiya qilish, bank xizmatlari markazlari va Front-ofislarni tashkil etilishi hisobiga mijozlar bilan ishlaydigan xodimlar ulushi 2021 yilda 2020 yilga nisbatan transformatsiya qilingan filiallarda 45%dan 67%ga, bankning operatsion samaradorlik (cost to income ratio, CIR) ko‘rsatkichi 4 foizga oshib 29,6 foizni tashkil etgan;
depozit-kredit va boshqa moliyaviy xizmatlarni masofadan onlayn ko‘rsatishda davlat tashkilotlari (Ichki ishlar vazirligi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi va boshqa) ma’lumotlar bazasini integratsiyalash orqali bir oyda bitta xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha kreditlar sonini 30 birlikka oshirish taklifi «Turonbank» ATBning chakana kreditlash borasidagi nizomlari tegishli bandlarini ishlab chiqishda inobatga olingan («Turonbank» ATB boshqaruvining 2022 yil 16 maydagi 09/04-740-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida «Turonbank» ATBda kreditlash jarayoni 1 bosqichga o‘tishi, ya’ni, bosh ofisda anderrayterlar tomonidan ko‘rib chiqilishi va moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatishni tezlashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilish natijasida 2021 yilda 2020 yilga nisbatan chakana kredit portfel xajmi qariyb 500 mlrd. so‘mga oshgan;
raqamli bank xizmatlari va texnologiyalarining (Regulatory technology, QR kodlar, NFS tizimi, maslahatchi robotlar, sun’iy intellekt va big data) joriy xisobraqamlarga kompleks xizmat ko‘rsatishi orqali banklarning moliyaviy xizmatlari tariflarini mijozlar segmentlariga ko‘ra optimallashtirish asosida bank daromadlarini oshirish taklifi ATB «O‘zbekiston sanoat-qurilish banki» ni 2021-2023 yillarda rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda inobatga olingan («O‘zbekiston sanoat-qurilish banki» ATB boshqaruvining 2022 yil 8 iyundagi 08-07/3442-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etish natijasida «O‘zbekiston sanoat-qurilish banki» ATB ning bank tarifini oqilona yuritish natijasida bank daromadlari 2021 yilda 2020 yilga nisbatan 1,25 barobarga oshib 6,6 trln. so‘mni tashkil etgan;
innovatsion moliyaviy texnologiyalar va bank hisobotlarini avtomatik ravishda shakllantirish (Data Base) tizimini tatbiq etish maqsadida DWH (Data Warehouse) «ma’lumotlar ombori» tizimini tashkil etish orqali ma’lumotlar aniqligini ta’minlash va ularni qayta ishlashga sarflanadigan vaqtni 2 barobarga kamaytirish taklifi ATB «O‘zbekiston sanoat-qurilish banki» ni 2021-2023 yillarda rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda inobatga olingan («O‘zbekiston sanoat-qurilish banki» ATB boshqaruvining 2022 yil 8 iyundagi 08-07/3442-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida «O‘zbekiston sanoat-qurilish banki» ATBda bank-mijoz dasturidan foydalanuvchi mijozlar soni 2020 yilga nisbatan 2021 yilda 13%ga, SMS banking xizmatidan foydalanuvchilar 19%ga, mobil banking xizmatidan foydalanuvchilar soni 28%ga, mobil ilovadan foydalanuvchi jismoniy shaxslar soni 42%ga o‘sib, bankda DWH Ma’lumotlar ombori tizimi tashkil qilish orqali hisobotlarini avtomatlashtirishga sarflanadigan ish vaqtini 2 barobarga kamaytirish imkoni yaratilgan;
mobil banking orqali raqamli xizmat ko‘rsatishda raqamli identifikatsiyalash mexanizmi (FaceID) bilan identifikatsiyalash va masofaviy biometrik autintifikatsiyalashni joriy qilish natijasida moliyaviy kiber tahdidlarni minimallashtirish va mijozlarni rag‘batlantirish maqsadida pul o‘tkazmalaridan olinadigan xizmat haqini 0,5-0,8%, to‘lovlardan olinadigan xizmat haqini 0,3-0,4% chegaralar oralig‘ida tabaqalashtirish taklifi «O‘zbekiston sanoat-qurilish banki» ATBning 2022 yil 10 martdagi «Bank axborot tizimida FaceID texnologiyasini joriy qilish bo‘yicha» chora-tadbirlar rejasining 8-bandini ishlab chiqishda inobatga olingan («O‘zbekiston sanoat-qurilish banki» ATB boshqaruvining 2022 yil 8 iyundagi 08-07/3442-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida mobil banking orqali moliyaviy xizmatlar amalga oshirishda moliyaviy kiber tahdidlarni minimallashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish