Xidirov Xoshim Ibodullaevichning 
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishning ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-ma’rifiy jihatlari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Fal280.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02 
Ilmiy rahbar: Yaxshilikov Jo‘raboy Yaxshilikovich, falsafa fanlari doktori, professor. 
Rasmiy opponentlar: G‘aybullaev Otabek Muhammadievich, falsafa fanlari doktori, professor; Hakimov Nazar Hakimovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yangilanayotgan O‘zbekiston sharoitida korrupsiyaga qarshi kurashishning ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-ma’rifiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamiyat tarixiy taraqqiyoti bosqichlarida korrupsiya xodisasi salbiy ijtimoiy fenomen sifatida rivojlanishining ma’naviy-mafkuraviy, qonuniy jazo choralari bilan bog‘liq targ‘ibot jarayonini tizimga solinmaganligi, fuqarolarning huquqiy savodxonlik darajasi etishmasligi, nazorat qilishning etarli darajada tashkillashtirilmaganligi kabi sabablari va uning jamiyat hayotiga xavf soluvchi ishonchsizlik, mas’uliyatsizlik, qonunbuzarlik singari ijtimoiy oqibatlari falsafiy ochib berilgan;
xalqimizning axloqiy-ma’naviy qadriyatlari aks ettirilgan me’yor va tamoyillar asosida shakllangan halollik, kasbga sadoqatlilik tuyg‘ulariga ehtiyojning ortishi sababli korrupsiyaga qarshi kurashishning boshqarish, nazorat qilish, tashkillashtiruvchi kabi mezonlarini ishlab chiqish zarurligi falsafiy isbotlangan; 
Markaziy Osiyoda yashab o‘tgan mutafakkirlarining burch, majburiyat va mas’uliyat bilan bog‘liq axloqiy qarashlari orqali aholi siyosiy tafakkurini rivojlantirish mumkinligi, ularning korrupsiya-poraxo‘rlik haqidagi fikrlari ijtimoiy-falsafiy jihatdan paradigmal xususiyatga ega ekanligi asoslangan; 
mamlakatimizda kambag‘allik va qashshoqlikni tugatishga salbiy ta’sir etuvchi korrupsion holatlarning moddiy-texnik bazasiga bog‘liq ob’ektiv va shaxs aralashuvi bilan bog‘liq sub’ektiv omillarni bartaraf etishning ma’naviy-ma’rifiy xarakterdagi milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan zamonaviy innovatsion usullari (ta’lim-tarbiya-targ‘ibot) dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Korrupsiyaga qarshi kurashishning ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-ma’rifiy jihatlarini tadqiq qilish natijalari asosida:
jamiyat tarixiy taraqqiyoti bosqichlarida korrupsiya xodisasi salbiy ijtimoiy fenomen sifatida rivojlanishining ma’naviy-mafkuraviy, qonuniy jazo choralari bilan bog‘liq targ‘ibot jarayonini tizimga solinmaganligi, fuqarolarning huquqiy savodxonlik darajasi etishmasligi, nazorat qilishning etarli darajada tashkillashtirilmaganligi kabi sabablari va uning jamiyat hayotiga xavf soluvchi ishonchsizlik, mas’uliyatsizlik, qonunbuzarlik singari ijtimoiy oqibatlariga oid ilmiy xulosa va taklif-tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining O‘zbekiston Respublikasida 2021 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturining II yo‘nalishiga oid “O‘zbekistondagi yangilanish jarayonlari, amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish, “Yangi O‘zbekiston – Uchinchi Renessans sari” g‘oyasini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan umummilliy harakatni yuzaga keltirish chora-tadbirlari” 12 bandi Vatanparvarlik, yurtga sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirish, yoshlarning ijodiy fikrlashini qo‘llab-quvvatlash, ular o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 18 martdagi 02/02/432-son ma’lumotnomasi). Natijada, aholi, ayniqsa, yoshlarning korrupsiya illatlariga qarshi kurashuvchanlik hislatlarini ongiga singdirish va ularni barkamol inson qilib tarbiyalashga xizmat qilgan;
xalqimizning axloqiy-ma’naviy qadriyatlari aks ettirilgan me’yor va tamoyillar asosida shakllangan halollik, kasbga sadoqatlilik tuyg‘ulariga ehtiyojning ortishi sababli korrupsiyaga qarshi kurashishning boshqarish, nazorat qilish, tashkillashtiruvchi kabi mezonlarini ishlab chiqish zarurligiga oid ilmiy taklif va tavsiyalaridan “Falsafa” darsligining “Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot” deb nomlangan IX bob “Global korrupsiya ijtimoiy-madaniy inqiroz oqibati” nomli mavzusini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand davlat universitetining 2021 yil 16 dekabrdagi 10-5183-son ma’lumotnomasi.) Natijada, mamlakatimiz aholisi, ayniqsa, talaba-yoshlarida bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish holatlarini oldini olish, jamiyatimizdagi salbiy illatlardan biri bo‘lgan korrupsiya illatiga qarshi mafkuraviy immunitetini shakllantirish va ular ongida g‘oyaviy-mafkuraviy xavfsizlik tushunchalarini singdirishga xizmat qilgan;
Markaziy Osiyoda yashab o‘tgan mutafakkirlarining burch, majburiyat va mas’uliyat bilan bog‘liq axloqiy qarashlari orqali aholi siyosiy tafakkurini rivojlantirish mumkinligi, ularning korrupsiya-poraxo‘rlik haqidagi fikrlari ijtimoiy-falsafiy jihatdan paradigmal xususiyatga ega ekanligiga oid xulosa va taklif-tavsiyalaridan “Adolatli huquqiy demokratik davlatni bunyod etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish uchun adolatsizlikka, uning jirkanch ko‘rinishi bo‘lgan korrupsiyaga qarshi kurashish zarurligi kabi holatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar”ning dastur ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining 2021 yil 21 dekabrdagi 01-1/1/461- son ma’lumotnomasi). Natijada, fuqarolarda jamiyatda kambag‘allik va qashshoqlikni bartaraf etish jarayonida ushbu salbiy illatga nisbatan murosasizlik tuyg‘usining shakllanishiga, ularda davlat va jamiyat hayotiga daxldorlik hisining yanada yuksalishiga, jamiyat hayotida qaror topayotgan adolat va haqiqat g‘oyalarini takomillashtirish kabi tuyg‘ularni rivojlantirishga xizmat qilgan;
mamlakatimizda kambag‘allik va qashshoqlikni tugatishga salbiy ta’sir etuvchi korrupsion holatlarning moddiy-texnik bazasiga bog‘liq ob’ektiv va shaxs aralashuvi bilan bog‘liq sub’ektiv omillarni bartaraf etishning ma’naviy-ma’rifiy xarakterdagi milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan zamonaviy innovatsion usullari (ta’lim-tarbiya-targ‘ibot)ga oid ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalaridan Jizzax viloyat teleradiokompaniyasining 2019 yil 13 may kuni efirga uzatilgan “Xabarlar” dasturida, 2019 yil 27 maydagi “Yoshlar orasida” radio tok-shousida “Ta’lim sohasida korrupsiyaning oldini olish” mavzusida, 2021 yil 24 aprel va 8 maydagi “E’tiboringiz markazida” tok-shoularining dastur ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Jizzax viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 7 iyuldagi 01/08753-son ma’lumotnomasi). Natijada, keng aholi va yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat, korrupsiyaga qarshi kurashishning aniq hulqni shakllantirishga qaratilgan, aholining huquqiy madaniyatini shakllantirishda fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini o‘tkazish ishlarini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish