Eshnazarova Farida Jo‘raqulovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ta’limda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning ijtimoiy-falsafiy masalalari», 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fal427.
Ilmiy rahbar: G‘aybullaev Otabek Muxammadievich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02.
Rasmiy opponentlar: Saidqosimov Akbar Isoxanovich, falsafa fanlari doktori (DSc), professor; Choriev Sanjarbek Anvarovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ta’limda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning falsafiy mohiyati, imkoniyatlari va mexanizmlarini modernizatsiyalashning ijtimoiy-falsafiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“innovatsiya”, “innovatsion texnologiya” tushunchalari o‘rtasidagi o‘zaro dialektik aloqadorlik va ularning “zamonaviy ta’lim” konsepsiyasi rivojida barqarorlashtiruvchi va baholovchi falsafiy mezonlarning metodologik ahamiyat kasb etishi konstruktivlik asosida ochib berilgan;
oliy ta’lim tizimida transformatsion o‘zgarishlar, kompleks modernizatsiyalar natijasida innovatsion texnologiyalarga asoslangan ta’lim, kreativ, mental va differensial yondashuvlar yuzaga kelganligi va uning uslubiy, ta’limiy, texnologik, funksional kabi ijtimoiy omillariga ta’sirchanligi falsafiy asoslangan;
ta’limdagi innovatsion jarayonlarni rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim omillar (qonunchilik bazasi, zamonaviy pedtexnologiyalar, innovatsion infratuzilmalar)ni germenevtikasi ishlab chiqilgan bo‘lib, uning natijadorlikka asoslangan uzviylik, ilmiy, izchillik kabi mental xususiyatlari ma’naviy islohotlar davrida ta’lim sifatini ijobiy o‘zgarishida determinantligi aniqlangan;
ratsional faoliyat negizida zamonaviy innovatsiyalarning qo‘llanilishi pozitivligi yoshlarning kreativ fikrlashi, kognitiv faoliyatini kengayishiga olib kelishi natijasida ta’limning siklik, sinergetik, sinkretik xususiyatlarini takomillashtiruvchi sifatida namoyon bo‘lishi mantiqiy dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ta’lim tizimida innovatsion texnologiyalarni yangi bosqichga olib chiqishning ijtimoiy-falsafiy masalalarini ilmiy tadqiqi natijasida:
innovatsiya”, “innovatsion texnologiya” tushunchalari o‘rtasidagi o‘zaro dialektik aloqadorlik va ularning “zamonaviy ta’lim” konsepsiyasi barqarorlashtiruvchi va baholovchi falsafiy mezonlarining metodologik ahamiyat kasb etishi konstruktivligiga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston milliy universitetida 2019-2020 yillarda bajarilgan KA-3-007 raqamli “O‘zbekistonda fan va ta’lim integratsiyalashuvi jarayonining ijtimoiy, ma’naviy-ahloqiy, konseptual falsafiy muammolari tahlili” mavzusidagi amaliy loyiha ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy universitetining 2021 yil 23 noyabrdagi 13/735-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan innovatsiyalarning samaradorligini oshirishda targ‘ibot va tashqiqot ishlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
oliy ta’lim tizimida transformatsion o‘zgarishlar, kompleks modernizatsiyalar natijasida innovatsion texnologiyalarga asoslangan ta’lim, kreativ, mental va differensial yondashuvlar yuzaga kelganligi va uning uslubiy, ta’limiy, texnologik, funksional kabi ijtimoiy omillariga ta’sirchanligi haqidagi taklif-tavsiyalardan Samarqand davlat chet tillar instituti bilan hamkorlikda Evropa Ittifoqi Erasmus + dasturining 2016-2018 yillarga mo‘ljallangan 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP raqamli “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli xalqaro grant loyihasi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2021 yil 21 senyatbrdagi 4-13/735-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim sohasidagi innovatsiyalarni yoshlarga keng ko‘lamda ta’lim falsafasi asosida o‘rgatishda va ularni amaliyotga joriy etishda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
ta’limdagi innovatsion jarayonlarni rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim omillar (qonunchilik bazasi, zamonaviy pedtexnologiyalar, innovatsion infratuzilmalar)ni germenevtikasi ishlab chiqilgan bo‘lib, uning natijadorlikka asoslangan uzviylik, ilmiy, izchillik kabi mental xususiyatlari ma’naviy islohotlar davrida ta’lim sifatini ijobiy o‘zgarishida determinantligiga doir taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston milliy universitetida 2019-2020 yillar bajarilgan KA-3-007-raqamli “O‘zbekistonda fan va ta’lim integratsiyalashuvi jarayonining ijtimoiy, ma’naviy-ahloqiy, konseptual falsafiy muammolari tahlili” mavzusidagi amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy universitetining 2021 yil 23 noyabrdagi 13/735-son ma’lumotnomasi). Natijada, amaliy loyiha ilmiy apparatini takomillashtirishga va innovatsion ta’limning apparatini optimallashtirishga xizmat qilgan;
ratsional faoliyat negizida zamonaviy innovatsiyalarning qo‘llanilishi pozitivligi yoshlarning kreativ fikrlashi, kognitiv faoliyatini kengayishiga olib kelib, ta’limning siklik, sinergetik, sinkretik xususiyatlarini takomillashtiruvchi sifatida namoyon bo‘lishiga oid taklif va tavsiyalaridan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining “Yoshlar kelajagimiz” teleko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining 2021 yil 23 martdagi 02-10-425-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida zamonaviy kadrlar tayyorlash, pedagog kadrlar faoliyatini kuchaytirish va milliy qonunchiliklarni o‘zgartirishga qaratilgan fikrlarini boyishiga xizmat qilgan.