Yaxyaeva Sojida Abduraximovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yoshlarda estetik madaniyatni shakllantirishning ma’naviy-mafkuraviy masalalari», 09.00.02 – Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (Estetika) (falsafa fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fal404.  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02
Ilmiy rahbar: G‘aybullaev Otabek Muxammadievich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Nasiba Buronovna, falsafa fanlar doktori (DSc), dotsent; Xusanov Bahodir Ergashovich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yoshlar estetik madaniyatining yuksalishiga ta’sir etuvchi ma’naviy-mafkuraviy mexanizmlarni aniqlash va uni takomillashtirish yuzasidan taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
estetik madaniyat tizimidagi resurslarning ekzistensialistik mohiyati, regulyativ, kompensatorlik funksiyalari san’at, badiiy adabiyot, teatr, kino orqali jamiyatda yoshlar ongida institutsional va funksional integrallashishi mantiqiy dalillangan;
estetik madaniyatning ma’naviy-mafkuraviy (dunyoviy, diniy, ilmiy) asoslari va uni rivojlantiruvchi omillar (san’at, din, fan)ning fenomenlari simbiozi ratsional,  irratsional rivojlanishi yoshlar estetik idealining deterministik xarakteri bilan dialektik aloqadorligi ochib berilgan;
milliy qadriyatlar bilan uyg‘unlashgan valeoestetik (an’ana, urf-odat, sog‘lom turmush tarzi) madaniyat va madaniy merosning etnoestetik ko‘rinishlari bo‘lgan xalq o‘yinlari, sayllarning jamiyatda beg‘araz sog‘lom estetik muhitni yaratishdagi gnoseologik motivlari falsafiy jihatdan  asoslangan;
yoshlar estetik madaniyatining rivojlanishidagi kompetensiya ko‘rsatgich (bilim, ijodkorlik qobiliyati, muomala madaniyati, sahna tomosha)lari va estetik ob’ekt (estetik nazariya, did, baho)larini praksiologik jihati bevosita axloqiy mezonlarning dinamik xususiyati bilan dialektik rivojlanishi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yoshlarda estetik madaniyatni shakllantirishning ma’naviy-mafkuraviy masalalari bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
estetik madaniyat tizimidagi resurslarning ekzistensialistik mohiyati, regulyativ, kompensatorlik funksiyalari san’at, badiiy adabiyot, teatr, kino orqali jamiyatda yoshlar ongida institutsional va funksional integrallashishiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston milliy universitetida bajarilgan PZ-20170928696 raqamli “O‘zbekistonda islohotlar jarayonini tahlil etish va amalga oshirishning konseptual-falsafiy metodologiyasi” mavzusidagi amaliy grant loyihasi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2021 yil 21 maydagi 4-13/735-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarning ma’naviy-mafkuraviy ongini rivojlantirishga qaratilgan targ‘ibot va tashviqot ishlarining samardorligini oshirishga xizmat qilgan;  
estetik madaniyatning ma’naviy-mafkuraviy (dunyoviy, diniy, ilmiy) asoslari va uni rivojlantiruvchi omillar (san’at, din, fan)ning fenomenlari simbiozi ratsional,  irratsional rivojlanishi yoshlar estetik idealining deterministik xarakteri bilan dialektik aloqadorligiga oid taklif-tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining PZ-20170930386 raqamli “O‘zbekistonda milliy qadriyatlar, o‘zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishda falsafiy merosning o‘rnini ilmiy tadqiq etish asosida O‘zbekiston falsafa tarixi (3 tomlik o‘zbek tilida) kitobining III-tomini nashrga tayyorlash” mavzusidagi amaliy grant loyihasidagi vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 24 maydagi 20/02-571-son ma’lumotnomasi). Natijada, kitobga kiritilgan falsafiy-estetik atamalarning mazmunan boyishiga va estetik tushunchalarning yanada zamonaviylashishiga xizmat qilgan;
milliy qadriyatlar bilan uyg‘unlashgan valeoestetik (an’ana, urf-odat, sog‘lom turmush tarzi) madaniyat va madaniy merosning etnoestetik ko‘rinishlari bo‘lgan xalq o‘yinlari, sayllarning jamiyatda beg‘araz sog‘lom estetik muhitni yaratishdagi gnoseologik motivlariga doir taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Samarqand viloyati musiqa va drama teatri tadbir dasturlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021 yil 10 iyundagi 20/20-558-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarning xulq-atvoridagi maqsadlar ezgulikka intilishning barqarorlashishiga, akmeologik xususiyatlarning estetik qiyofasi rivojlanishiga xizmat qilgan;
yoshlar estetik madaniyatining rivojlanishidagi kompetensiya ko‘rsatgich (bilim, ijodkorlik qobiliyati, muomala madaniyati, sahna tomosha)lari va estetik ob’ekt (estetik nazariya, did, baho)larini praksiologik jihati bevosita axloqiy mezonlarning dinamik xususiyati bilan dialektik rivojlanishiga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining “Kun mavzusi” ko‘rsatuvining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining 2021 yil 21 maydagi 09.09/217-son ma’lumotnomasi). Natijada keng jamoatchilikning estetik tushunchalari, ongi va va madaniyati nafosatlilik bilan uyg‘unlashishiga, muloqot madaniyatidagi estetik idealning oshishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish