Danieva Maysara Djamalovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “So‘z birikmalari derivatsion va pragmatik-diskursiv imkoniyatlarining voqelanishi (ingliz va o‘zbek tillari misolida)”, 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Fil38.
Ilmiy maslahatchi: Safarov Shahriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Camapqand davlat chet tillap inctituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raeva Malohat Muhammadovna, filologiya fanlari doktori, professor; Ergasheva Guli Ismoil qizi, filologiya fanlari doktori, professor; Sa’dullaeva Nilufar Azimovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tilidagi so‘z birikmalarini ko‘pjihatli hodisa sifatida qiyosiy jihatdan talqin qilish asnosida ularning struktur-semantik, derivatsion, pragmatik-diskursiv imkoniyatlari hosil bo‘lishining konseptual asosini aniqlash hamda ushbu xususiyatlarning shakllanishi birikmalarning matn tuzilishidagi ishtiroki bilan bog‘liq ekanligini ochib berishdan iborat. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillaridagi so‘z birikmalarining struktur-semantik jihatlari leksik-grammatik, fizik xususiyatlarni ifodalovchi, turlarga ishora qiluvchi, funksional belgilarni ifodalovchi omillar ta’sirida   shakllanganligi va insoniyat sivilizatsiyasi bosqichlari bilan parallel ravishda yuzaga kelganligi dalillangan; 
har ikkala tildagi so‘z birikmalari bo‘laklariaro sintaktik munosabatlar asosini leksik-grammatik vositalar tashkil qilishi hamda birikmalar derivatsiyasi jarayonida yuzaga keladigan semantik ko‘chimlarning matn axborot maydonidagi mantiqiy-mazmuniy izchilligini ta’minlashdagi ishtiroki muloqot vaziyati bilan shartlanganligi isbotlangan; 
qiyoslanayotgan tillar sintaktik kengligida so‘z birikmalar shakllanishining leksik-semantik hamda mantiqiy-grammatik qatlamlari o‘zaro munosabati fikr yoki propozisiyaning kommunikativ markazi va konseptual-kognitiv manzarasini tasvirlashi asoslangan;
chog‘ishtirilayotgan tillar so‘z birikmasi tizimiga oid derivatsion modellar orqali ularning til sathlarida lisoniy voqelanishini ta’minlovchi omillarning konseptual negizi ishlab chiqilgan;
so‘z birikmalarining matn shakllantirish xususiyatlari o‘rganilib, ularning matn kogerentligi va kommunikativ-pragmatik mazmun ifodasidagi o‘rnini belgilovchi lisoniy-kognitiv hamda til birliklarining semiotik belgi xususiyatiga ega bo‘lishi, ularning to‘xtovsiz taraqqiy etib borishini ta’minlovchi diskursiv tamoyillar qatorida namoyon bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tilida so‘z birikmalari derivatsion va pragmatik-diskursiv imkoniyatlarining voqelanishi tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek tillaridagi so‘z birikmalarining struktur-semantik jihatlari leksik-grammatik, fizik xususiyatlarni ifodalovchi, turlarga ishora qiluvchi, funksional belgilarni ifodalovchi omillar ta’sirida   shakllanganligi va insoniyat sivilizatsiyasi bosqichlari bilan parallel ravishda yuzaga kelganligi bilan bog‘liq ilmiy-nazariy xulosalardan Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining OT-F8-211 raqamli “XX asr O‘zbekiston madaniyati tarixi” nomli fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining 2022 yil 04 apreldagi 04/02-808-son ma’lumotnomasi). Natijada so‘z birikmalari derivatsiyasi muammolariga doir xulosalar madaniyat tarixini tasvirlashda, tarixiy hodisalarning alohida jihatlarini belgilash imkonini oshirishga xizmat qilgan;
har ikkala tildagi so‘z birikmalari bo‘laklariaro sintaktik munosabatlar asosini leksik-grammatik vositalar tashkil qilishi hamda birikmalar derivatsiyasi jarayonida yuzaga keladigan semantik ko‘chimlarning matn axborot maydonidagi mantiqiy-mazmuniy izchilligini ta’minlashdagi ishtiroki muloqot vaziyati bilan shartlanganligiga doir natijalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining FA-F1-G003 raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2022 yil 05 apreldagi 141/1-son ma’lumotnomasi). Natijada birikmalar derivatsiyasi jarayonida yuzaga keladigan semantik ko‘chimlarning matn axborot maydonidagi mantiqiy-mazmuniy izchilligini ta’minlashdagi ishtiroki muloqot vaziyati bilan shartlanganligi aniqlangan;
qiyoslanayotgan tillar sintaktik kengligida so‘z birikmalar shakllanishining leksik-semantik hamda mantiqiy-grammatik qatlamlari o‘zaro munosabati fikr yoki propozisiyaning kommunikativ markazi va konseptual-kognitiv manzarasini tasvirlashi bilan bog‘liq ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan Parlament komissiyasining 2020 yil 22 iyundagi Qaroriga asosan e’lon qilingan 67-10/136-raqamli Davlat granti bo‘yicha Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi Qashqadaryo viloyat muassasasi tomonidan 2020-2021 yillarda bajarilgan “Madaniy meros – oliy qadriyat” mavzusidagi innovatsiya loyihasida foydalanilgan (Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi Qashqadaryo viloyat muassasasining 2022 yil 06 apreldagi 11-son ma’lumotnomasi). Natijada so‘z birikmalaridan xalqning milliy, etnik, ijtimoiy-siyosiy, madaniy tarixi, tilning tarixiy taraqqiyoti hamda madaniy meros ob’ektlarini atovchi, ularga baho beruvchi “tayyor material” sifatida foydalanish imkonini yaratgan;
so‘z birikmalarining matn shakllantirish xususiyatlari o‘rganilib, ularning matn kogerentligi va kommunikativ-pragmatik mazmun ifodasidagi o‘rnini belgilovchi lisoniy-kognitiv hamda til birliklarining semiotik belgi xususiyatiga ega bo‘lishi, ularning to‘xtovsiz taraqqiy etib borishini ta’minlovchi diskursiv tamoyillar qatorida namoyon bo‘lishiga oid natijalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining “Samarqand ovozi” eshittirishining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2022 yil 06 apreldagi 01-11/129-son ma’lumotnomasi). Natijada so‘z birikmalariga oid to‘plangan ma’lumotlar asosida ko‘rsatuv va eshittirishlar ma’rifiy va amaliy jihatdan boyitilgan, teleko‘rsatuv uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashuviga, ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga, ko‘rsatuvning ilmiy-ommabopligi ta’minlanishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish