Qosimov Fayzullajon Sa’dullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yangilanayotgan O‘zbekistonda inson kapitalini rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy asoslari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fal.598.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02 
Ilmiy rahbar: G‘affarova Gulchehra G‘ulamjanovna, falsafa fanlari doktori, dotsent. 
Rasmiy opponentlar: Yaxshilikov Juraboy Yaxshilikovich, falsafa fanlari doktori, professor; Norqulov Do‘stmurod Toshpo‘latovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yangilanayotgan O‘zbekistonda inson kapitali shakllanishi va rivojlanishining ijtimoiy-falsafiy asoslarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«inson kapitali» tushunchasi mohiyatining fundamental xususiyatidagi ilmiy gnoseologik qiziqishning ijtimoiy borliqqa progressiv ta’siriga ko‘ra zamonaviy ijtimoiy hayotning strategik muhim sohasi ekanligi hamda uning ta’lim, bilim, sog‘lik, bandlik, hayot darajasi, hududiy joy singari o‘ziga xos xususiyatlari orqali namoyon bo‘lishi aniqlangan;
innovatsiya, investisiya va raqobatbardoshlik iqtisodiy rivojlanishning intensiv ishlab chiqarishi sababli nafaqat jamiyatning iqtisodiy o‘sish darajasini ta’minlashi balki inson kapitalini rivojlantirishning asosiy omili ekanligi hamda ilmiy-nazariy yondashuvlardagi ijtimoiy-demografik, institutsional, ijtimoiy-iqtisodiy transformatsiyalar va ijtimoiy jarayonning hamkorlik, raqobat, moslashuv kabi innovatsion mexanizmlari ochib berilgan;
jamiyat hayotida inson kapitalining ahamiyati ortib borishida bilimlar generatsiyasi va ijtimoiy-texnologik infratuzilmani o‘zgartirish tezligining ortishiga ko‘ra iqtisodiy rivojlanish, sog‘liqni saqlash bilan birga ta’lim muhim omil ekanligi hamda ijtimoiy taraqqiyotning zamonaviy qirralari (raqamli iqtisodiyot, xizmat ko‘rsatish, postindustriallashish) bilan bozor iqtisodiyoti chuqurlashuvi qonuniyatlariga asoslangan rivojlanishdagi o‘zaro aloqadorlikning konstruktiv mohiyati dalillangan; 
inson faolligi, uning bilimi, kreativligi, yangi tafakkurni shakllantirish jamiyatning strukturaviy o‘zgarishlariga olib keluvchi transformatsiyalar omili ekanligiga ko‘ra nafaqat jamiyatning intellektual faoliyatini oshishiga balki Yangi O‘zbekistonda inson kapitalini rivojlantirishning zaruriyati hamda qashshoqlik, ijtimoiy tengsizlik, ishsizlik, bandlik, aholi salomatligi, gender tenglik kabi ijtimoiy muammolarning ratsional echimi ekanligi asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi O‘zbekistonda inson kapitalini rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy asoslarini tadqiq etishdan olingan ilmiy natijalar asosida:
«inson kapitali» tushunchasi mohiyatining fundamental xususiyatidagi ilmiy gnoseologik qiziqishning ijtimoiy borliqqa progressiv ta’siriga ko‘ra zamonaviy ijtimoiy hayotning strategik muhim sohasi ekanligi hamda uning ta’lim, bilim, sog‘lik, bandlik, hayot darajasi, hududiy joy singari o‘ziga xos xususiyatlari orqali namoyon bo‘lishiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining «Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik» shiori ostida «Yoshlar oyligi»ni tashkil etish va o‘tkazish hamda «Hokimning yoshlarga murojaati» loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2021 yil 6 sentyabrdagi 2-13-23-2215-son ma’lumotnomasi). Natijada Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlarini hamda yoshlarga viloyat rahbari tomonidan yo‘llangan murojaatning nazariy asoslarini takomillashishiga xizmat qilgan;
innovatsiya, investisiya va raqobatbardoshlik iqtisodiy rivojlanishning intensiv ishlab chiqarishi sababli nafaqat jamiyatning iqtisodiy o‘sish darajasini ta’minlashi balki inson kapitalini rivojlantirishning asosiy omili ekanligi hamda ilmiy-nazariy yondashuvlardagi ijtimoiy-demografik, institutsional, ijtimoiy-iqtisodiy transformatsiyalar va ijtimoiy jarayonning hamkorlik, raqobat, moslashuv kabi innovatsion mexanizmlariga doir tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetining «O‘zbekistonda islohotlar jarayonini tahlil etish va amalga oshirishning konseptual metodologiyasi (Harakatlar strategiyasi asosida)» mavzuidagi PZ-20170928696 raqamli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2022 yil 18 apreldagi 04/11-2196-son ma’lumotnomasi). Natijada Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilgan tizimli islohotlarni kengroq hamda jamiyatning yangi taraqqiyot bosqichida inson kapitalini rivojlantirish, O‘zbekistonda inson kapitali migratsiyasini o‘rganish, intellektual kapitalni yanada mustahkamlash asosida modernizatsiya qilish yo‘llari va inson kapitalining funksional xususiyatlarini aniqlashga xizmat qilgan; 
jamiyat hayotida inson kapitalining ahamiyati ortib borishida bilimlar generatsiyasi va ijtimoiy-texnologik infratuzilmani o‘zgartirish tezligining ortishiga ko‘ra iqtisodiy rivojlanish, sog‘liqni saqlash bilan birga ta’lim muhim omil ekanligi hamda ijtimoiy taraqqiyotning zamonaviy qirralari (raqamli iqtisodiyot, xizmat ko‘rsatish, postindustriallashish) bilan bozor iqtisodiyoti chuqurlashuvi qonuniyatlariga asoslangan rivojlanishdagi o‘zaro aloqadorlikning konstruktiv mohiyatiga oid taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg‘ona viloyat bo‘limi tomonidan «Ijtimoiy rivojlanish va daxldorlik tuyg‘usi» mavzusida ijtimoiy tarmoqlar orqali aholi o‘rtasida sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 8 sentyabrdagi 03-03-1070-son ma’lumotnomasi). Natijada jamiyat a’zolari, ayniqsa, yoshlarda faol hayotiy pozisiyani, anglangan ehtiyojlarni shakllantirish va bu ehtiyojlarni vatanimiz ehtiyojlariga moslashtirishga doir bilimlarini rivojlantirishga xizmat qilgan;  
inson faolligi, uning bilimi, kreativligi, yangi tafakkurni shakllantirish jamiyatning strukturaviy o‘zgarishlariga olib keluvchi transformatsiyalar omili ekanligiga ko‘ra nafaqat jamiyatning intellektual faoliyatini oshishiga balki Yangi O‘zbekistonda inson kapitalini rivojlantirishning zaruriyati hamda qashshoqlik, ijtimoiy tengsizlik, ishsizlik, bandlik, aholi salomatligi, gender tenglik kabi ijtimoiy muammolarning ratsional echimi ekanligiga doir tavsiyalardan Farg‘ona viloyat Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasining xotin-qizlar bilan tizimli ishlash maqsadida «Bibixonim maktablari»ni tashkil etish, chekka va olis xududlarda iqtidorli yosh xotin-qizlarni aniqlash va ularning ta’lim va kasbiy ko‘nikmalari, qobiliyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirish masalalarida Beshariq, Furqat va So‘x tumanlarida amalga oshiriladigan vazifalar yuzasidan chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2021 yil 27 sentyabrdagi 02-02/2294-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekistonda inson kapitali funksional xususiyatlarini gender farqlariga doir tushunchalar tizimini yanada boyitishga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish